Asosiy vositalar hisobini audit qilish tartibi


Download 288.73 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi288.73 Kb.
#1195284
  1   2   3
Bog'liq
Asosiy vositalar hisobini audit qilish tartibi

Asosiy vositalar hisobini audit qilish tartibi

Bajardi: Raxmatjonova. M

Tekshirdi: Inagamova. M

Kirish

  • Kirish
  • Asosiy qism
  • 1.Asosiy vositalar hisobi auditi
  • 2. Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda aniqlanadigan narsalar
  • 3.Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi
  • Xulosa

Reja

Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyatini tashkil etishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

  • Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyatini tashkil etishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Kirish
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo‘lib, undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish
asosiy vositalarni tiklashni – ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish
asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining holatini baholash
korxonaning o‘ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish
asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
asosiy vositalarni xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish
agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va quvvati bo‘yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;
asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish
Korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo‘yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o‘tgan hisobot davridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish;
asosiy vositalarning so‘nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro‘yxat)dan o‘tkazilishi va uning natijalarini aniqlash
asosiy vositalarni so‘nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish.
korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, Shuningdek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash;
tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni o‘rganish:;
buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi aniq inventar ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;
ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, xodimlar ro‘yxati)ni o‘rganish ;
asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo‘jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:

Download 288.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling