Asosiy vositalar harakati auditini tashkil etish
Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi
Download 69.85 Kb.
|
1. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI AUDITINI TASHKIL ETISH
Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta. Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo’yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga to’g’ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo’yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni inventa-rizatsiya qilish tavsiya etiladi. So’ngra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga olish bo’yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim: korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo’llash qabul qilinganligi; korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vo-sitalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot bo’yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo’llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik. Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi lozim. Download 69.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling