Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
B
1 2 B B 3 urug’li (nasl beruvchi) Qoramol, sigir, ho’kiz buqa “jinsi aniq” [sigir, ho’kiz, buqa] Urg’ochi erkak [sigir] [Ho’kiz, buqa] 17 +[buqa] 0 [ho’kiz] (privativ), ikkinchi ziddi yat esa teng qiymatli (ekvi valent) dir. Noto’liq ziddiyatlarning belgilarini tanlash tadqiqotchining ixtiyorida emas. Bu belgilar til birliklarining mohiyatidan kelib chiqishi, til hodisalari bilan isbotlanishi keraq Masalan, 5- jadvalning birinchi ziddiyatida «jinsi aniq» belgisini «jinsi noaniq» belgisi bilan almashtirish mumkin emas. Chunki [sigir], [ho’kiz], [buqa] so’zlari qatorida «jinsi noaniq» belgisi emas, balki «jinsi aniq» belgisi anitslashib boradi. «Jinsi noaniq» belgisi tanlanganda bu belgi ikkinchi qatordagi «urg’ochi», «er kak» belgilari bilan o’zaro zid munosabatga kirishgan bo’lar edi. Binobarin, «jinsi aniq», so’ngra «erkak», «urg’ochi», «nasl beruvchi» (urug’li) belgilari bir-birini to’ldiruvchi, aniqlashtiruvchi belgilar hisoblanadi. Uchinchi qatordagi (belgi) esa faqat «urug’li» bo’lishi mumkin. Shu qatorga «urug’siz» belgisini qo’yish mumkin emas. Chunki o’zbek tilining o’ziga xosligi, ma’no imkoniyati shuni taqozo qiladi. O’zbek tilida [ho’kiz] bichilgan, urug’ bera olmaydigan erkak qoramolni ham, urug’ bera oladigan [buqa]ni ham ifodalab kelaveradi. [buqa] esa bichilgan bo’lishi mumkin emas. U faqat urug’li bo’ladi. Aytilganlarga ko’ra ziddiyat belgilarini tanlash ixtiyoriy emas, balki til birliklarining tabiati bilan bog’liq: Yana qiyoslang [tuzuk], [durust], [yaxshi], [ajoyib]; [chiroyli], [suluv], [ko’rkam], [zebo] kabi ijobiy baho ifodalovchi asliy sifatlar qatorini olib ko’rayli q Bu qator birliklari «ijobiy baho» (B 1 ) belgisi bilan birlashadi va «salbiy ba ho» belgisiga ega [yomon], [xunuk], [badbashara] so’zlari qatori bilan teng qimmatli ziddiyat hosil qiladi. Noto’liq ziddiyatlarning til qurilishida alohida mavqega egaligi tadqiqotchilar tomonidan qayta-qayta aytilgan. Noto’liq ziddiyatlarning til qurilishida alohida o’ringa egaligi ularning dialektik qurilishida til 18 birliklari orasidagi davomiylikni, o’zaro bog’lanishni, birining ikkinchisiga o’tib turish jarayonini o’zida aks ettirishi bilan bog’liqdir. Agar biz teng qimmatli, darajali va noto’liq ziddiyat a’zolarining mohiyatini aylanalar bilan chizib ko’rsatmoqchi bo’lsak, bu holda teng qimmatli ziddiyatlar ikkita yonma -yon, o’zaro zid quyilgan aylanalar, darajali ziddiyatlar esa o’sib borayotgan aylanalar, noto’liq ziddiyatlar esa bir-biri bilan o’zaro kesishib, V umumiy qismiga ega bo’lgan ikkita aylanma sifatida berilishi mumkin. A va B aylanalarining umumiy qismi bo’lgan V— ham A, ham B dir. Demak, u A ham emas, B ham emas. Binobarin, V shunday qismki, unda A ning ham, B ning ham xususiyatlarini topish mumkin. Ushbu tarkibiy qismda qarama-qarshiliklar (A va B) o’zaro birlashib, bir butunlikni hosil qiladi. Ularning ko’rashi bir butunlik ichida, bir butunlik sifatida namoyon bo’ladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling