Asosiy tushunchalar: Evolyutsion taʼlimot,interaksionizm, Geshtald psixologiya, kognitivizm, bixeviorizm. Evolyutsion taʼlimot


Tabiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari


Download 122.92 Kb.
bet9/9
Sana03.02.2023
Hajmi122.92 Kb.
#1155571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 Mavzu Evalyusion psixologiyaga kirish, Psixikaning evalusiyasi

Tabiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari
Reja:

1. Tabiiy tanlanish moxiyatiga oid mumtoz (klassik) misol.


2. Tabiiy tanlanishning asosiy mazmuni va shakllari.

  1. Jinsiy tanlanish

  2. Irsiyat



Asosiy tushunchalar: tabiiy tanlanish, harakatlantiruvchi tanlash, jinsiy tanlanish, populyatsiya, irsiyat.

Bu mavzuni professor Paramonovning xozirgi kunda mumtoz (klassik) bulib kolgan misoli bilan boshlamokchimiz.


Ma'lum bir kadim va kalin urmonda uzok vaktlardan, utmish zamonlardan beri kiyiklarning bir turi yashab kelgan. Ularning avlodlari urmon sharoitlariga mos kelganligidan, populyasiyalardagi individlarda keskin uzgaruvchanlik belgilari deyarli namoyon bulmas edi.
Mazkur urmonda boshka jonivorlar katorida burilarning xam bir turi mavjud bulib, uning populyasiyalari azaldan, uzok utmishdan yashab kelgan. Tabiiyki, burilarning asosiy uljasi kayd etilgan kiyiklar bulib, bu yirtkich xayvonlar birinchi galda shu jonivorlarga xujum kilib ular xisobiga kun kurishgan.
Shu asnoda 2 xil xayvonlar – kiyiklar va burilar uzok muddatlarlan beri bir joyda yashab kelishgan. Kiyiklar populyasiyalari kupayib borganda, burilar xam ortikcha ovkat ta'sirida mikdorini oshirishar edi, kiyiklarning mikdori kamayganda burilarning zichligi xam pasaya borardi.
Kutilmaganda, kiyiklar populyasiyasida ajoyib mutasiya ruy berdi: tugilayotgan kiyikchalar orasida sheriklarining oyoklariga nisbatan biroz uzaygan oyokli kiyikchalar paydo bulaboshlaydi. Yoshligida uzunligi normal bulgan oyoklarga nisbatan bu xildagi oyoklar 1-1,5 sm uzunro, bulsa xam, bu uzgarishning nafi katta yoshdagi kiyiklarda keskin bilinar edi (katta yoshdagilarning mutasiyalangan oyoklari normal oyoklardan 4-5 sm ortikrok edi). Bu belgi uta foydali bulganligi uchun, u keyingi avlodlarda rivojlanib bordi. Yillar utgan sari populyasiyalarda oyoklari uzaygan kiyiklarning soni ortib bordi, normal oyokli kiyiklarning mikdori esa kamaya bordi.
Tabiiyki, oyoklari uzayib borayotgan kiyiklarni kuvlab, ularga etib borish burilarga kiyinlashib bordi; kundan-kunga ularga xujum kilish samarasizlanib bordi, okibatda, ovkatsiz kolgan burilarning populyasiyalari siyraklashib bordi.
Ana shu vaziyatda burilar populyasiyasida ularni "kutkaruvchi" mutasiya ruy bera boshladi. Tugilayotgan buri kuchuklari orasida oyoklari biroz uzaygan kuchukchalar paydo buladi, ularning soni keyingi avlodlarda kupayaboradi va bu xolat populyasiyada urnashib boradi. Bu uta foydali belgi burilarga "kul kelib", uzaygan oyoklar vositasida ulardan kochib ketayotgan kiyiklarga etib borish imkoniyatini berdi. (Garchi tugilayotgan burichalarda oyoklarning uzunligida ortikcha fark bulmasa xam, katta yoshdagi burilarda uzunlikdagi "ortikchalik" normal oyoklarga nisbatan tezda bilinar edi). Shunday kilib, evolyusion jarayon davomida burilar oyoklarning uzunligi buyicha kiyiklarga "tenglashib oldilar". Bu ularni saklanib kolishiga imkoniyat berdi.
Qayd etilgan misolda, dastlabki mutasiya kiyiklarning oyoklarini uzayishiga olib keldi; keyingi boskichda, mazkur biosenozning vakili bulgan burilarning oyoklari mutasiyalanish ta'sirida uzaydi. Kiyik oyoklarining uzayishi xam, buri oyoklarining uzayishi xam xar ikki populyasiyada yangi formani xosil bulishiga olib keldi. Bu tabiiy tanlanishning yorkin kurinishidir.
Hakikatda xam, kiyiklar populyasiyasida xam, burilar populyasiyasida xam tanlash jarayoni sodir buldi. Dastlab oyoklari uzaymagan, normal uzunlikda bulgan kiyiklar kamaya boshladi, ularning mutasiya okibatida uzaygan oyokli individlar egalladi; sungra, xuddi shu xolat burilar populyasiyasida ruy berdi. Tabiiy tanlanish moxiyatini tushuntiruvchi shu xildagi boshka misollar kup emas, shuning uchun uni mumtoz katoridagi misol deb xisoblaymiz.
Tabiiy tanlanish nima? U tashki muxit sharoitlariga javob beraolmaydigan belgilarga ega bulgan individlarni saklanib kolishiga tuskinlik kiluvchi govmi? Yoki, tabiatning uziga xos "galvir"mi, undan utgan individlar yashovchanligi bilan kirilayotganlardan fark kilgan xolda saklanib kolib, yangi formalarga asos bulib koladilarmi? Xakikatda xam, jonivorlar yashaydigan muxitlarda tanlash jarayonlari sodir buladimi?
Mazkur savollarga javob kaytarish o’ta qiyin va murakkab vazifadir. Eng avvalo, aytishimiz kerakki, tabiatda xech kanday tanlashlar bulmaydi. Turlar joylashgan (taksimlangan) muxit ularning individlarini saralamaydi, bir-biridan ajratib, saklanadiganlarni (yashashga koldirilganlarni) va yukotiladiganlarni saylamaydi. Muxit, uning tarkibida organizmlar buladimi-bulmaydimi, bunga befark, chunki uning asosi – jonsiz tabiatdir. Uning ichida tirik individlarning aynan kaysi xillari saklanib kolib yashaydi, kaysilari saklanib kolaolmasdan kiriladi – bunga muxitning xech kanday manfaatdor tomoni bulmaydi.
Tabiiy tanlanish deb ataluvchi jarayonda, turlarni xamisha uzgarib borayotgan muxitga nisbatan muvofik bulib saklanishi dikkatga sazovor, u xam bulsa turlarni (yoki tugrirogi aloxida olingan turni) tarkibidagi barcha individlarni yoppasiga yashab kolishi emas, balki aynan usha muxit uzgarishlarini "sezuvchi", usha uzgarishlarga mos keluvchi individlarni saklanishi ruy beradi. Albatta, konkret muxit uzgarishlariga tur tarkibidagi barcha individlar javob beraolmaydi, chunki usha tur individlari dastlab kandaydir uziga xos muxit sharoitlarida shakllangan, uzining uzgaruvchanlik belgilari bilan aynan ularga javob bergan va shu paytgacha usha sharoitlarga ilgaridek javob bermaydigan xolatga keladi va kirila boshlaydi.
Turni yukolishi barcha individlar xisobiga, deyarli yoppasiga boshlanadi. Lekin, bunga karamasdan, usha yoppasiga kirilib borayotgan individlar orasida juda kam mikdordagi (3-4 ta yoki biroz kuprok) individlarda sodir buluvchi mutasiyalanish asosida paydo bulgan uzgaruvchanlik belgilari uzgarib borayotgan muxit sharoitiga mos bulib kolishi mumkin; aynan shu xildagi belgilar usha uzgarayotgan muxit sharoitiga foydali bulganligidan shu xildagi belgilarga ega bulgan individlarni saklanishini ta'minlashi mumkin. Okibatda, uzgarib borayotgan muxit sharoitida ulib borayotgan turning tarkibida mutasiyalangan (kuchli mutasiyalarga egabulgan) 3-4 individni yashab kolishi bilan yangi turning "poydevori" yaratiladi. Xuddi shu ulmay kolgan individlar uzida uzgarib kolgan muxit sharoitlariga nisbatan "mos"lik va muvofiklikga egabulganligidan, ular tiriklikni davom ettiruvchilari deb baxolanishi kerak.
Tabiatda yangi turlarni xosil bulish jarayoni shunchalik oddiy bir evolyusiya emas. Tabiat yangi turlarni xosil kilib turishi bilan undagi tiriklikning davom etishini ta'minlaydi. Tiriklikning er yuzida saklanishi uni tuxtovsiz, doimiy va abadiy yangilanishi bilan boglik; boshkacha kilib aytganda, mazkur yangilanish yangi turlarni paydo bulishi bilan boglik, tiriklikning yangilanishi yangi turlarni xosil kilishining garovi va shartidir.
Shuning uchun xam tabiiy tanlanish kandaydir tasavvur etiluvchi "galvir" emas. Bizga ma'lumki, oddiy galvir donni fakat keraksiz chikindilardan, yoki mayda kismlardan tozalashga xizmat kiladi; bu galvirdan utgan donlar sifat jixatidan uzgarib kolmaydi. Tabiiy tanlanish "galviri" esa, agarda u xayolan tasavvur etiladigan bulsa, uziga xos "sirli" galvir. Undan "utgan" individlar sifat jixatidan farklanuvchi, yangi paydo bulayotgan muxit sharoitiga mos va muvofik organizmlardir. Bu galvirdan "utkazilmagan"lar esa (aksariyat eliminasiyaga uchrovchi, yukotilishga mavkum individlar) bundan buyon xayotiy bulmaydi, chunki uzgargan sharoitlarga javob beraolmaydi. Ular ommaviy tusda kiriluvchi individlardir.
Yukoridagilarga asoslangan xolda, shunday xulosaga kelish mumkinki, tabiatda xech narsa tanlanmaydi, tanlovchi kuch xam (su'niy tanlashda bulganidek) yuk. Barcha shunga oid jarayonlar, tur individlarini asta-sekinlik bilan xamisha uzgaruvchi muxitga nisbatan muvofiklanib turishidan iborat; bu esa, yoppasiga kirilib borayotganlarning xisobiga juda kam mikdordagilarni saklanishi bilan amalga oshiriladi (esdan chikarish kerak emaski, bular ulayotgan sheriklariga nisbatan mutasiyalanishlar ta'sirida yashab kolishini ta'minlovchi yangi foydali uzgaruvchanlik belgilarga ega).
Yangi turlarni xosil bulishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning xar xil shakllari va kurinishlari mavjud. Ulardan tanlashning asosiy va bosh formalari bulgan xarakatlantiruvchi va stabillashtiruvchi xillari tugrisida tuxtab utamiz. Mazkur tabiiy tanlashlar bir-birini tuldirib, shu bilan birgalikda evolyusiyani uzaro davom ettiruvchilari sifatida baxolanishi mumkin.
Harakatlantiruvchi tanlash davomida uzgarib borayotgan muxit sharoitlariga nisbatan mos belgilarni saklanishi okibatida turning tarkibida ilgarigi "urta" shakllarni (avvalgi sharoitlarga muvofik bulgan individlarni) kamayishi va yukolib borishi sodir buladi (chunki ular yangi paydo bulayotgan sharoitlarga javob beraolmaydigan xolatga tushib koladi). Ularni urniga, belgilari "urta miyona" shakldan keskin farklanuvchi, undan uzoklashgan formalar (yiriklashish tomonga xam, maydalashish tomonga xam) saklanaboshlaydi, chunki xuddi shu belgilar uzgarib borayotgan sharoitga mos keladi.
Masalan, okeandagi orollarda uchrovchi kushlarning turida "urta miyona" individlarning kanotlari 9-10 sm uzunlikda, u nisbatan avvalgi tinch ob-xavo sharoitida (kuchli shamollar va buronlar bulmaganda) uzini normal xis etib uchar edi. Ob-havo uzgargandan keyin esa, kanotlarning bu xildagi uzunligi kuchli shamol va buronlarga javob bermay kuyadi. Yangi uzgargan sharoitga kanotlari uzaygan (11-12 sm uzunlikda), yoki aksincha kiskargan (7-8 sm uzunlikda) formalar javob beradi. Natijada, tabiiy tanlanish davomida "urta miyona" shakldan 2 karama-karshi yiriklashish va kichiklashish tomonlarga uzgaruvchanlik belgilari bir-biridan uzoklasha boshlaydi va 2 yangi forma – kuchli shamol – buronlarda uchib yuruvchi yirik kushlar va mayda uchaolmaydigan kushlar shakllari evolyusiyalanadi. Harakatlantiruvchi tanlash uz moxiyati buyicha barcha tanlashlar ichida eng faoli bulib, yangi formalarni bevosita xosil bulishida yirik uzgarishlar bilan tavsiflanadi.
O‘simliklar va hayvonot olamidagi xilma-xil va ajoyib moslanishlar tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqqan. Lekin hayvonot olamidagi bir qancha belgilarning, xususan, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishini mazkur omil ta’siri bilan tushuntirish juda qiyin. Chunonchi, ba’zi bir qushlar erkagining patlari rang-barang tovlanadigan, dum patlari uzun, mayin ovoz beruvchi organlari mavjudligi ya- shash uchun kurashda qanday ahamiyatga ega ekanligini tabiiy tanlanish bilan tushuntira olish mumkinmi? Hayvonot olamidagi bu ajoyib hodisalarni Darvin ham talqin etgan va ularni 0‘zining jinsiy tanlanish nazariyasi bilan tushiintirib bergan. «Turlarning kelib chiqishi» degan asarda jinsiy tanlanishga bir necha satr ajratgan bo'lsada, keyinchalik bu masalani u atroflicha yoritdi va nihoyat 1871-yili «Odam paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» degan asarini nashr ettirdi. Mazkur asar biologiyaning juda yirik muvafFaqiyati bo‘lib, bu masalani ilmiy asosda hal etishda Darvinning xizmatlari benihoya kattadir. U hayvonlardagi ikkinchi darajali jinsiy belgilar tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lishini jinsiy tanlanish yordamida tushuntirib berdi.
Darvin jinsiy tanlanish iborasi bilan erkak hayvonlar o‘rtasida urg‘ochilar bilan qo‘shilish uchun aktiv kurash borishi yoki urg‘ochi hayvonlar juftlashish oldidan erkak in- dividni tanlab olishini tushunadi. Jinsiy tanlanish, xuddi tabiiy tanlanish kabi tabiiy sharoitda amalga oshadi. Shu sababli, ular evolyutsiyaning bir-birini istisno qiluvchi omillari sifatida o‘zaro qarama-qarshi bo‘lishi aslo mumkin emas. Aksincha, jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning ayrim formasi tarzida namoyon bo'ladi. Shunga ko‘ra, ularni ba’zan bir- biridan ajratish qiyin. Masalan, erkak organizmlarda uchray- digan himoya va urishish quroli tabiiy tanlanish ta’sirida vu­judga kelgan, keyinchalik esa jinsiy tanlanish ta’sirida yanada takomillashgan (1-rasm)



Jinsiy tanlanish haqidagi nazariya e’lon qilingandan so‘ng olimlardan Uolles va Menzbir uni tanqid qiiib, urg'ochi qushlaming erkak qushlardagi chiroylilikni farq qilish qobili- yatiga ishonish qiyin, chunki ularda odamga o‘xshash ong yo‘q va jinsiy tanlanish antropormizmdan iborat deganlar. Uolles erkak hayvonlardagi chiroylilik fiziologik sabablarga bog'liq, urg‘ochilarida esa chiroylilik tabiiy tanlanish ta’siri bi- lan to‘xtatib qo'yilgan, chunki himoya rangi naslni saqlashda katta ahamiyatga ega, degan edi. Hozirgi vaqtda biologiya fani- ning rivojlanishi, ayniqsa, endokrinologiya yutuqlari ikkinchi darajali jinsiy belgilar jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan gormonlaiga, shuningdek, markaziy nerv faoliyatiga bog‘liq ekanligini ko'rsatmoqda. Biroq bundan ikkinchi darajali jinsiy belgilar tabiiy tanlanish va uning alohida formasi bo'lgan jinsiy tanlanish orqali nazorat qilinmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Fan sohasida to‘plangan juda ko‘p tajribalar jinsiy tanlanish g'oyasining to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Olimlar­dan A. D. Nekrasov, A. A. Zaxvatkin aniqlashicha, bahor kelishi bilan uy chumchug'i, botqoq, dehqon chumchug'ining shaqshaqlarning pati anchagina tovlanadigan bo‘ladi. Bu hodisa tashqi tomondan go‘yo Uolles va Menzbir mulohazalarini quwatlaydi, ya’ni jinsiy bezlar gormoniga bogcliqligini ko‘rsatadi. Haqiqatda esa bahorda jinsiy qo'shilish uchun zaair bo‘lgan chiroyli patlaming zamini kuzda, jinsiy qo'shilishga tayyorgarlikdan ancha oldin rivojlanadi, ya’ni juft­lashish paytidagi jinsiy bezlar ishiga hech qanday aloqador emas. Shunga o‘xshash juda ko‘p dalillar Darvinning jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning bir shaklidir, deb tushuntiruvchi nazariyasi to‘g‘riligidan dalolat beradi.


Tirik mavjudotlarning o'zlariga o'xshash nasllarni bunyod etish xususiyati irsiyat deyiladi. Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar, ya'ni oliy nerv faoliyatlari) nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu ko'rsatkichlar ham o'zgarib, nasi o'zining qator xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin.
Irsiy belgilarning nasldan naslga o'tish qonun-qoidalarini xromosoma nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan, hujayralarning bo'linishida yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda, bo'yal-maydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to'r orasida joy-lashgan bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va yadrochalardan iborat. Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to'r asta-sekin qalinlashib ayrim bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'rnida ikkita tuzilma (sentriol) paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga) ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi erib, axromatik modda hujayra proto-plazmasi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga bo'linib, juft-juft bo'lib joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar qisqarib, bir-biridan ajralgan xromosomalarning yarim bo'lakchala-rini qutblar tomon tortadi. Qutblarda xromosomalar qisqarib, ip koptogini hosil qilib, shakllanayotgan yangi yadro xromatiniga aylanadi.
Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik alomatlar (qo'l yoki oyoq barmoqlarining bir-biriga yopishishi, barmoqlarning kalta bo'lishi, eshituv nervining tug'ma atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant tip deyiladi. Ana shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan ma'qui.
Nasldan naslga o'tadigan retsessiv kasallikka sababchi gen yashirin bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda yuqori labi va tanglayi tirtiq bola tug'ilishi ehtimoli bor. Ba'zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni sabab bo'ladi. U nasldan-naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ilgan o'g'il bolalarning qariyb 50% da qon iyimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasallik qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan ayol (qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashgr layoqatsiz bo'ladi.
Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida paydo bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, urug' hujayrasiga qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xromo­somalar to'plamini tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lmasligi (O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO va XXX hollarda organizm rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar kompleksining buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga ham bog'liq.


Download 122.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling