Asosiy vositalar hisobini audit qilish tartibi
Download 288.73 Kb.
|
Asosiy vositalar hisobini audit qilish tartibi
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo‘llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llanilayotgan shakliga bog‘liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo‘yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo‘yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi.
Auditor tekshiruv chog‘ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:
Auditor O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri aniqlanganligi; qo‘shimcha qurilganidan va qo‘shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi. Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish o‘rganiladi (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish natijalarini ham tekshirishi lozim. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar - iventarizatsiya ro‘yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18-shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha korxona rahbariyatining qarorini o‘rganadi. Download 288.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling