Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
[yaxshi] : [ajoyib]. Bu til birliklarining barchasi ijobiy ba ho belgisini ifodalaydi. Ayni vaqtda ushbu [tuzuk] dan [ajoyib] ga tomon o’sib boradi. [shi-: [pichirla]; [ayt -] : [gapir] : [baqir] : [hayqir] : ... qatori «ovoz miqdori» belgisi asosida tuzilgan bo’lib, bu belgi [shivirla-]dan [hayqir-] ga tomon o’sib boradi. Yana q iyoslang: [ninni] : [cha qaloq] [go’dak] : [bola] : [qiz/yigit] : [xotin/erkak] : [kampir/chol] qatorida «yosh» belgisi o’sib boradi va darajali ziddiyat qatorini hosil qiladi. Darajali ziddiyatlar tilning lug’at boyligini o’rganishda juda katta ahamiyatga egadir. Chunki darajali ziddiyatlar tilning lu g’at tizimida juda keng tarqalgan. [hujra] : [kulba] : [uy] : [ H OV L I ] : [qasr] : [koshona]; [ko’chat] : ]nihol] : [daraxt]; [toy] : [qulun] : [g’o’nan] : [do’nan] : [ot]; [imilla] : [sudral] [ qimirla] : [yur] : [yugur] : [chop] : [yel] kabi lug’aviy birliklarning qatorlari shular jumlasidandir. Noto’liq (privativ) ziddiyatlar boshq a ziddiyatlardan keskin far q qiladi. Bunday ziddiyat ikkita til birlig i (yoki birliklarning ikki guruhi) orasida bo’ladi. Bu birliklardan bittasi barq aror, doimiy, o’zgarmasdir. Masalan: [qo’chqor] so’zi hamisha faqat erkak qo’yni anglatib keladi, urg’ochi qo’yni ifoda, eta olmaydi. Shunga k o’ra 15 [qo’chqor] so’zining ma’no tarkibidagi «erkaklik» belgisi doimiy, barqaror, o’zgarmasdir. [qo’y] so’zi esa [qo’chqor] so’ziga nisbatan aks xususiyatga ega. U, asosan, ur g’ochi qo’yni atab kelishga xizmat qiladi. Ammo ba’zi hollarda [qo’y] so’zi «urg’ochilik» ma’nosini yo’qotib, «erkak qo’y» [qo’chqor]ni ham anglatib kela oladi. Qiyoslang: (Bozordan katta qo’y sotib oldik) gapida [qo’y] molning jinsiga ishora etmaydi. (Qurbonlikka, asosan, qo’y so’yadilar, echki emas), gapida ham [qo’y]da jins ma’nosi yo’q . Ma’lumki, qurbonlikda, asosan, qo’chqor, ya’ni erkak qo’y suyiladi. (Bichilgan qo’y tez semiradi) gapida esa ( qo’y) so’zi bevosita erkak qo’yni ifodalab kelyapti. Fikr yuritilgan ko’rinishdagi ziddiyatlar q isman (privativ), not o’liq ziddiyatlar deb ataladi. Not o’liq ziddiyat a’zolaridan bi ri kuchsiz (belgisiz, neytral, marka siz), ikkinchisi — kuchli (belgili, markali) deb aytiladi. Not o’liq ziddiyatning barq aror belgi-xususiyatli a’zosi ziddiyatning kuchli a’zosi deb yuritiladi va hamisha musbat alomati ( + ) bilan beriladi. No to’liq ziddiyatning barqaror belgi- xususiyatga ega bo’lmagan a’zosi ziddiyatning kuchsiz (belgisiz, neytral, markasiz) a’zosi deyiladi va nul (0) belgisi bilan beriladi. Noto’liq ziddiyatning belgisi sifatida hamisha kuchli a’zoning belgi- xususiyati olinadi. Masalan: [qo’y] va [qo’chqor] noto’liq ziddiyatida ziddiyat "belgisi «erkaklik”dir. Bu belgi [qo’chqor] so’zida ifodalangan, [qo’uy] so’zida esa ifodalanmagan. Ushbu ziddiyat quyidagi 4- jadvalda aks etgan. 4-jadval ziddiyat (B) “erkaklik” belgisi ziddiyat +[Qo’chqor] : 0 [qo’y] ↓ ↓ Ziddiyatning Ziddiyatning 16 kuchli a’zosi kuchsiz a’zosi Agar [qo’chqor] : [qo’y] ziddiyatida ziddiyat belgisi «erkaklik»ni umumiyroq «jinsi aniq» belgisi bilan almashtirsak, bu holda, + [qo’chqor] : 0 [qo’y] ; + [taka] : 0 [echki]; 0 [cho’chqa] : + [megajin, qobon]; 0 [ot] : + [baytal, ayg’ir]; 0 [qoramol] : + [sigir, ho’kyiz, buqa] kabi ziddiyatlar o’zaro mutanosib (proporsional) ziddiyatlar ekanligini ko’ramiz. Chunki bu ziddiyatlarning barchasi ayni bir belgi asosida tuzilgan bo’lib, kuchsiz va kuchli a’zolardan iborat bo’lgan noto’liq ziddiyatlar qatorini tashkil qiladi. Qayd etilgan noto’liq ziddiyatlardan keyingi uchtasida kuchli a’zo vazifasini bir necha birliklar guruhi o’taydi: [megajin, qobon]; [baytal, ayg’ir]; [sigir, ho’ K IZ , buqa]. Til qurilishida bunday hodisa j uda keng tarqalgan. Bu hollarda bir necha til birligidan iborat bo’lgan a’zo yana boshqa turlicha ziddiyatlarga bo’linadi. Masalan: [qoramol] : [sigir, ho’kiz, buqa] noto’liq ziddiyatini 5- jadval orqali tahlil qilamiz. 5 - jadvaldan ko’rinib turibdiki, bir inchi va uchinchi ziddiyatlar noto’liq 5-jadval B 1 1 . 0 [ q o r a mo l ] : + B 2 1 2 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling