Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalar auditini tashkil etish. Bajardi: Xalilov J
Download 203.9 Kb.
|
Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalar auditini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi.
- Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.
- 2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
- 3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
- Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish.
- Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash.
- 4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish
- Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi
- Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi
- E’tiboringiz uchun rahmat.
Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalar auditini tashkil etish.Bajardi: Xalilov JReja:
1.Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi.Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo’jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo’yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o’tgan hisobot davridagiga nisbatan o’zgarishi bilan tanishish; asosiy vositalarning so’nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro’yxat)dan o’tkazilishi va uning natijalarini aniqlash; asosiy vositalarni so’nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo’yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, ular bilan shaxsan to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash; tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan va ro’yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo’yicha tuzilgan shartnomalarni o’rganish:; buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar kartochkalar) va komp’yuterda yoki qo’lda baja-riladigan variantdagi aniq inventar ro’yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim; ishdan bo’shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, xodimlar ro’yxati)ni o’rganish ; asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash. Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta.
2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar; korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi; asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari; asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl); buxgalteriya hisobotlari; ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl); avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl); asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl); asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl). Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’azilganligini aniqlaydi. Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl); pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl); izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. buxgalteriya balansi (1-shakl); 3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari; moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari. Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish.
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) ko’rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi. Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash.
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo’yicha tekshiruv davom ettiriladi. Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo’yicha harakat ko’rsatkichlarini inventar kartochkalar bo’yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qiladi.
4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan - asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib borishning to’g’riligini tekshirish; har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish; amortizatsiya ajratmalarining hisobda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirilishini tekshirish. Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi:xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalar; amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; konservatsiyadagi asosiy vositalar; amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar; jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo’llanilayotgan asosiy vositalar; noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar; moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar. E’tiboringiz uchun rahmat.Download 203.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling