Variant №21 Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari. Javob


Download 20.52 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1431751
  1   2
Bog'liq
Rustam


Variant №21
1.Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari.
Javob: Agrosanoat integratsiyasi — qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqlarining iqtisodiy, fan-texnika, texnologiya va boshqa xoʻjalik imkoniyatlarini birlashtirish (qoʻshish) orqali ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi. Xom ashyo ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni oʻzaro muvofiq holda rivojlantirish kooperatsiya (toʻgʻridan toʻgʻri kontraktatsiya va shartnoma asosida), shuningdek kombinatsiya (xom ashyo yetishtiradigan va uni qayta ishlaydigan korxonalarning tashkiliy birlashishi) yoʻli bilan olib boriladi. Integratsiya jarayonlari, asosan agrosanoat korxonasi koʻrinishida eng izchil rivojlanadi. Boshqarish, rejalashtirish, birgalikda fondlar, moddiy-texnika taʼminotini markazlashtirish, korxonalar, yordamchi xizmat muassasalari yaratish va boshqa pirovard mahsulot olish uchun ishlab chiqarish dagi barcha bosqichlarning uzviy birlashishiga zamin yaratdi. Agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi, bir tomondan, qishloq xoʻjaligi sohasiga boshqa sohalarning, birinchi navbatda sanoatning kirib kelishini, ikkinchi tomondan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining borgan sari umumiy xalq xoʻjaligi bilan uygʻunlashib borishini anglatad.
Agrosanoat majmuasi va uning sohalari. 
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo‘jaligi, hamma vaqt sanoat savdo va boshqa 
tarmoqlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki 
mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‘jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‘jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg‘un rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro‘yobga chiqarishga bo‘ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib 
chiqarish uchun asos bo‘ladi. Agrosanoat integratsiyasi-qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda namoyon 
bo‘ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko‘lamida, viloyat doirasi yoki korxona darajasida yuz berishiga bog‘liq. 
Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo‘jaligining 
tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, oziq-ovqat va mintaqa agrosanoat integratsiyalari tashkil bo‘lishi va rivojlanishida ifodalanadi. Agrosanoat majmuasi (ASM)-bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi soha-qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar; ikkinchi soha-qishloq xo‘jaligi; uchinchi soha-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar: tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish; to‘rtinchi soha-insonlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma: yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, 
ombor va shisha xo‘jaligidan iborat. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma insonlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalarni: uy-joy, madaniy-maishiy xizmat,savdo, umumiy
ovqatlanish va h.z.larni o‘z ichiga oladi. 
2. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish. Jamg‘arish normasi.

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling