Assalom alaykum


Download 175.68 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi175.68 Kb.
#1242075
Bog'liq
Guruntlarning mexanik xossalalri

MAVZU:Guruntlarning mexanik xossalari Bajardi: Toxliyev M. Qabul qildi:


Grunt suvlari — yer yuzasidan pastda, birinchi suvli togʻ jinslari gʻovaklarida yigʻilgan suv. Grunt suvlaroʻzidan suv oʻtkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boʻladi. Bu qatlam giltuproq, yaxlit ohaktosh, otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat boʻlishi mumkin. Grunt suvlaryer yuzasidan kanal, daryo, yogʻin suvlari, atmosferadagi suv bugʻlarining (quyuqlashganidan keyin) togʻ jinslari gʻovaklaridan pastga tushib, suv oʻtkazmaydigan qatlamda yigʻilishidan paydo boʻladi. Ularning joylanishi chuqurligi suv oʻtkazmaydigan qatlamning yotish holati va suvli togʻ jinslari qatlamiga bogʻliq. Grunt suvlaryer yuziga yaqin birinchi gʻovak qatlamda joylashadi va shuning uchun uning sathi, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari yerning ustki qismidagi tabiiy (havo harorati, yogʻinning turi va miqdori, tabiiy suv havzalarining yer yuzasiga yaqin-uzoqligi) va sunʼiy (suv omborlari, sugʻorish inshootlari, kanalizatsiya va h. k.) sabablarga koʻra oʻzgarib turadi. G.s. daryo vodiilaridagi allyuvial yotqiziqlar (qum, qumtuproq, shagʻal) hamda muzliklarning surilishi natijasida yotqizilgan togʻ jinslari va sahrolardagi dyun yotqiziqlari gʻovaklarini toʻldirib turadi. Shahar va sanoatni toza suv bilan taʼminlashda G. s goho asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston hududida Gurnt suvlarining paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qidirish hamda ishlatish uslublari Gʻ. O. Mavlonov, O. K. Lange, N. A. Kenesarin, U. M. Ahmedsafin va b. tomonidan ishlab chiqilgan. 
 1-suv o‘tkazuvchi qatlam, 2-suvli qatlam, 3-suv o‘tkazmaydigan qatlam. Ko‘pincha artezian havzalarining kattaligi bir necha yuz va hatto ming kvadrat kilometrga boradi. Artezian suvlari va artezian havzasi atamalari Fransiyadagi Artuz viloyatining nomidan kelib chiqqan. Bu vilolyatning qadimiy nomi Arteziya boigan ekan. Shu yerda 1126-yilda kovlangan quduqdan suv katta bosim bilan otilib chiqqan. Shunday buyon yer ostidan bosim kuchi bilan otilib chiqadigan va suv olish uchun kovlangan quduqlar artezian quduqlari deb atala boshlandi.
Yer osti suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdoriga qarab uch gu­ ruhga bolinadi: - chuchuk suvlar (bir litrida bir grammgacha erigan tuzlar); - sho‘r suvlar (bir litrida 1 g dan 50 g gacha erigan tuzlar); - o ‘ta sho‘r suvlar (bir litrida 50 g dan ko‘p erigan tuzlar). K o‘pgina yer osti suvlarining tarkibida inson sog’lig’i uchun foydali bo’lgan ba’zi tuzlar, gazlar va organik birikmalar ham uchraydi. Bunday suvlar shifobaxsh suvlardir. Masalan, vodorod sulfidli, karbonat angidridli, yod-bromli, radonli va boshqa xil suvlar shunday shifobaxsh xususiyatga ega. Namlikning tuproq tarkibiga o‘tishi shimilish infiltratsiya jarayoni natijasida ro‘y beradi. Atmosfera yog‘inlaridan hosij b oigan suv quruq tuproqqa tushib, dastlab kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning yuza qismida shimiladi. Sekin-asta juda kichik bo‘shliqlar tolib boradi. Ular toiganidan so‘ng og‘irlik kuchi natijasida quyi tomon harakat qiladi. Bu laminar rejimli harakat boiadi. Yuqorida aytilganidek, tuproq va gruntlarda nisbatan yirik bo‘shliq va yoriqlar boiadi. Suv ular orqali turbulent rejimli harakat ko‘rinishida chuqur qatlamlarga o‘tishi mumkin. Bujarayon inflyuatsiya deyiladi.

Yer osti suvlarining sathi, harorati, kimyoviy tarkibi va minerallashuv darajasining vaqt bo‘yicha o ‘zgarishi umumiy nom bilan yer osti suvlarining rejimi deyiladi. Yer osti suvlarining rejimini xarak- terlovchi elementlar orasida eng tez o ‘zgaruvchanlari uning sathi va haroratidir. Yer osti suvlarida xuddi yerusti suvlaridagidek suv sathi- ning yillik, fasliy va hatto kunlik tebranishlari kuzatiladi.


Download 175.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling