Asosiy tushunchalar: server, protokol va internet xizmatlari


vazirligi Axborot texnologiyalari va menejment fakulteti


Download 1.13 Mb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1506117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INTERNET HAQIDA

vazirligi




Axborot texnologiyalari va menejment fakulteti




Mavzu: Internet tarmog’ining vujudga kelish tarixi


Bajardi: Xaldarova Fatima


Tekshirdi: Sobirova Dildor
Toshkent-2009


KIRISH

Jamiyat rivojining bugungi bosqichi bevosita texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o‘z ta'sirini o‘tkazgani kabi, axborot uzatish tizimiga ham tobora yangi o‘zgarishlar olib kirmoqda. Shundaylardan bo‘lmish Internet, ayni davrda dunyo bo‘yicha jadallik bilan global auditoriyani egallab bormoqda. Tarixning guvohlik berishicha, radio ommaviy auditoriyani jalb qilishi uchun 40 yil kerak bo‘ldi, televideniye esa bunga 14 yilda erishdi,Internet tizimi dunyoviy auditoriyani jalb qilishida 4 yil kifoya qildi. Binobarin, bugun Internet o‘zida nafaqat matbuot, balki radio va televideniye imkoniyatlarini ham mujassam etmoqda. So‘nggi vaqtlarda Internet taraqqiyoti OАV kelajagi haqidagi baxs - munozaralarda dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda.
Reja:



  1. Internetning rivojlanish tarixi va tushunchasi

  2. Internet xizmatlari va ularning xususiyatlari

  3. Internetdan foydalanish va uning ahamiyati

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. www.ref.uz

  2. www.google.uz

  3. www.yandex.ru

  4. www.tdiu.uz

  5. www.ts.tdiu.uz

Xulosa
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning roli tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylandi. Dunyoda yaratilgan axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.


Ko'plab mamlakatlar o'zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida» 2002 - yil 30 - maydagi PF-3080-son Farmoni asosida 2010- yilgacha Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda.
Respublikamizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda yuqori malakali kadrlar asosiy rol o'ynamoqda. Bizning fakultetimizda ham “Fakultetning o'quv-uslubiy va ilmiy faoliyatlarini kompleks axborotlashtirish Konsepsiyasi” 2002- yilda ishlab chiqilgan bo'lib, u universitet Ilmiy kengashida tasdiqlangan. Fakultetimiz qoshida multimedia markazi barpo etilgan va u o'zida fakultetning kuchli iqtidorli talaba dasturchilarini birlashtirgan. Fakultetimiz professor-o'qituvchilari «Informatika va axborot texnologiyalari» ta'lim yo'nalishi bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida holmay-tolmay mehnat qilib kelishmoqda. Hozirgi kunda bitiruvchilarimiz AQSh, Yevropa va Rossiya davlatlarining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelishmoqda. O`ylaymanki, kelajakda ham fakultetimiz talabalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassis bo'lib yetishadilar va O'zbekistonda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda o'zlarining katta hissalarini qo'shadilar.
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling