Asqad Muxtorning "Chinor" romanida obraz


“Chinor” romanining mazmuni


Download 36.73 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi36.73 Kb.
#1644075
1   2   3   4
Bog'liq
Asqad Muxtorning111

2.1 “Chinor” romanining mazmuni.
1969-1973-yillarda yozilgan. Romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz - 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoqyaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi...
Akbarali G’oziyev va Bektemir suhbatidan parcha.
-Ha, avval — ish. Senga kelganimki... menga bir ish topib ber, uka. Shunday kasb kerakki, qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! Boshqa narsa kerak emas. Shundagina bir kuni borib xotinim bilan qizimning oyog‘iga bosh qo‘ysam, balki gunohimdan o‘tishar. Akbarali, uka, senga yorildim, yordam qil.........
-Transformator! - deb qichqirdi Bektemir. - Hozir balkalar bosib tushsa, transformator portlaydi! Bu - yong‘in degan gap, zaboylarda odam bor! Bu yoqqa yur!
- Qoching! Nima qilmoqchisiz?
- Transformatorni o‘chirish kerak, portlaydi!
- Qoching, bosib qoladi hozir! - O‘chirish kerak, falokat yuz bermasin, qayoqdasan?
Chirs-chirs chaqmoq chaqilar, temir shift dahshatli lopillar edi. Bektemir uning tagiga kirib, qaytib chiqdi… …Uni temir balkalar bosib qoldi. Ulgurmadi. Transformatorni o‘chirdi-yu, o‘zi chiqib olishga ulgurmadi…


2.2. “Chinor” romanining kompozitsiyasi
“Chinor” romani bo’yicha bilim ko’nikma hosil qilish.Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asar muallifgakatta shuhrat keltirgan. Bu asar o’ziga qadar yaratilgan o’zbek romanlaridan bir nechta jihatlari bilan ajralib turadi. “Chinor” romani haqida. Bu asar muallifga katta shuhrat keltirgan. Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir. Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam - tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan.
Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva ( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar.Aytishimiz kerakki, bu “g’alatilik” faqat tashqi tomondan yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog’lanadi. Mana shu ota qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutunamiz. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb adabiyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarim Asqad Muxtor o‘tgan asming 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo — Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo‘rt bir barg» — Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik. “Chinor” romanidan parcha: Mehmonxona tez topildi: chiroqlar ko‘proq tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chiqishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina mehmonxonaning viveskasi ko‘rinib turardi. Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda shovullashi eshitilib turibdi.— Mana, — dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil buva, — shukur, yetib keldik. Bemalol dam olaylik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech qayoqqa ketmaydi. — U etigini yechib, odaticha karavotga chiqib chordana qurdi. Shunday bir o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa nafas rostlaganday bo‘lmas edi. — Lekin muzey eshigini qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, — dedi u yana, — shahar juda ham o‘zgarib ketibdi-da?. Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l yuvgach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, xuqunni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, choy damlagani chiqdi. «Kubovaya» deb yozilgan xonani ochsa, hammomdagic' 'k issiq hovur gup etib yuziga urdi, burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi bo‘lib piyola tutib turibdi.
Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi.Darvoqe, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”.
Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi. Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar.
Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz.
Asar sarlavhasi. “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go’zal ifoda hyech narsaga xizmat qilmaydi” ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so’zda ifodalanishi, yuzlab sahifalarga sochilgan mazmunni o’zida aniq jamg’arishi, nomlanishidanoq o’quvchini o’ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog’da, rohatbaxsh hamdir. “Qutlug’ qon” (Oybek), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O’g’ri”, “Bemor” (A.Qahhor), “Chinor” (A.Muxtor), “Iymon” (I.Sulton), “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov), “Shaytanat” (T.Malik), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar” (O.Yoqubov), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod), “Ikki eshik orasida” (O’.hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o’rganishning o’zidayoq ko’pgina saboq va o’gitlarning beradi. Jumladan, “dunyo hikmatlarini mo’jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan” san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik: “Keyingi vaqtda-keksalik, xastalik sabab-juda kam uyqu bo’lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo’q, uzuq-yuluq o’y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo’yadigan bo’ldim.
Daftarimni “tundalik” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo’lmaydi. Bu gaplar, biri bog’dan, biri tog’dan bo’lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo’lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo’shib yashaymiz”. Darvoqye “Tundaliklar” nomini eshitganingizdanoq, sizda qiziqish uyg’onadi, uning mazmuni bilan tanishishga oshiqasiz. Asqad Muxtorning ikki daftardan iborat bu so’nggi asari – umri yakunidagi Yozuvchining sir-asroridan, uning Odam va Olam haqidagi kashflaridan xabar beradi, kitobxonni o’yga toldiradi, harakatga shoshiltiradi, hayratga ko’madi. Eng asosiysi nom asardagi bosh g’oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oldi, ya’ni A.Muxtor kasalligiga, og’ir kasalligiga qaramay, tungi bedorlik paytlarida ham yaratish bilan band bo’ldi, o’z aql-zakovati bilan ko’pni hayajonlantira oladigan insoniy dardlarni, mushohadalarni, yangi izlanishlarga asos bo’la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. haqiqiy ijodkor inson qiynalib so’zlasa-da, qiynalib yozsa-da, shunday holatda ham ko’p uchun qayg’uradigan, ko’pning dilidagini aytadigan, ko’p uchun yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo’lishkerakligini isbot qildi. Tiriklikning har bir daqiqasi o’zlikni, demakki, Ollohni bilishga sarflanishini lozimligini ko’rsatdi. Shu yo’l bilan eng ohirgi daqiqalarda ham ikkinchi umrining mazmunini (“Ijod – o’limni o’ldirmoq”dir), yanada boyitdi, uning boqiyligini ta’minladi. “Tundaliklar”da: “Shamol shamni o’chiradi. Shunga o’xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o’t oldiradi”, - degan haqiqat ham yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdir. Ko’pgina asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan ataladi. “Zaynab va Omon” (h.Olimjon), “Navoiy” (Oybek), “Mirzo Ulug’bek” (M.Shayxzoda), “Amir Temur” (Olimjon Bo’riyev), “Fotima va Zuhra” (U.Umarbekov), “Ibn Sino” (M.Qoriyev), “hamza” (K.Yashin) kabi asarlar buni isbotlaydi va asar syujetini bevosita shu obrazlar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Shu asos tufayli bu nomlar ham aniq asarning birbutunligiga hissa bo’lib qo’shiladi. Bosh voqea doirasi ichida, unga g’oyaviy mazmun va kompozision jihatdan bog’lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol misollaridir. Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday: Shoh Bahrom go’zal Diloromga ishq qo’yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o’qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo’ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o’zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo’ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go’zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- kecha: podshoh Jo’na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o’luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog’i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg’ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog’saki, yomg’irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda qimirlasa, o’sha yer cho’kadigan bo’lsa, bu paytda el ulus o’z hayotidan ko’zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo’lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutib, nobud qildi-qo’ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.

Download 36.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling