Asosiy tushunchalar
Yechish. Nixrom simning kundalang kesim yuzasi Ruxsat etilgan tok I = jS = 10⋅0,126 = 1,26 A. 1.4
Download 185.64 Kb.
|
a-1
Yechish. Nixrom simning kundalang kesim yuzasi
Ruxsat etilgan tok I = jS = 10⋅0,126 = 1,26 A. 1.4. Elektr zanjiri (1.3-rasm) uchun quyidagilar berilgan: E =100 V; Rich=1 Om; Rt=3 Om; Ryuk =6 Om. Elektr o‘lchash asboblari ko‘rsatishini aniqlang. 1.3-rasm. Yechish. Tarmoqdagi tok kuchi (ampermetrning ko‘rsatishi) yopiq zanjir uchun (U12=0 shart bajarilganda) Om qonuni orqali aniqlanadi. Zanjirning passiv qismi uchun Om qonunini qo‘llab, ikkinchi voltmetr ko‘rsatishini aniqlaymiz Ucd=IR=10·6=60 V. Zanjirning aktiv qismi uchun Om qonuniga asosan Birinchi voltmetr ko‘rsatishini aniqlaymiz. Uab=E-IRich=100-10·1=90 V. Vattmetr zanjirning o‘zi ulangan qismi quvvatini ko‘rsatadi. P=UabI=90·10=900 Vt. bu erda R–manbaning zanjir tashqi qismiga bergan quvvati bo‘lib, tarmoqdagi va iste’molchidagi quvvat isroflari yig‘indisiga teng. 1.5. 1.4-rasmda keltirilgan o‘zgarmas tok zanjiri uchun hisoblashlar amalga oshirilsin va potensial diagramma qurilsin. Quyidagilar berilgan: manbalarning EYUK E1=16 V; E2=14 V; manbalarning ichki qarshiligi Rich1=3 Om; Rich2=2Om; rezistorlar qarshiligi R1=20 Om; R2=15 Om; R3=10 Om. Voltmetr nolni ko‘rsatishi uchun potensiometr surgichi holatini qanday o‘zgartirish zarur. Elektr zanjiri uchun quvvatlar balansi tuzilsin. Boshqa boshlang‘ich nol nuqta tanlanganda potensial diagramma ko‘rinishi qanday bo‘ladi. 1.4-rasm Yechish. Zanjirdagi tok to‘liq zanjir uchun Om qonuni ifodasidan aniqlanadi. Masala shartiga ko‘ra 1-5 nuqtalarning potensiali aniqlanadi. Buning uchun 1 nuqta potensiali nolga teng deb olinadi va koordinata o‘qi boshiga joylashtiriladi. 2 nuqtaning φ2 potensiali zanjirning 1-2 qismi oralig‘i uchun Om qonuni ifodasidan aniqlanidi. U12 = φ1–φ 2, Bu yerda φ2 = φ1–I1R1=0 – 0,6⋅20=–12 B. 2 nuqtaning koordinatasi: R=20 Om; φ 2 = –12 B. Zanjirning 1–3 qismlari orqali 3 nuqta potensialini aniqlash mumkin φ3=φ2+E1–I1Rich1=–12+16⋅3⋅0,6 =2,2 V. Diagrammadagi 3 nuqtaning koordinatasi: R=20+3= 23 Om; φ3=2,2 V. Xuddi shunday 4 no‘qtaning potensiali aniqlanadi φ4=φ3–U34 =φ3–IR2=2,2–0,6⋅15=–6,8 V. Zanjirdagi 4 nuqtaning potensiali: R=23+15 = 38 Om; φ 4 = –6,8 V. Zanjirning 5 nuqtasi uchun: R =38+ 2 = 40 Om; φ5 = φ4+E2 – IRich2=–6,8+14 – 0,6⋅10 = 6 V. Masala to‘g‘ri echilganda 1 nuqtaning potensiali nolga teng bo‘lishi zarur φ1=φ5–IR3 =6–0,6⋅10 = 0. Diagrammada 1 nuqtaning koordinatasi: R =40 + 10= 50 Om; φ1 = 0. Hisoblashlar natijasida qurilgan potensial diagrammaning ko‘rinishi 1.7-rasmda keltirilgan. Diagrammadan ko‘rinadiki potensiometr surgichining holati 6 nuqtada voltmetr ko‘rsatishi bilan mos bo‘lib nolga teng, chunki 1 va 6 nuqtalar potensiallari tengdir. Elektr zanjirining boshqa nuqtasini boshlang‘ich deb qabul qilsak ham zanjirning mos qismlari potensiallari kattaligi o‘zgarmaydi. Chunki ular qarshilik va tok kattaliklari orqali aniqlanadi. Agar 3 nuqta potensialini nolga teng deb qabul qilsak (φ3=0), unda absissa o‘qi 3 nuqtaga qarab suriladi. Ushbu holat chizmada (1.5 -rasm) uzuq-uzuq chiziq tarzida ko‘rsatilgan. Bunda barcha nuqtalar potensiali φ=2,2 V ga kamayadi. 1.5-rasm. Potensial diagramma. Quvvatlar balansi: E1I+E2I=I2R1+I2Rich1+I2R2+I2Rich2+I2R3=I2(R1+Rich1+R2+Rich+R3); 16·0,6 + 14·0,6 = 0,62·(20 + 3+ 15 + 2 + 10). 18 Vt ≡ 18 Vt. Download 185.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling