«Asr urushi». Arab-Isroil munosabatlaridagi asosiy muammolar O‘zaro munosabatlarning keskinlashuvi


Download 49.78 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi49.78 Kb.
#1771932
Bog'liq
Arab-Isroil urushi


Arab-Isroil urushi
Reja

  1. «Asr urushi». Arab-Isroil munosabatlaridagi asosiy muammolar

  2. O‘zaro munosabatlarning keskinlashuvi

  3. Ayni paytdagi vaziyat

  4. Muqaddas manbalar shahodati

  5. O`zaro munosabatlarning keskinlashuvi

Xulosa

«Asr urushi». Arab-Isroil munosabatlaridagi asosiy muammolar


100 yildan ortiq vaqt davomida yahudiylar va arablar bir-biri bilan qonli urushlar olib bormoqda. Ular nega bir-birini buncha yomon ko‘rishadi? Nima uchun butun dunyo bu nizoning barchani qanoatlantiradigan yechimini topolmaydi?



Foto: AR/TASS
O‘tgan yillar davomida o‘n minglab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan Arab-Isroil urushi goh susayib, goh avj oladi, ammo hech qachon butkul to‘xtamaydi.
BMT, dunyoning global lider davlatlari har doimgidek bu holatdan tashvishda ekanligini bildiradi, maslahatlashuvlar o‘tkazadi, ammo Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga barham berilmaydi.
Ular nega bir-birlarini bunchalik yomon ko‘rishadi? Nima uchun butun dunyo bu nizoning barchani qanoatlantiradigan yechimini topolmaydi?
O‘zaro munosabatlarning keskinlashuvi
Arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi aloqalarning jiddiy keskinlashuv tarixi 1947 yilning 29 noyabr sanasiga borib taqaladi. BMTning maxsus qo‘mitasi Falastinda ikki davlat: ham arab, ham yahudiy davlatini tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi. 1948 yilning 14 may sanasida mustaqil Isroil davlati tashkil topgani e'lon qilindi, ammo Falastin arab davlati tuzilmay qoldi. Natijada bir qancha arab davlatlari Isroilga qarshi urush ochadi. Aynan shu voqealar fonida hozirga qadar hal qilinmay kelinayotgan arab–yahudiy nizosi yuzaga keladi. O‘tgan 70 yildan oshiq vaqt davomida olib borilgan urushlar, muzokaralarning hech qaysisi to‘laligicha tinchlik tiklanishiga olib kelmadi.
Quyida bugungi Arab-Isroil munosabatlarida urush va ixtiloflarga sabab bo‘layotgan asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi.
Birinchi muammo: Quddusni kim nazorat qilishi
Tarixiy jihatdan musulmonlar uchun ham, yahudiylar uchun ham muhim bo‘lgan Quddus shahri maqomi Isroil va Falastin o‘rtasidagi barcha muzokaralarda o‘tib bo‘lmas to‘siq bo‘lib qolmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni o‘zining yagona va bo‘linmas poytaxti deb e'lon qilgan. Jahon hamjamiyati esa bu qarorni noqonuniy deb hisoblashga chaqirib keladi. Ayniqsa, bu masala Donald Trampning prezidentligi davrida yanada keskinlashdi. Dastlab Trampning Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishga qaror qilgani ommaviy namoyishlar va o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik u Isroilning poytaxti «bo‘linmas» Quddus shahrida bo‘lishini taqozo etadigan, shuningdek, Falastin davlatining poytaxti ham sharqiy Quddusning sharqiy qismida bo‘lishini ko‘zda tutuvchi o‘zining «Asr kelishuv»ini taklif qildi, ammo Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos «Quddus sotilmasligi»ni hamda Tramp va Netanyahuning kelishuvi Falastin xalqi «tarixning chiqindi chelagiga uloqtirishi»ni ta'kidlagan.
Bu boradagi Isroil bilan nizoni hal qilish borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgacha» bo‘lgan chegaralarga qaytishni talab qilib keladi. Muammo shundaki, 1967 yilgacha Quddus to‘laligicha Isroilga tegishli bo‘lmagan.
Masalaning juda ham nozik jihat hisoblanmish diniy taomillarga borib taqalishi doimiy muzokaralar jarayonlarini boshi berk ko‘chaga olib kiradi
Ikkinchi muammo: Falastinlik qochqinlar
Falastinlik qochqinlar 1948 yilgi arab-isroil mojarosi va 1967 yilgi «olti kunlik urush» natijasida uyidan va tirikchilik vositalaridan ayrilgan odamlardir. Isroil tashkil topgandan keyin qochib ketgan yoki Isroildan chiqarib yuborilgan falastinliklar soni 1949 yilda 711 ming kishini tashkil etgan. 1967 yilgi Arab-Isroil urushi paytida esa 350 mingdan 400 minggacha falastinliklar ko‘chirilgan. Qochqinlarning uchdan bir qismi Iordaniya, Livan, Suriya va G‘azo sektoridagi tan olingan qochqinlar lagerlarida, qolganlari esa ushbu mezbon mamlakatlarning shaharlari va qishloqlarida yashaydi.
BMT rezolyutsiyasiga ko‘ra, Isroil arab qochoqlariga uylariga qaytishga ruxsat berishi yoki ularga tovon to‘lashi kerak. Arablarning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodlari ham qochoqlar hisoblanishadi va mos ravishda, ularning soni ayni paytda 5 milliondan ortiq. Arablar Falastin hududiga emas, aynan Isroilga, kindik qoni to‘kilgan vatanlariga qaytish huquqlarini talab qilishmoqda.
Isroil bundan bosh tortyapti va kelajakda ham bunga ko‘nishiga ishonish qiyin.
Uchinchi muammo: Suv resurslaridan foydalanish
Yaqin Sharqda suv resurslari katta siyosiy ahamiyatga ega. Isroil foydalanadigan suvining katta qismini ikki o‘rtada tortilgan «Yashil chiziq» ostidagi ikkita katta yer osti suv qatlamlaridan olgani sababli, bu suvdan foydalanish Isroil-Falastin mojarosida munozarali bo‘lib kelgan. Isroilning ushbu hududlardan ko‘p miqdordagi suvni tortib olishi falastinlik arablarning katta e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, Isroilga Iordan daryosi tizimidan foydalanish imkoniyati berilgan, falastinliklar esa bunday huquqqa ega emas.
G‘azo sektorida aholining juda zich yashashi (bir kvadrat kilometrga 5800 kishidan ko‘proq) va aholi soni ortib borish tendensiyasining yildan yilga oshishi hisobga olinsa, toza ichimlik suvi bo‘yicha muammoli vaziyatlarning yanada keskinlashuvini kutish mumkin.
To‘rtinchi muammo: Quddusni «yahudiylashtirish» tomon intilish
So‘nggi bir necha yildan beri Isroil hukumati 1967 yildan keyin BMT tomonidan arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida aholi maskanlarini qura boshladi. Falastinliklar bu maskanlarni noqonuniy deb hisoblashadi – ularning aholisi tez-tez terakt va hujumlar qurboniga aylanishadi. Ammo diniy mutaassiblar bu yerda yashash orqali muqaddas yerni Isroilga qaytarishni o‘zlarining burchi deb bilishadi. Qurilish tobora kengayib, falastinliklarni tashvishga solmoqda va g‘arbiy qirg‘oqning Falastinga qaytarilish ehtimolini qiyinlashtirmoqda.
Ayni paytdagi voqealarni keltirib chiqargan omillardan biri ham ba'zi falastinlik oilalarning Isroil istilosi ostidagi Falastin yerlari hisoblanuvchi Sharqiy Quddusning eski shahar devorlari tashqarisida joylashgan Shayx Jarroh mahallasidagi yerlari va uylaridan chiqarib yuborilish tahdidi hisoblanadi.
Ayni paytdagi vaziyat
Isroil va G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari o‘rtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boshlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qo‘yib, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi hududlar va Shayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuchlarini olib chiqishni talab qilib, yo‘qsa urush boshlash bilan tahdid qilgan.
Bundan avvalroq ushbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Ularning boshlanishiga Isroilning Shayx Jarrohdan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan. HAMAS o‘z talabi bajarilmagach, Isroilga raketalar bilan zarba berishni boshlagan. O‘tgan davr ichida G‘azodan Isroil tomon 2 mingtaga yaqin raketa otilgan. Zarbalar davomida Isroilda 9 kishi halok bo‘lgan. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, HAMAS va «Islom jihodi»ning G‘azodagi obektlariga zarba bera boshlagan. Falastin tomonining xabar berishicha, hujum oqibatida G‘azoda 120ga yaqin kishi, jumladan, 29 nafar bola halok bo‘lgan. G‘azo sektori bilan ixtilof ortida Isroilning o‘zida ham vaziyat keskin tus oldi. Hozirda mamlakatning ko‘plab shaharlarida arablar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.
Ayni paytda Isroil Misr tomonidan taklif etilayotgan harbiy operatsiyalarni to‘xtatish haqidagi takliflarni rad etgan.

O`tgan yillar davomida o`n minglab insonlarning qurbon bo`lishiga olib kelgan Arab-Isroil mojarosi bugun yana dunyo hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Jahonning etakchi davlatlari, xalqaro tashkilotlar bir necha bor bu masalaga aralashishgan bo`lsa-da, tashqi ta`sirlar bu ziddiyatni faqat kuchaytirishga xizmat qilyapti, xolos. Xo`sh, bu mojaroning markazi, ildizi qaerda? Nima uchun butun dunyo bu nizoning barchani qanoatlantiradigan echimini topolmaydi?
Muqaddas manbalar shahodati
“Qur`oni karim”, “Injil”, “Tavrot” singari samoviy kitoblarda arablar va yahudiylar bitta otadan – Ibrohim (a.s.)dan tarqalgani zikr qilingan. Rivoyatlarga ko`ra, Ibrohim (a.s.) keksayib qolganlariga qaramasdan ayollari Sora (s.a.)dan farzandlari yo`q edi. Ul zot Hojar ismli joriyani o`z uylariga olib kelganlaridan so`ng, undan katta farzand Ismoil (a.s.) tug`iladi.
Ibrohim (a.s) bu o`g`iliga qattiq mehr qo`yganlari sababli Alloh undagi otalik mehri va bandalik sadoqatini sinovdan o`tkazish maqsadida Ismoil (a.s.)ni qurbonlik qilishga amr qiladi. Faqat so`nggi lahzada jannatdan keltirilgan qo`chqor Ismoil (a.s.)ning hayotini saqlab qoladi.
Ibrohim (a.s.) va Sora (s.a.) keksayib qolgan paytlarida Yaratganning izni ila ular yana farzandli bo`lishadi. Sora (s.a.)dan tug`ilgan o`g`ilga Ishoq deb ism qo`yishadi. Chaqaloq tug`ilganda Ibrohim (a.s.) o`n ming yulduz yangi tug`ilgan go`dakning poyiga sajda qilayotganini ko`radilar. Bu Ishoq (a.s.) avlodidan minglab payg`ambarlar tug`ilishidan dalolat berardi.
Bundan sevingan Ibrohim (a.s.) “ey Robbim, kichik o`g`limga shuncha ulug` sharaf nasib etarkan, katta o`g`limga nima berding?” deb munojot qiladilar. Shunda g`oyibdan “katta o`g`ling naslidan boshqa barcha payg`ambarlardan ham afzal bo`lgan eng so`nggi nabiy dunyoga keladi” degan vahy keladi.
Darhaqiqat, Ibrohim (a.s.)dan to Muhammad (s.a.v)ga qadar o`tgan davr mobaynida tug`ilgan barcha payg`ambarlar Ishoq (a.s.) dan dunyoga keladi. “Isroil” ham aslida Ishoq (a.s.)ning farzandi Ya`qub (a.s.)ning laqabi edi. Shu bois arablar orasida yahudiylarga nisbatan “Bani Isroil” ya`ni Isroil avlodlari degan atama paydo bo`ldi. Ko`pgina islom ulamolari asrlar bo`yi davom etib kelayotgan arab-Isroil mojarosi, to`g`rirog`i yahudiylarning musulmonlarga nisbatan adovatiga eng so`nggi payg`ambarning aynan Ismoil (a.s.) avlodidan tug`ilganiga sabab qilib ko`rsatishadi.
O`zaro munosabatlarning keskinlashuvi
Ma`lumki, bugun olov ichida qolgan Yaqin Sharq mintaqasida bir paytlar qadimgi Yahudiylar davlati mavjud bo`lgan, ota-bola payg`ambarlar – Dovud (a.s.) va Sulaymon (a.s.) davrida bu davlat ancha taraqqiy etgan. Milodning birinchi yilida nasroniylik dinining asoschisi, Iso Masih (a.s.) ham aynan shu tuproqda tavallud topganlar va shu erda dafn qilinganlar. Shu sababli nasroniylar uchun ham bu zaminning ahamiyati beqiyos.
Muqaddas kitoblarimizda payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) taxminan milodiy 619 yilda Me`rojga ko`tarilganlari, bir kechada samoviy Buroq otida Makkadan Quddusga borganlari va u erdagi Masjidul-Aqsoni ziyorat qilganlari zikr qilingan. Shu bois, bu shahar islom tarixida ham eng muqaddas maskanlardan biri sanaladi.
Xulafoi roshidiyndan so`ng Falastin hududi umaviylar, abbosiylar, ayyubiylar, mamluklar va usmoniylar davrida oradagi ayrim tanaffuslarni hisobga olmaganda bugungi Isroil hududi asosan musulmon sulolalari tomonidan boshqarilgan.
Birinchi Jahon urushi yakuniga ko`ra bugungi Isroil (Falastin) hududida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Artur Balfur tashabbusi bilan Britaniya mandati e`lon qilinadi. Arab davlatlari va Isroil o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi 1947 yilning 29 noyabr sanasiga borib taqaladi. BMTning maxsus qo`mitasi Falastinda ham arab, ham yahudiy davlatini tuzish bo`yicha qaror qabul qildi. 1948 yilning 14 may sanasida mustaqil Isroil davlati tashkil topgani e`lon qilindi, ammo Falastin arab davlati tuzilmadi.
Natijada bir qancha arab davlatlari Isroilga qarshi urush ochadi. Aynan shu voqealar fonida hozirga qadar hal qilinmay kelinayotgan arab–yahudiy nizosi yuzaga keladi. O`tgan 75 yildan oshiq vaqt davomida olib borilgan urushlar, muzokaralarning hech qaysisi tinchlikning to`laligicha tiklanishiga olib kelmadi.
Quddusni kim nazorat qiladi?
Tarixiy jihatdan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun birdek muhim bo`lgan Quddus shahri maqomi Isroil va Falastin o`rtasidagi barcha muzokaralarda o`tib bo`lmas to`siq bo`lib qolmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni o`zining yagona va bo`linmas poytaxti deb e`lon qilgan. Jahon hamjamiyati esa bu qarorni noqonuniy deb hisoblashga chaqirib keladi.
Ayniqsa, bu masala Donald Trampning prezidentligi davrida yanada keskinlashdi. Dastlab Trampning Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko`chirishga qaror qilgani ommaviy namoyishlar va o`nlab kishilarning o`limiga sabab bo`ldi. Keyinchalik u Isroilning poytaxti «bo`linmas» Quddus shahrida bo`lishini taqozo etadigan, shuningdek, Falastin davlatining poytaxti ham sharqiy Quddusning sharqiy qismida bo`lishini ko`zda tutuvchi «Asr kelishuv»ini taklif qildi, ammo Falastin milliy ma`muriyati «Quddus sotilmasligi»ni hamda Tramp va Netanyahuning kelishuvi Falastin xalqini «tarixning chiqindi chelagiga uloqtirishi»ni ta`kidlagan. Ayni paytga qadar o`nlab mamlakatlar Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan oldi va elchixonalarini Tel-Avivdan ushbu shaharga ko`chirdi.
1967 yil, iyun, Falastin. "Olti kunlik urush".
Bu boradagi Isroil bilan nizoni hal qilish borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgacha» bo`lgan chegaralarga qaytishni talab qilib keladi. Muammo shundaki, 1967 yilgacha Quddus to`laligicha Isroilga tegishli bo`lmagan.
Isroil tashkil topgandan keyin qochib ketgan yoki Isroildan chiqarib yuborilgan falastinliklar soni 1949 yilda 711 ming kishini tashkil etgan. 1967 yilgi Arab-Isroil urushi paytida esa 350 mingdan 400 minggacha falastinliklar ko`chirilgan. Qochqinlarning uchdan bir qismi Iordaniya, Livan, Suriya va G`azo sektoridagi tan olingan qochqinlar lagerlarida, qolganlari esa ushbu mezbon mamlakatlarning shaharlari va qishloqlarida yashaydi.
BMT rezolyusiyasiga ko`ra, Isroil arab qochoqlariga uylariga qaytishga ruxsat berishi yoki ularga tovon to`lashi kerak. Arablarning to`g`ridan to`g`ri avlodlari ham qochoqlar hisoblanishadi va mos ravishda, ularning soni ayni paytda 5 milliondan ortiq. Arablar Falastin hududiga emas, aynan Isroilga, kindik qoni to`kilgan vatanlariga qaytish huquqlarini talab qilishmoqda.
Yaqin Sharqda suv resurslari katta siyosiy ahamiyatga ega. Isroil foydalanadigan suvining katta qismini ikki o`rtada tortilgan «Yashil chiziq» ostidagi ikkita katta er osti suv qatlamlaridan olgani sababli, bu suvdan foydalanish Isroil-Falastin mojarosida munozarali bo`lib kelgan. Isroilning ushbu hududlardan ko`p miqdordagi suvni tortib olishi falastinlik arablarning katta e`tiroziga sabab bo`lmoqda. Bundan tashqari, Isroilga Iordan daryosi tizimidan foydalanish imkoniyati berilgan, falastinliklar esa bunday huquqqa ega emas.
G`azo sektorida aholining juda zich yashashi (bir kvadrat kilometrga 5800 kishidan ko`proq) va aholi soni ortib borish tendensiyasining yildan yilga oshishi hisobga olinsa, toza ichimlik suvi bo`yicha muammoli vaziyatlarning yanada keskinlashuvini kutish mumkin.
Bugun nimalar bo`lmoqda?
Xabaringiz bor, 2023 yil 7 oktyabr tongida G`azo sektorini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati Isroilga hujum uyushtirdi. Guruh vakillari Isroil shaharlari bo`ylab besh mingdan ortiq raketa uchirilganini ma`lum qilgan. Bundan tashqari, HAMASning qurollangan guruhlari Isroilning G`azo bilan chegaradagi aholi yashash manzillariga kirib, tinch aholi vakillari va harbiy xizmatchilarni garovga olgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat urush holatida ekanini ma`lum qilgan. Isroil aviasiyasi G`azo sektori bo`ylab hujum boshlab, HAMASning harbiy ob`ektlari sifatida ko`p qavatli binolarni nishonga oldi. Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) HAMASning G`azo sektoridagi 400 dan ortiq ob`ektlariga hujum qilganini ma`lum qilgan.
Livanning «Hizbulloh» guruhi 8 oktyabrga o`tar kechasi HAMASning harakatlari bilan «birdamlik ramzi» sifatida Isroil hududini o`qqa tutdi. Bunga javoban Isroil armiyasi Livan bo`ylab artilleriya zarbalari yo`lladi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 8 oktyabrga o`tar kechasi «Isroil hududiga kirib kelgan jangarilarning katta qismi o`ldirilgani», Isroil esa o`z yurish amaliyotini «HAMASning imkoniyatlari to`liq yo`q qilinmaguniga qadar» davom ettirishini bildirdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ayni damga qadar Isroilda kamida 600 kishi halok bo`lib, 2 mingdan ortiq kishi yaralangan, 750 kishi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. HAMAS 7 oktyabr kuni Isroil hududida 35 dan ortiq kishi — tinch aholi vakillari va harbiylar garovga olinganini ma`lum qilgan. O`z navbatida, G`azo sektorida Isroilning javob zarbalaridan keyin kamida 370 kishi, jumladan bolalar halok bo`lgan, 2000 ga yaqin kishi jarohatlangan. G`azodagi 20 ming atrofidagi kishi otishmalar tufayli o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan.
Endi nima bo`ladi?
Isroil-Falastin munosabatlarida muammolar juda ko`p va har ikki tomon ham ularni birgalikda hal qilishni xohlamaydi. Quddus maqomi to`g`risidagi to`qnashuvlar va diniy nizolar aslida to`qnashuvlarni yuzaga keltirish uchun bir bahonadek ko`rinadi go`yo. Isroil uchun o`z davlatining hududini arablar yashaydigan hududlar hisobiga kengaytirish muammosi juda muhim. Falastinlik arablar uchun esa tirik qolish masalasi kun tartibidagi asosiy mavzu hisoblanadi.
So`nggi damlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana avj olgan xunrezlik to`g`risida bir-biriga zid qarashlar, fikrlar, mulohazalar ilgari surilmoqda. Kimdir falastinlik musulmonlar tomonidan ekanini aytib, iIsroilga yo`llangan zarbalardan xursandligini bildirsa, yana kimdir yosh bolalarning, ayollarning garovga olinishi, o`ldirilishi ulkan razolat ekanini aytib bong urayotir.
Albatta, har kim o`z fikrnini erkin bayon etish huquqiga ega. Arab-Isroil mojarosiga uning tarixidan etarlicha xabardor bo`lmasdan turib, bir tomonlama xulosa chiqiarish to`g`ri emas, bizningcha! Har qalay, bugungi kunda yuz minglab aholi bu fojialardan aziyat chekishi, har yili yuzlab qurbonlar berilishiga loqayd qarab bo`lmaydi. Bu mojaro borada nafaqat Falastin va Isroil, balki tashqi kuchlarning ham murosasizligi tufayli echim topmay kelmoqda. Jabrini esa, nafaqat oddiy musulmonlar, balki yahudiylar ham tortib kelayotir.

Isroil va Falastin hududi xaritada (1946-2006)
Aslida, zulm har qanday dinda qoralanadi. Razolatning, jaholatning mazhabi, millati bo`lmaydi. Hech bir inson faqat diniy yoki milliy mansubiyati tufayligina ta`qib etilishi, jazolanishi, o`ldirilishi bugungi kun me`yorlariga aslo to`g`ri kelmaydi.
Xoh arab bo`lsin, xoh yahudiy - hech bir begunoh bandaning qoni to`kilishini, tinch aholi vakillarining garovga olinishi, tahqirlanishini aslo oqlab bo`lmaydi. Bu eski mojaro nega birdan yana avj nuqtaga etganini esa, har kim har xil talqin etmoqda. Ammo, shu bilan birga bu xatti-harakatlarni kim, nima uchun boshlaganidan qat`i nazar, harbiy to`qnashuvlarda falastinliklar bir necha barobar ko`proq talafot ko`rishi, Isroil hukumatining qasosi uzoq kuttirmasligini taxmin qilish qiyin emas. Chunki, o`tmishdagi voqealar shunday xulosa chiqarishga undamoqda.
Biz esa, Yaratgandan bu qadimiy mintaqada tinchlik va barqarorlik hukm surishini, minglab qochoqlar, muhojirlar o`z yurtiga qaytishi, xunrezlik va adovat barham topishini istaymiz. Alloh mazlumlarni himoya, zolimlarga esa kifoya qilsin!

Xulosa
Isroil-Falastin munosabatlarida muammolar juda ko‘p va har ikki tomon ham ularni birgalikda hal qilishni xohlamaydi. Quddus maqomi to‘g‘risidagi to‘qnashuvlar va diniy nizolar aslida to‘qnashuvlarni yuzaga keltirish uchun bir bahonadek ko‘rinadi go‘yo. Isroil uchun o‘z davlatining hududini arablar yashaydigan hududlar hisobiga kengaytirish masalasi juda muhim. Falastinlik arablar uchun esa tirik qolish masalasi kun tartibidagi asosiy mavzu hisoblanadi. Har tomondan siqib olingan arab mamlakatining istalgan paytda doimiy mojaro zonasiga aylanish xavfi mavjud. Bu yerda resurslar uchun muttasil kelishmovchiliklar yuzaga keladi, chunki suv va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmaydi. Bunday vaziyat esa keng miqyosli urush va yangi ixtiloflar istalgan paytda yuzaga kelishiga zamin yaratadi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон маънфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йилигига бағишланган тантанали маросимидаги маърузаси. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
5. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011.
6. Каримов И.А. Тарихий хотира ва инсон омили – буюк келажагимиз гаровидир. Халқ сўзи. 2012, 10 май.
7. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. - Тошкент: Ўзбекистон. 2015.
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т.. «Шарқ», 2001.
9. Муртозаева Р.Х. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. - Т.: Янги аср авлоди, 2005 (лотин алифбосида)
10. Муртозаева Р.Х. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. – Т.: Академия, 2010
11. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошварув тарихи. Дарслик. –Т.: Янги аср авлоди, 2012
12. Эшов Б., Одилов А. Ўзбекистон тарихи. I жилд. Энг қадимги даврдан XIX аср ўрталаригача. Дарслик. Т.: Янги аср авлоди, 2014
13. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. II жилд. Муаллифлар жамоаси. Т.: Янги аср авлоди, 2015Ўзбекистон тарихи (1917-1991йй) 2-жилд. Масъул муҳаррир: Қ.Ражабов. Т.: Ўзбекистон 2019
14. Эргашев Қ. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. Т.: Шарқ. 2015
15. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб: Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Т., «Шарқ». 2000.
16. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Т„ «Шарқ». 2000. 17. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., «Шарқ», 2000.
Download 49.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling