Asosiy tushunchalar Avtomatlashtirish bosqichlari
Download 26.19 Kb.
|
KONCHILIK MASHINA VA MEXANIZMLARNI AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI
Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichida kesib ishlov berish, nazorat, yig‘ish va sh.k. amallarni bajaradigan avtomatik qatorlar yaratildi. Avtomatik qatorda stanoklar texnologik jarayonga mos holda ketma-ket o‘rnatildi. Ular bir-biri bilan transport va boshqarish vositalari yordamida ulanadi, sozlash va qayta sozlashdan tashqari hamma amallarni odamning ishtirokisiz bajaradi.
Ishlash tamoyiliga qarab avtomatik qatorlar ikki guruh: sinxronli — qat’iy va asinxronli — erkin (ya’ni, sharoitga moslanuvchan) bo‘ladi. Sinxron avtomatik qatorda ishlov berilayotgan zagotovkalar stanokdan stanokka to‘ppa-to‘g‘ri ishlov uchun uzatiladi, uzatilgan joyda kutib qolmaydi. Qatordagi stanoklar o‘zaro qat’iy transport bilan bog‘langan va to‘ppa-to‘g‘ri yoki irmoqli oqimli qator hosil qiladi. Qatorda bir yoki ikki tomoni ochiq transportga ega bo‘lgan bir yoki ko‘p vaziyatli (pozitsiyali) stanoklar bo‘lishi mumkin. Ikki tomoni ochiq transportli qatorlar keng tarqalgan. Agar qatordagi stanoklarning konstruksiyasi bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketadigan transportni qo‘llashga mos bo‘lmasa, bir tomonli transport yaratiladi. Buning kamchiligi shundaki, har bir vaziyatda (pozitsiyada) zagotovkani ortish-tushirish (vaziyatni ish bilan ta’minlash ma’nosida) qurilmasi bo‘lishi kerak. Asinxron avtomatik qatorlarda har bir stanok ishlov berilajak zagotovkalarni yig‘ish uchun bunker yoki zaxira yig‘uvchi va ortish-tushirish qurilmasiga ega bo‘lishi kerak. Qatordagi stanoklar erkin (moslashuvchan) tarzda birbiriga ulangani uchun ham ularning har biri mustaqil ishlay oladi. Qatorlarni bir chiziqli yoki irmoqli qilib bir yoki ko‘p vaziyatli (pozitsiyali) stanoklar o‘rnatiladi. Qat’iy bog‘lanishli va qat’iy-erkin bog‘lanishli qatorlarni yo‘ldoshmoslamalar bilan yoki ularsiz yaratish mumkin. Metall kesuvchi uskunalarning turiga ko‘ra avtomatik qatorlar hammabop, agregat, ixtisoslashgan va maxsus stanoklardan tuzilishi mumkin. Hammabop avtomat va yarim avtomat stanoklardan tashkil topgan avtomat qatorlar mashinasozlikda ko‘p qo‘llanadi va aksari, aylanuvchi harakat qiladigan detallarga ishlov beradi. Bunday qatorni yaratish uchun mavjud oqimli qatorga avtooperator (zagotovka yuklash va tushirish), transportyor (stanoklararo), yuk ko‘taruvchilar, bunkerlar va boshqa mexanizmlar o‘rnatiladi, asosiy mexanizmlar esa o‘zgarmay qoladi. Bunday avtomatlashtirishning afzalligi — qisqa muddat ichida loyihalash, nisbatan oddiylik va arzonlik. Modomiki, bunday qator ishlab turgan jihozlar zaminida yaratilar ekan, ularning mexanizmlari sinalgan, yaxshi ishlaydi, demak, avtomatik qator ham ishonchli. Hammabop uskunali avtomat qatorlar podshipnik sanoatida, tishli g‘ildiraklar va shunga o‘xshash detallar yasashda qo‘llanadi. Agregat stanokli avtomat qatorlar ko‘p guruhli va yalpi ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Ularda turli o‘lchamli va shaklli detal zagotovkalariga ishlov beriladi. Bunday qatorlar bir xilga keltirilgan uzellar va mexanizm (agregat)lardan tashkil topishi sababli loyihalash muddati va qatorni yaratish vaqti ancha qisqaradi. Ularda qadamli transportyorlar, qirindini chiqarib tashlovchi transportyorlar, aylanma stollar, ag‘daruvchilar, boshqaruv pultlari bir xilga keltiriladi, nasos stansiyalari esa normallashtiriladi. Qo‘yilgan joyida turg‘un turadigan zagotovkalarga ishlov berishda ular transportyor yordamida tashiladi. Asos yuzasi kichik zagotovkalar ag‘anab ketishi mumkin, shuning uchun ular yo‘ldosh-moslamaga o‘rnatilgan holda pozitsiyadan pozitsiyaga uzatiladi (tashiladi). Har bir pozitsiya (vaziyat)da moslama qat’iy bir holatga keltiriladi va siqib qo‘yiladi. Yo‘ldosh-moslamalarni qo‘llash avtomat qatorning imkoniyatlarini kengaytiradi, biroq qimmatlashtirib yuboradi, chunki bu moslamalar soni qatorda bir vaqtda ishlov berilayotgan zagotovkalar soniga teng bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ishlov aniqligi kamayadi, yo‘ldosh-moslamalarni dastlabki joyiga qaytarish uchun transportyor bo‘lishi ham kerak. Ayni shu omil avtomat qatorning konstruksiyasini qandaydir darajada belgilaydi. Ixtisoslashgan stanokli avtomat qatorlar ham yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Bu qatorlar, odatda, seriyali ishlab chiqariladigan stanoklardan tuziladi. Ular oqimli qatorda alohida ishlashi mumkin, lekin avtomat qatorg a o‘rnatish uchun konstruktiv imkoniyatlar ham belgilangan. Ular bir turdagi detallar zagotovkasiga ishlov berish uchun mo‘ljallangan va shunga ixtisoslashtirib loyihalangan. Bunday avtomat qatorlarda aylanma harakat qiladigan va agregat stanoklarda ishlab bo‘lmaydigan detallar zagotovkasiga ishlov beriladi (qo‘yimi katta va yuzasi murakkab zagotovkalar). Maxsus stanokli avtomat qatorlar konstruksiyasi uzoq vaqt o‘zgarishsiz qoladigan detallarni yasashda qo‘llanadi. Bunday qatorlar ko‘p ishlarni bajara oladi: kesib ishlov berish, nazorat, yig‘ish, moylash, idishlarga joylash. Kamchiligi — qimmatga tushishida va uzoq vaqt loyihalanishi va o‘zlashtirilishida. Shuning uchun ular bir turdagi mahsulotni yalpi miqyosda yasashda samara beradi. Bunday qatorlar asosida yana ham murakkabroq avtomatik tizimlar — avtomat sex va zavod qurish mumkin. Maxsus stanoklardan tashkil topgan avtomat qator misoliga rotorli qatorlar kiradi. Ularning konstruksiyasi, aksariyat, normallashtirilmagan uzellar va detallardan tuziladi; asos sifatida rotorli mashinalar va rotorli transport qurilmalar xizmat qiladi. Zagotovkalar bir vaziyatdan ikkinchisiga aylanuvchi transport rotorlari bilan eltiladi va ishlov ham har bir vaziyatda shu aylanish davomida bajarilaveradi. Shuning uchun keskich asboblar rotorli mashinalarning aylanasi bo‘ylab o‘rnatiladi. Shunday qilib, kesib ishlash zagotovka va keskichning uzluksiz harakati davom ida bajariladi. Rotorli qatorlarning afzalligi shundaki, bir nechta zagotovkaga turli pozitsiyalarda (vaziyatlarda) birvarakayiga ishlov berilayotganda bitta transport — mashinaning rotori xizmat qiladi. Bunday sharoitda oddiy avtomat qatorlar bir vaqtda ishlanayotgan zagotovkalar miqdoricha transport vositasiga ega bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 26.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling