Asosiy vazifalar


 ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularning nusxalari mintaqaning AKMdan olishi mumkun. 3.6


Download 22.43 Kb.
bet6/6
Sana13.01.2023
Hajmi22.43 Kb.
#1091485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot kutubxonaga oid normativ hujjatlar

3.5. ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularning nusxalari mintaqaning AKMdan olishi mumkun.
3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va boshqa materiallarni olishda ularni ko’zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to’g’risida ARM xodimiga ma’lum kilishi kerak.
3.7. ARM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
3.8.  ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo’qotgan yoki ularga tiklab bo’lmaydigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan, nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirish mumkin bo’lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha baravar miqdorda to’lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxasislar tomonidan, yo`qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3.9. ARM dan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan (ARM ma’muriyati tomonidan) belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkun.
ARMning FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO’RSATISH BO’YICHA MAJBURIYATLARI
4.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma –bibliografik apparat, shu jumladan, elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma ko’rinishidagi bibliografik qo’llanmalarni ishlab chiqish.
4.2. ARM quyidagilarga ega:
-foydalanuvchilarni ARMdagi va imkoniyat darajasida undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
-kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma–axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo’yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
-foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda yuksak madaniyat va malakani ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda yordam ko’rsatish;
-foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishni amalga oshirish;
-zarur axborotni qidirib topishga o’qitishda mustaqil ravishda ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantirishda ko’maklashish;
-fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo’lmagan taqdirda ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement tizimi orqali taqdim etish;
-ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish;
-ARMning ijobiy nufuzini yaratishda ko’maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish foydalanuvchining ehtiyojlarini o’rganish hamda ularning xohishlariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.
Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling