Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli aksonometrik proyeksiyalar
Download 335 Kb.
|
Aksonometrik proyeksiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-shakl To’g’ri burchakli diametriya.
- Qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar.
- Frontal izometriya.
To’g’ri burchakli izometriya. Standart izometriyada narsalar o’zgarish kooeffisiyentisiz bajariladi, ya’ni barcha o’qlar bo’yicha ex=ey=ez=1 qilib olinadi. Shunda narsa o’ziga nisbatan 1,22 marta kattalashtirib tasvirlanadi.
2-shakl To’g’ri burchakli diametriya. Koordinata o’qlarida transportirda aniq yoki taxminiy 70 va 410 li burchaklarni yasash mumkin (-shakl, a,b). z o’q chiziladi va unga uchta teng bo’lak o’rinlari belgilanadi. 2 nuqtadan 23 radius bilan, 0 da 02 radius bilan yoylar chizilib, A nuqta topiladi va u 0 bilan tutashtiriladi. A nuqtadan A2 radius bilan yoy chizib, R radiusdagi yoy bilan kesishtiriladi va hosil bo’lgan B nuqta O bilan tutashtiriladi (3-shakl, a). 3-shakl O’zaro perpendikulyar chiziqlar o’tkazilib, gorizontal chiziqqa 0 dan ikki tomonga teng sakkizta bo’laklar qo’yiladi. Sakkizinchi nuqtalardan pastga chizilgan chiziqlarga 1 va 7 bo’laklar olib qo’yiladi hamda hosil qilingan A va B nuqtalar O bilan tutashtiriladi (4-shakl, b). Qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar ham standartlashtirilgan bo’lib, qiyshiq burchakli izometriya va qiyshiq burchakli dimetriyalarga bo’linadi. Qiyshiq burchakli izometriya. Bu proyeksiya to’g’ri burchakli izometriyadagi kabi barcha o’qlar bo’yicha o’zgarish kooeffisiyentisiz, ya’ni x=y=z=1 qilib chiziladi. Qiyshiq burchakli izometriya: frontal izometriya va gorizontal izometriyadan iborat. Frontal izometriya. Koordinata o’qlari –shakl, a,b,c larga tasvirlangandek uch xil ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda faqat y o’q 300, 450 va 600 ga o’zgarishi mumkin. Aylanalarning frontal izometriyada tasvirlanishi -shakl, a,b,c larga ko’rsatilgan bo’lib, V da uchala chizmalarda aylana o’z kattaligida tasvirlanadi. Qolgan tekisliklarda y o’qning o’zgarishi natijasida aylanalarning shakli ham o’zgaradi. y o’q 300 da olinsa (-shakl, a), H dagi ovalning katta o’qi AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d ga teng bo’ladi. W da AB=1,22 d kichik o’q CD=0,71 d bo’ladi. y o’q 450 da olinsa (-shakl, a), H va W da aylanalar bir xil ovallar ko’rinishida bo’lib, ularning katta o’qi AB=1,30 d ga, kichik o’qi CD=0,54 d ga teng bo’ladi. y o’q 600 da olinsa (-shakl, c), H dagi ovalning katta o’qi AB=1,22 d ga, kichik o’qi CD=0,71 d ga teng tasvirlanadi. W da esa AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d bo’ladi. 4-shakl 5-shakl
Ovallarning katta o’qi AB=1,22 d ga, kichik o’qi CD=0,71 d olinsa, ular to’g’ri burchakli izometriyadagi kabi chiziladi (-shakl, a,b va q). Ovallarning katta o’qlari AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d ga teng bo’lsa, ularni chizish -shakl, d, da katta o’qi AB=1,30 d ga, kichik o’qi CD=0,54 d bo’lsa, uni chizish -shakl, e da ko’rsatilgan. Bu yerda ovallarning katta va kichik o’qlarining tasvirda joylashishiga ahamiyat berib chizish tavsiya etiladi.
Aksonometrik proyeksiyalarda ikki xili mavjud bo’lib,bular dimetriya va izometriya turlaridir. Dimetriya - yunoncha, ikki marta kam o ‘lchash degan ma’noni anglatadi. Jism bir tomoni bilan V tekslikka parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi. Qiyshiq burchakli frontal dimetriya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalanadi. Bu yerda, proyeksiyalash nurlarini Oy o'q uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o'q P ga nuqta ko'rinishida proyeksiyalanadi. Shunga ko'ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib proyeksiyalanadigan 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi. Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning F tekisligiga parallel yog'i o'zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o'lchamida qo'yiladi. Oy o'qqa esa uning teng yarmisi o'lchab qo'yiladi. Shunda kub ikki yog'i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi. Frontal dimetriyada o'qlarning joylashishi. Bunda x va z o'qlar o'zaro 90° burchakda, y o'q esa u burchakni teng ikkiga bo'lib o'tadi (27.2-chizma, a). Bu o'qlarni 27.2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar yordamida 27.2-chizma, d dagidek chizish mumkin. x va z o'qlar to'g'ri burchakni tashkil qilmaganligi uchun Hva Wga jismning parallel tomonlari ikki marta qisqartirib tasvirlanadi. Demak, xva z o'qlarga jism olchami 100 foiz o'lchab qo'yilsa, y o'qqa uning 50 foizi o'lchab qo'yilar ekan. Izometriya - yunoncha so ‘z bo‘lib, “isos” - bir xil (teng) degan ma'noni anglatadi. Kubni aksonometrik proyeksiyalar tekisligini Pga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib,unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o‘tkazilsa, kubning to‘g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi. Izometriyada Ox, Oy, Oz o'qlar orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lib, ular 120° ni tashkil qiladi (27.3-chizma, b). Chunki ular P tekisligiga nisbatan bir xil qiyalikda proyeksiyalanadi. Shunda, masalan, kub o'zining haqiqiy kattaligiga nisbatan ma'lum miqdorda o'zgarib, ya'ni qisqarib, proyeksiyalanadi. Bu o'zgarish izometriyada uchala o'qlar bo'yicha bir xil bo'lib, 0,82 ga teng. Lekin detal o'lchamlarini izometrik o'qlarga 0,82 marta ko'paytirib o'lchab qo'yish ancha noqulay. Adabiyotlar: Download 335 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling