Asosiy vositalarning qayta baholanishi
Dt Asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish, davr xarajatlari hisobvaraqlari Kt
Download 359.68 Kb.
|
begmatova.buxgalteriya
Dt Asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish, davr xarajatlari hisobvaraqlari
Kt Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari Asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda eskirish summasi ham hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning bir necha obektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning kirim qilinishi lozim bo‘lgan qiymati, ya’ni boshlang‘ich qiymati sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Misol. "Hamkor" MCHJ 2016 yil 20 mayda "Operativ" AJdan mulkiy majmuani 250 000 m.so‘m bo‘lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 yil 25 mayda xarid bo‘yicha barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat boji to‘lovi, brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash bo‘yicha sarflar jami 50000m.so‘mni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning xulosasiga ko‘ra asosiy vositalarning har bir obekti quyidagi tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 1600000 m.so‘m, minorali inshoot 1200000 m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m. Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar obektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga ega: Yuqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng (250000+50000 m.so‘m) bo‘lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega: "Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali: a) asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m. b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m. v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m. Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o‘zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda uzaytirish yo‘li bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar tushuniladi. Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.3 Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa, asosiy vositalar obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Xulosa Ma’lumki, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mo-baynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ta’siri ostida jismoniy, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ma’naviy eskirishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, buxgalteriya tamoyillariga muvofiq asosiy vo-sitalarning qiymati ularni ana shu taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mo-baynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri davomida teng ravishda taqsim-lanishi (hisobdan chiqarilishi) kerak. Bu jarayon eskirish deb ataladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida qo’llaniladigan tizimli va ratsional yozuvlar asosida taqsimlashdir. Bu erda quyidagi muhim holatlarga alohida e’tibor berish lozim: -barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat) muddatiga ega bo’lib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati yillari davomida xarajatlarga taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning jismoniy va ma’na-viy eskirishidir. -buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan “eskirish” iborasida jismoniy eski-rish berilgan vaqt mobaynida ob’ektlar bozor qiymatining pasayishini emas, balki asosiy vositalarning qiymatini ularning foydali faoliyati vaqtida hisobdan chiqarish deb tushuniladi. Atama asosiy vositalarning qiymatini xarajatlarga doimiy ravishda olib borilishini aks ettirish uchun ishlatiladi; -eskirish qiymatni baholash jarayoni hisoblanmaydi. Buxgalteriya yozuvlari tannarxni aniqlash tamoyillariga muvofik olib boriladi va shunday qilib, ular baho darajasini hisoblash indikatori bo’lib xizmat qila olmaydi. Agarda foydali bitim va bozor kon’yukturasining o’ziga xosligi natijasida bino yoki boshqa aktivning bahosi oshganda ham shunga qaramay amortizatsiya hisoblashni davom ettirish kerak, chunki bu baholashning emas, balkim avvalgi qilingan xarajatlarni taqsimlash natijasi hisoblanadi. Download 359.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling