Asosiy vosiтalar hisobi


Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish


Download 300 Kb.
bet25/25
Sana14.12.2022
Hajmi300 Kb.
#1007377
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
asosiy vositalar

Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish

Buxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga ko’ra moliyaviy hisobotlarda uzoq muddatli aktivlarning, shu jumladan, asosiy vosita-larning har bir toifasiga nisbatan quyidagilarni ochib berish kerak:


balans qiymatini aniqlashda foydalanilayotgan hisoblash tamoyillari. Bir necha bazalardan foydalanilaetganda bu baza uchun balans qiymati har bir toifa bo’yicha yoritilishi zarur;
foydalanilayotgan amortizatsiyani hisoblash usullari;
foydali faoliyat muddatlari va qo’llanilayotgan amortizatsiya me’yorlari;
hisobot davrining boshi va oxiridagi balans qiymati va hisoblangan amortizatsiya summasi;
hisobot davrining boshi va oxirida quyidagilarni ifodalovchi asosiy vositalarning balans qiymatini solishtirish:
asosiy vositalarning o’sishi;
chiqib ketishi;
kompaniyalarning birlashishi orqali sotib olish;
qayta baholash natijasida vujudga keladigan ko’payish yoki kamayish;
balans qiymatini qoplanadigan qiymatga etguncha qisman hisobdan chiqarish va bunday hisobdan chiqarishni tuzatuv yozuvi bilan ras-miylashtirish hollari;
amortizatsiya;
chet el kompaniyalarining moliyaviy hisobotini milliy valyutaga o’t-kazishda yuzaga keladigan valyuta kurslarining sof tafovutini;
balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlar.
Agarda aktivlar hisobot davri mobaynida qayta baholangan bo’lsa, qo’yidagi ma’lumotlarni yoritish zarur:
aktivlarni qayta baholashda foydalanilgan asos;
oxirgi baholash o’tkazilgan sana;
qayta baholashda foydalanilgan indekslarning tavsifi;
agar aktivlar baholashga jalb qilinmagan takdirda, moliyaviy hisobot-larga kiritiladigan har bir toifadagi aktivlarning balans qiymati;
hisobot davri mobaynidagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi qayta baholash natijalari.
Moliyaviy hisobot shu bilan birga quyidagilarni yoritishi kerak:
asosiy vositalarga hamda majburiyatlarning ta’minoti sifatida beril-gan asosiy vositalarga bo’lgan mulkiy huquq cheklanishlarining mavjud-ligi va hajmi;
qurilish jarayonida asosiy vositalarga qilingan kapital qo’yilma-larining summasi;
asosiy vositalarni xarid qilish bo’yicha shartnoma majburiyatlaridagi summasi.


Xulosa
Asosiy vositalar hisobi asosiy vositalarning kirim qilinishi va chiqib kеtishi
hisobi buxgaltеriya ma'lumotlarida to’g’ri aks ettirish, ularning samarali ishlatilishi, foydalanish muddati bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblab, ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga qo’shib borish sharoitlarining aniqligini tеkshirishdir.


Foydalanilgan adabiyotlar.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Asosiy_vositalar
https://lex.uz/acts/-821041
https://telegra.ph/Asosiy-vositalarni-Buxgalteriya-Hisobining-Xalqaro-Standarti-BHXS-16-da-xisobga-olish-10-03
https://fayllar.org/1-asosiy-vositalarga-eskirish-hisoblash-tartibini-tushuntirib.html
https://uz.denemetr.com/docs/769/index-109004-1.html?page=29
Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling