2. personality – zaruriy korxona falsafasini qo`llab-quvvatlovchi personal; 3. people – insonlar; 4. products – tovarlar; 5. prices – narxlar; - 6. place – o`rin-joy;
- 7. promotion – siljitish;
- 8. performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish;
- 9. perseption – his-tuyg`u;
- 10. positioning – pozitsiyalashtirish.
- MARKETING FAOLIYATINING ASOSIY FUNKSIYALARI
- 1. Analitik funksiyasi;
- 2. Ishlab chiqarish funksiyasi;
- 3. Buyruq-nazorat funksiyasi;
- 4. Savdo funksiyasi (sotish);
- 5. Innovatsion funksiyasi.
- ANALITIK FUNKSIYA tashkilotga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillarni o'rganish, iste'molchilarning didi va tovarlar assortimentini o'rganishni o'z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bozorda raqobatbardoshlikni nazorat qilish uchun tashkilotning ichki muhitini tahlil qilish kerak.
- ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish, korxona uchun zarur bo'lgan moddiy-texnika resurslarini sotib olishni tashkil etishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish funktsiyasi tayyor mahsulot yoki xizmatning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishni, ya'ni mahsulot sifatining belgilangan standartlarga muvofiqligini anglatadi.
- BUYRUQ VA BOSHQARUV FUNKSIYASI korxonada rejalashtirish va prognozlash, aloqa tizimini tashkil etish, axborot ta'minoti va risklarni boshqarish jarayonini ta'minlaydi.
- SOTISH FUNKSIYASI tashkilotning narx va tovar siyosatini o'z ichiga oladi, mahsulotni taqsimlash va talabni kengaytirish tizimini ta'minlaydi.
- INNOVATSION FUNKSIYA marketingda yangi mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish va yaratish rolini o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |