Asosiy vazifalar


ARMni QAYTA TASHKIL QILISH VA TUGATISH


Download 22.43 Kb.
bet5/6
Sana13.01.2023
Hajmi22.43 Kb.
#1091485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot kutubxonaga oid normativ hujjatlar

ARMni QAYTA TASHKIL QILISH VA TUGATISH
6.1. ARMni qayta tashkil qilish va tugatish (qo’shish, ajratish, ayirish, qayta o’zgartirish) Xalq ta’limi vazirligi qaroriga asosan amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarzda amalga oshiradi.
6.2. ARMni qayta tashkil qilish bo’yicha barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya-xo’jalik hujjatlar va boshqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
II. SamDChTI axborot-resurs markazidan foydalanish QOIDALARI
UMUMIY QOIDALAR
Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topishi tamoyillariga asoslanadi.
ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko’rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari uchun to’lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
2. ARMning ASOSIY VAZIFALARI
1. Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
2. Foydalanuvchilar uchun ARMda hamda mintaqaning axborot-kutubxona markazi (AKM)dagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish. 
FOYDALANUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

  1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko’rsatadigan hududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jihatdan mansubligidan qat’iy nazar, barcha aholiga, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Ushbu huquq axborot resurslari bilan jamlashning, axborotlarni, shu jumladan kutubxonalararo abonement tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi.

  2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

-ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek, mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini yetkazib berish tizimi orqali uzatish;
-bibliografik, ma’lumotnoma axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
-ARM tomonidan o’tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;
-ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.
3.3. Foydalanuvchilar ARMga yozilish uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomani, pasportini yoki uning o’rnini bosadigan hujjatni, zarur mikdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda kitobxon biletini va ro’yxatdan o’tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki pasport o’rnini bosadigan hujjatni ko’rsatgan holda oladilar.
Boshqa mamlakat fuqarolari o’z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kitobxonlik biletini oladilar.
3.4. Foydalanuvchilarga bir yo’la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan bir holda tartibga solinadi.
Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilingan materiallar foydalanuvchilar belgilangan tartibga beriladi.

Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling