Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
(Suvchi) so’zini olib ko’rayliq Bu so’z nimalardan iborat? Bu savolga
javob berish qiyin emas. (suvchi) uch narsaning birikishidan yasalgan: 1) suv — suyuqlikning nomi; 2) -chi — shaxs oti yasovchi qo’shimcha; 3) ma’lum turdagi qo’shimchalarning ma’lum xildagi o’zaklarga (jumladan, narsa nomlariga) qo’shilib, shu narsa-predmet bilan shug’ullanuvchi (aloqador) 7 shaxsni atab keluvchi so’z yasay olishi haqidagi qoida + . Demak, (suvchi) yasama so’z bo’lib, u [suv] , [-chi] kabi birliklar va qoidadan iborat. Bularni o’zbek tili jamiyatining har bir a’zosi shu jamiyatdan tayyor holda oladi va jamiyatda qabul qilingan shakl va vazifada ishlatadi. U ma’lum xildagi suyuqlikni [suv] deb nomlashi shart. [suv] o’rnida (vasser) yoki (tezob) so’zini ishlatsa, jamiyat uni yo tushunmaydi, yo tuzatib quyadi. Chunki (vasser) o’zbek jamiyati uchun emas, nemis jamiya ti uchun xosdir. (tezob) esa o’zbek jamiyatida maxsus kimyoviy suyuqlik (kislota) ni anglatadi. U (suv) dan butunlay farq qiladi. Aytilganlarga ko’ra til birliklarini shaxs yasamaydi, balki tayyor holda jamiyatdan qabul qiladi va belgilangan shakl va vazifalarda ishlatadi. Shular aso sida nutqiy hosilalar yasaydi. Masalan, [xat]ni [ -ni] qo’shimchasi bilan biriktiradi va (xatni) hosilasini yasaydi, uni jamiyat tomonidan belgilangan o’rinlarda ishlatiladi. Ma’lum, bo’ldiki, “Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy” deganda mana shular tushuniladi. Ta’rifdagi izoh talab etadigan uchinchi tushuncha “fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar” tushunchasidir. Ushbu ta’rif dialektikaning shakl va mazmun munosabatlari haqidagi ta’limoti bilan bevosita bog’lanadi. Til birliklari nafaqat mazmun, vazifa tomoniga, balki muayyan moddiy (shakl) tomoniga ham egadir. Moddiy tomon (substansiya) haqidagi tasavvur fikrni, ong birliklari -tushuncha va tasavvurlarni shakllantiradi, bir moddiy qobiqqa “joylashtiradi”. Bu moddiy qobiq, shakl nutqda t urli ko’rinishlarda (chunonchi, og’zaki nutqda havo yoki elektromagnit - radio to’lqinlari, yorug’lik signallari), yozma nutqda harflar, tinish va boshqa yozuv belgilari (chunonchi, matematik, fizik, kimyoviy va lug’aviy shartli belgilar), imo-ishora nutqida turli harakatlar orqali yuzaga chiqadi. U fikrni shakllantiribgina qolmay, balki uni ma’lum bir + Buni shartli ravishda “[ot+chi]=(shaxs oti)” deb ko’rsatish mumkin. 8 masofaga yetkazishga, o’zidan tashqariga chiqishga, ta’sir etishga, o’zgalarning qabul qilishlariga imkon beradi. Shunga ko’ra “fikrni shakllantirish” tushunchasi til birliklarining, albatta, ma’lum bir moddiy tomonga ega ekanligiga ishora qilib turadi. Ammo ayni vaqtda moddiy tomonning qanday materiallardan iborat ekanligi, qanday materiallardan iborat ekanligi, qanday shaklda, ko’rinishda yuzaga chiqishi nutq sharoiti bilan belgilanadi. Masalan, qop -qorong’i xonada imo-ishora bilan so’zlashib bo’lmaydi. Shuningdek, yorug’ sershovqin joyda og’zaki nutqdan ko’ra imo-ishora nutqi afzaldir. Fikrni qayd qilib qo’yish, uzoq muddat saqlash va yzoq masofalarga yetkazis hning eng qulay yo’li yozma nutqdir. (Magnit lentalaridagi yozuvlar ham yozma nutqdir.) Shunday qilib, “fikrni shakllantirish va uni ifodalash” tushunchasi tilda moddiy tomon haqida muayyan tushuncha va tasavvur birligidan, moddiy tomon haqidagi tasavvur e sa ma’lum bir ma’no va vazifa bilan bog’langanligidan xabar berib turadi. Ta’rifidagi izoh talab tushunchalaridan yana biri “birlik” [“birliklar”] tushunchasidir. Til birligi,tilning qurilish (struktur) birligi deganda, aso - san, uchta muhim birlik tushuni ladi. Bular: 1) fonema; 2) morfema; 3) qolip (konstruksiya, qurilma, model). Ayrim tadqiqotchilar bunga lug’aviy qatlam birli gi — leksemani ham kiritadilar. Hozircha tilning qurilish birligi sifatida fonema, morfema va qurilma (mo del, selil) haqida, ushbu tushunc halar bilan tanishish maqsadida qisqa fikr yuritamiz. 1. Fonema — til moddiy tomoni (substansiyasi)ning eng kichik birligi bo’lib, aloqa quroli uchun ahamiyatli bo’lgan farqlovchi fonologik belgilarning barqaror yig’indisidir. Chunonchi, o’zbek tili unlila riga asosan, ikki xil farqlovchi fonologik belgi xos. Bular: 1) lablanganlik (shart. L + ) — lablanmaganlik (L - ). 9 2) Kenglik — (K), o’rtalik — (O’), torlik — (T). [K+L + ]=[O] [K+L - ] =[a] [O’+L + ] =[O’] [O’+L - ]=[e] [T+L - ]=[i] [T+L + ]=[U] O’zbek tili undoshlar tizimida (sistemasida) ham xuddi shunday fonologik farqlovchi belgilar mavjud va ular turlicha birikishlarda o’zbek tili undoshlarining mohiyatini tashkil etadi. 2. Morfema — tilning eng kichik, ma’noli birligi b o’lib boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydi. U ma’lum bir ma’no va vazifaning ma’lum moddiy ko’rinishi, shakli bilan uzviy bog ’lanadi. Yuqorida ko’rib o’tilgan (suvchi) so’zi tarkibidagi [suv] va [-chi] mana shunday birikmalarga — morfemalarga misol b o’la oladi. Morfemalar lug’aviy va qo’shimcha (yoki umumlashma), grammatik - affiksal morfemalarga ajratiladi. Bunda [suv] — lug’aviy morfema, (- [chi] esa qo’shimcha (umumlashma, affiksal, grammatik) morfema sifatida qaraladi. Biz ikkinchi bobda lu g’aviy morfema, so’z va leksema munosabatlariga alo hida to’xtalamiz. Hozircha «lug’aviy birlik» atamasi ostida lug’aviy morfemalarni (an’anaviy tub s o’zlarni) nazarda to’tamiz. 3. Qolip (model, konstruktsiya) -til birliklarining o’zaro birikish yo’li, usuli va uning mahsuli. Chunonchi: {[muayyan ot]+[ -chi]=ko’rsatilgan narsa – predmet bilan mashg’ul shaxs}. Bu qolipdan ko’rinib turibdiki, u ikki qismdan inorat. Birinchi qismda o’zaro birikuvchi til birliklari sanaladi, ikkinchi qismda esa shu birikishning -nutqiy mahsulning mohiyati ko’rsatiladi. Demak, qolip bu til birliklarining o’zaro birikish va nutqiy hosilalar berish yo’lidir. 10 Qolipning tarkibiy qismi sifatida unga nisbatan kichikroq qolip ham bo’lishi mumkin. Chunonchi, {[muayyan ot]+[chi]+[ -lik]}= kasb-kor mavhum oti: (etik→etikchi→etikchilik). Shunday qilib, til birliklari deyilganda, fonema, morfema va qoliplar - o’zgarmas birliklar tushuniladi. Ular muayyan moddiy ko’rinishda nutqda voqelashadi, namoyon bo’ladi. “Munosabatlar” deganda bir butunlikning tarkibiy qismlari -birliklari orasidagi o’zaro aloqalar, bog’lanishlar tushiniladi. Bunday aloqalar turlicha bo’lishi mumkin. Shakl, ma’no yoki vazifa jihatidan o’xshashlik va farqlar til birliklari or asidagi o’zaro munosabatlar, aloqalarning eng asosiy ko’rinishidir. Masalan, [yaxshi] va [chiroyli] ikkita til birligini olayliq Ular orasida juda ko’p o’xshash tomonlar mavjud. Qiyoslang: 1) har ikkala til birligi ham asliy sifatlar guruhiga oid; 2) har i kkala til birligi ham belgi tushunchasini ifodalaydi; 3) har ikkala til birligi ham ijobiy belgini ifoda etadi; 4) har ikkala til birligi ham bir shaxsning boshqa bir shaxs yoki narsa -predmetga bo’lgan munosabatini, bahoni, anglatadi va b. ushbu o’xshash tomonlar bilan birga [yaxshi] va [chiroyli] so’zlari orasida farqli tomonlar ham mavjud. Bular, asosan, quyidagilardan iborat: [yaxshi] ham tashqi, ham ichki tomonlarga nisbatan ijobiy bahoni ifodalay oladi. Shuning uchun (yaxshi qiz) birikmasi sharoit tala biga (kontekstga) ko’ra “yaxshi”, ya’ni chiroyli, kelishgan qiz” ma’nosiga ham, “yaxshi, ya’ni aqlli, odobli, tarbiyali qiz” ma’nosiga ham ega bo’la oladi; [chiroyli] esa faqat tashqi tomonga nisbatan ijobiy bahoni ifodalaydi. A. Qahhor: “Chiroyli xotin ya xshimi, xunuk xotin yaxshimi?” gapini tuzganda, [yaxshi] va [chiroyli] so’zlarining aynan mana shu ma’nolariga asoslangan. Til birliklari orasidagi farq kuchayib, ziddiyat darajasiga yetishi ham mumkin. Qiyoslang: [oq] ; [qora] ; [kun] ; [tun] . Til birliklari orasidagi farqlar ziddiyat, qarama-qarshilik darajasiga k o’tarilganda ham ular orasidagi o’shashliklar saqlanadi. Aniqrog’i , [oq] va [qora] sifat, asliy 11 sifat ekanligi, rang -tus ifodalashi bilan, [kun] va [tun] esa ot ekanligi, vaqt nomini, sutkaning bi r qismini anglatishi bilan o’xshashdir. Sistem tahlilda munosabat tushunchasi juda katta a hamiyatga ega bo’ladi. Chunki har qanday tizimda har bir birlshshing mo hiyati shu birlikning o’zida emas, balki ayni tizimning birliklari orasidagi munosabatlar orqali aniqlanadi. Masalan, to’rtta to’g’ri chiziqdan yoki gugurt cho’pidan kvadrat (a) va tashqi burchakli teng tomonli uchburchak (b) yasaymiz: B C B 1 a) Man A D A 1 C 1 D 1 ABCD va A 1 ,B 1 , C 1 , D 1 tarkibidagi birliklar (to’g’ri chiziqlar, gugurt cho’plari) bir xil b o’lishiga qaramay, ular bu butunliklar (kvadrat va tashqi burchakli uchburchak) ichida turli xil mohiy atga egadir. Chun- ki butunliklar ichidagi ushbu birlikl ar o’zaro turlicha munosabatlarda bo’ladi. Til birliklarida ham aynan shunday. Orttirma nisbat k o’rsatkichlaridan Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling