Asosiy tushunchalar
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni
Download 185.64 Kb.
|
a-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirxgofning birinchi qonuni.
- Kirxgofning ikkinchi qonuni. 1-ifodasi.
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni:
yoki (1.1) 1.1-rasmdagi 1-2 tarmoq uchun U3=R3I3 ifoda kuchlanish yoki R3 rezistordagi kuchlanishlar tushuvi deb ataladi. I3=U3/R3 ifoda esa rezistordagi tok ifodasi. Kirxgofning birinchi qonuni. Tugunda toklarning yig‘indisi nolga teng. (1.2) bu yerda m-tugunga ulangan tarmoqlar soni. Kirxgofning birinchi qonuni asosida tenglama tuzishda elektr zanjiri tuguniga qarab yunalgan toklarni “musbat”, tugundan chiqadigan yunalishdagi toklarni “manfiy” ishora bilan yoziladi. Masalan 1.1-rasmdagi 1-tugun uchun I1+ I2-I3=0. Kirxgofning ikkinchi qonuni. 1-ifodasi. Elektr zanjirining istalgan konturidagi EYUKlar yig‘indisi shu konturdagi barcha elementlar kuchlanishlari tushuvining yig‘indisiga teng. (1.3a) bu yerda n- konturdagi EYUK manbalari soni, m-konturdagi Rk -qarshilikka ega bo‘lgan elementlar soni. Zanjirdagi k ta elementdagi kuchlanish tushuvi Uk=RkIk . 2-ifodasi. EYUK ulangan konturdagi barcha elementlar kuchlanishlari tushuvi yig‘indisi nolga teng. (1.3b) Kirxgofning ikkinchi qonuni asosida tenglama tuzishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur. 1) EYUK, kuchlanish va toklarning shartli musbat yunalishini aniqlash. 2) tenglamasi tuzilayotgan konturning aylanish yunalishini belgilab olish. 3) tenglama tuzish uchun ikki ifodadan biri tanlab olinib, kontur kattaliklarining yunalishi konturning aylanins yunalishi bilan mos tushsa bu yunalish “musbat”, konturning aylanish yunalishi bilan mos tushmasa bu yunalish “manfiy” deb qabul qilinadi. Masalan: 1.1-rasmda kursatilgan II-kontur uchun aylanish yunalish tenglamasi quyidagi kurinishni oladi. E2=R02I2+R3I3+R4I4 (1-ifoda uchun) -U2+U02+U3+U4=0 (2-ifoda uchun) Kirxgofning ikkinchi qonuni yordamida elektr sxemasining istalgan ikki nuqtasi orasidagi kuchlanishni ham aniqlash mumkin. Buning uchun elektr sxemasidagi bu ikki nuqta orasiga zanjirni yopiq holatga keltiruvchi kuchlanish ifodasini (1.3) tenglamaga kiritish zarur. Masalan, 1.1-rasmdagi Uab kuchlanishni aniqlash U01 –U02 -Uab=0 tenglamani tuzish mumkin. Bundan Uab =E1 –E2 = U1- U2 Download 185.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling