Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan chiqarilishi hisobi
Download 76.9 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (8)
Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan chiqarilishi hisobi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi Umumishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS «Asosiy vositalar”ga muvofiq qishloq xo‘jalik korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi: • mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari; • mahsuldor hayvonlar; • qiymatidan qatʼiy nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar guruhiga kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar); • to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar; • belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar; • kutubxona fondi; • muzey eksponatlari va boshqalar. Qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa asosiy vositalari umumbelgilangan tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jalik korxonalarida yillik amortizatsiya bino va inshoatlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jalik texnikasi va asbob-uskunalari, ofis mebeli va jihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar bo‘yicha 15 foiz, kompyuter texnikasi, yengil avtomobillar va yo‘llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jalik korxonalarida ushbu asosiy vositalari bo‘yicha eskirish hisoblash meʼyorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar uchun belgilangan tartibga to‘liq o‘xshaydi. Biroq, ishchi hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar kabi asosiy vositalar eskirish hisoblash masalasida turli munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘ziga xos yondashishlarni talab qiladigan asosiy vositalar hisoblanadi. Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz meʼyorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalarning foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishchi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklarning qariyb yarim asr, hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu bois ham ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlarni eng kam xizmat muddati sifatida eʼtirof etilishi maqsadga muvofiqdir. Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishchi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ot yoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishchi hayvon, nasl yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jalik korxonalarida ishchi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi hayvonlarning tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi. Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bermaydi. Ular odatda, 2-3 yildan keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani ularni parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq, ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot davri davomida ham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab chiqarish sohalaridan tashqari etishtirilgan mahsulotlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish va sotishga ham xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu xususiyat buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalarda etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doir xarajatlar o‘rtasida taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schyotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonasining u yoki bu sohasiga bevosita aloqador asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summasi mos ravishdagi «Dehqonchilik” va «Chorvachilik” schyotlariga olib boriladi. Bunda ushbu soha xarajatlariga olib borilgan eskirish summasini ifodalovchi summaga asosiy vositalarning mos ravishdagi guruhlari bo‘yicha eskirishi hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlar (0210-0290) kreditlanadi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jalik korxonasining har ikkala ishlab chiqarish sohasiga hamda sotish jarayoniga xizmat qiluvchi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi dastlab 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotida to‘planadi. Shundan so‘ng, hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartib-qoidalarga, masalan asosiy vositalarni alohida olingan sohalarga ko‘rsatgan xizmatlariga ketgan vaqtiga ko‘ra jami hisoblangan eskirish summasi mos ravishda «Dehqonchilik”, «Chorvachilik”, «Davr xarajatlari” schyotlariga olib boriladi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalarining har bir sohasi bo‘yicha «Dehqonchilik” va «Chorvachilik” schyotlariga olib borilgan amortizatsiya summalari ularda etishtirilgan mahsulotlarning turlari o‘rtasida tannarxni kalkulyasiya qilishga asos qilib olingan tartib-qoidalarga ko‘ra taqsimlab chiqiladi. Masalan, «Dehqonchilik” xarajatlariga olib borilgan amortizatsiya xarajatlari paxta, boshoqli don, poliz ekinlari va boshqa shu kabi mahsulotlar o‘rtasida bo‘lib chiqiladi. Xuddi shunday tartibda chorvachilik sohasiga to‘g‘ri keluvchi amortizatsiya xarajatlari bu sohada etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, masalan, go‘sht, sut, tuxum, jun va shu kabilar o‘rtasida taqsimlanadi. Umumishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari” Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar”. Hisoblangan va umumxo‘jalik xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya xarajatlarining mos ravishda tegishli ishlab chiqarish va sotish jarayonlari xarajatlariga taqsimot asosida kiritilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: Debet 2011 «Dehqonchilik”, 2012 «Chorvachilik”, 9410 «Sotish xarajatlari Kredit 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari”. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar asta-sekin eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga qisman o‘tkazilib boriladi. Asosiy vositalar eskirishi ikki xil: I. Jismoniy eskirish II. Mahnaviy eskirish Jismoniy eskirish tabiiy o‘zgarishlar natijasida, mahnaviy esa texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida sodir bo‘ladi. Eskirish summasi barcha turdagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Kutubxona fondlari, muzey buyumlari, sahna buyumlari, mahsuldor va ish hayvonlar bundan mustasno. Eskirish asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun ajratiladigan amortizatsiya normalariga ko‘ra aniqlanadi va hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning amortizatsiyalangan qismini, yahni eskirish natijasida ularning qiymatini kamaytiradigan summani hisobga olish uchun 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» mo‘ljallangan. Bu schyotlar passiv bo‘lib, tartibga soluvchi (regulirovka qiluvchi) kontraktiv schyotlar qatoriga kiradi va asosiy vositalarni baholashni tartibga solib turish uchun mo‘ljallangan. 0200 schyot har oyda asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda hamda ishlatishda bo‘lgan boshqa tashkilotlardan olingan asosiy vositalarning eskirish summasiga kreditlanadi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash uchun ularning 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»dagi qiymatidan 0200 schyotlarning kreditidagi qoldiq chegirib tashlanadi. Asosiy vositalar eskirishining sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda, analitik hisobi esa ushbu jurnal-orderning «0200 schyotga analitik mahlumotlar» degan jadvalida yuritiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash ularning yil boshiga bo‘lgan qoldiqlari va yil davomidagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yil davomida sotib olingan yoki qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish summalari, olingan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab hisoblansa, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha esa eskirish hisoblash keyingi oyning 1 sanasidan to‘xtatiladi. Tugallanmagan yoki qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, lekin ayni paytda foydalanilayotgan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish, foydalanib boshlangandan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab, umumiy tartibda hisoblanadi va ularning eskirish summasi hisobda ko‘rsatilmaydi. Tugallanmagan yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinmagan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish hisoblashda, ushbu obhektlar yoki ularning bir qismi qiymati to‘g‘risidagi mahlumotnoma asos bo‘ladi. Mahlumotnomada ko‘rsatiladigan summa 0810-“Tugallanmagan qurilish” schyoti bo‘yicha aniqlanadi. Mazkur obhektlarni to‘liq foydalanishga qabul qilish va asosiy vositalar qatoriga qo‘shish to‘g‘risida dalolatnomani rasmiylashtirishdan oldin hisoblangan eskirish summalari aniqlanadi va ayni paytda shu obhektlarning foydalanib boshlangandan buyon eskirish summasi aniqlanib, hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarni tuzatish hamda ular bekor turib qolgan vaqtda eskirish hisoblash to‘xtatilmaydi. Qiymati to‘liq amortizatsiya qilingan vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va hisoblangan summani tegishli schyotlarga o‘tkazish har oyda amalga oshiriladi. Xo‘jalikda, yil boshiga mavjud bo‘lshgan asosiy vositalarning yillik eskirish summasi asosiy vositalarning yil boshiga bo‘lgan ¦olati bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ¦isob-kitobi (59-shakl)ni tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitobda oylik eskirish summasi ham (yillik summani 12 ga bo‘lib) aniqlanadi. Aniqlangan summa yanvar oyi uchun eskirish summasi bo‘lib hisoblanadi. Fevral va keyingi oylar uchun eskirish summalarini aniqlashning, butun hisob-kitob qilib chiqishning hojati yo‘q. Asosiy vositalar tarkibida o‘tgan davrda (oyda) hisobga olish (taksirovka qilish) kifoya. Shu maqsadda kelib tushgan, chi¢ib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini ¦isobkitobi (60-shakl) tuziladi. Avtomobil transporti uchun amortizatsiya ajratmalari avtomobil transporti bo‘yicha amortizatsiya ¦isob-kitobi (AV-16 namunaviy shakl) asosida hisoblanadi. Hisobot oyidagi amortizatsiya summasini, uni hisoblash va buxgalteriya hisobining tegishli schyotlariga taqsimlash uchun, yuqorida ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar asosida buxgalteriyada bir oy uchun amortizatsiya ajratmalari hisoblash vedomosti (62-shakl) tuziladi. Bu vedomostda eskirish summalari o‘simliklar va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida, shartli etalon gektarlarda va boshqa o‘lchovlarda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. №5-“Asosiy vositalar” nomli BHMSning 23-24-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi: bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli; bajariladigan ishlar hajmiga mutanosib (ishlab chiqarish) usuli; kamayib boruvchi qoldiq usuli; asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘indisi bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli. Yuqorida ko‘rsatilgan amortizatsiya hisoblash usullarini misollarda ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. 5 yillik xizmat muddati oxirida qoldiq qiymati 100 000 so‘m. Download 76.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling