Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’-larining doiraviy aylanishi XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi.
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismlarining funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xomashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompaniya moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.
Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foyda-lanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining hara-katini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manba- laridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi:me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar;me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.
Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha element-larini o’z tarkibiga oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |