Asosiy vositalarning qayta baholanishi


Download 359.68 Kb.
bet1/7
Sana19.03.2023
Hajmi359.68 Kb.
#1284540
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
begmatova.buxgalteriya


Asosiy vositalarning qayta baholanishi

Reja:
Kirish



  1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha va ularni baholash tartibi

  2. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari

  3. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash

Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy- iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Obektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar obektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib boriladi.
“Asosiy vositalarning qayta baholanishi” mavzusining maqsadi - hammamizga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.


  1. Download 359.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling