"Assalom Navro’z" 1-boshlovchi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506792
1   2   3
Bog'liq
navro\'z senariy

Feruza “bahor” muzikasi 
1-boshlovchi: navro’z bayramining o’zgacha o’tishining sabablaridan biri uning milliy taomi 
sumalakdir. Menimcha sumalakni hamma mendek juda yoqtiradi va uning paydo bo’lish 
tarixidan ko’pchilikning xabari bor. Aynan manashu tarixni hozir qayta gavdalantirishni niyat 
qilganmiz. Marhamat sumalat tarixi sahnaviy ko’rinishi. … 


Sahna ko’rinish “sumalak tarixi” 
2--boshlovchi: tadbir dastavvalida milliycha dasturlarimiz borligini takidlab o’tgan edik. Navbat 
anashu dasturlarimizga ham yetib keldi. (Chiqishlar davomiyligini bizga malum bo’lgan “grand” 
jamoasining yangilangan tarkib va rejasi bilan olib boramiz.) Dasturimiz doirasi o’z ichiga 
quyidagi: o’zaro bellashuvlar, sabzi to’g’rash va galstuk bog’lash ______________________ 
kabilarni olgan. Marhamat bellashuvchilarimizni taklif qilamiz.
……………………………………………… 
………………………………………………………………………………………. 
……………………………………………………………………………………… 
(Chiqishlar davomiyligini bizga malum bo’lgan “grand” jamoasining yangilangan tarkib va 
rejasi bilan olib boramiz.) Ana endi yanayam bir sho’xrog’i bilan davom ettiramiz. Diqqat 
markazimizda o’sha mashhur o’yinimiz “kim oladiyo shuguninani yo”. Qani yigitlar boshladikk. 
1-boshlovchi: o’zlarining raqs davomiyliklari bilan bugun 8-maktab o’quvchilari juda faol. Hozir 
yuraklari o’t bo’lib sahna tomon startda turishibdi. Ajoyib ijodlariga yana bir bor baho berish 
imkoniyatimiz bor. Ko’p kuttirmagan holda navbatni raqsga beramiz.
1-sinflar raqsi 
1--boshlovchi:
Navro’z bilan keladi shodlik 
Navro’z bilan elda obodlik 
2-boshlovchi:
Navro’z kelsa gullaydi bog’lar 
Navro’z kelgach yashnaydi tog’lar. 
1-2-boshlovchilar: boshlovchiligimizda odatga aylanib ulgurgan bir taomil bor. Hozir o’shani 
davom ettirsak nima deysiz? -sizni tushundim. xop kelishdik. Qani unda boshladik! 
Poyi qadamlari qutlug’ mehmonim 
Navro’zing muborak O’zbekistonim! 
Kelinglar azizlar har birimiz xalqimizni eng go’zal va eng ulug’ ayyomi Navro’zi olam bilan 
qutlab, dasturimizga yakun yasaymiz. Ajratilgan vaqt va chiqishlarimiz nihoyasiga yetdi. Va 
yakunlovchi so’z navbatini ___________________ ga beramiz. 


Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, 
Navroʻzning shakllanish davri – eng qadimgi zamonlardan „ 
zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga 
olgan ekan. O’zbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy 
”qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida quyosh yili hisobida 
yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi to’g’risida so’zlab: “bu 
oyning birinchi kuni Navro’zdir,-deydi. – navro’z yilning birinchi kuni 
bo’lib, uning forscha nomi ham shu manoni anglatadi” Navro’z so’zi 
fors-tojik tilidan olingan bo’lib “Yangi kun” degan ma’noni bildiradi. 
Navro’z eronliklar “zij”lari bo’yicha o’tmish zamonjlarda, ular yillarini 
kabisali qilgan vaqtlarida quyoshning saraton burjiga paytiga to’g’ri 
kelar edi. Sho’ngra u orqali surilgach, bahorga keladigan bo’ldi. Endi u 
butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, yani bahor yomg’irlarining 
birinchi tomchisi tushishidan gular ochilguncha, daraxtlar gullashidan 
mevalari yetilguncha, o’simliklar unib chiqa boshlashdan 
takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun navro’z 
olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan” deya izohlaydi.
Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi 
boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-
qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni 
taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan. 
Navroʻz shimoliy yarimsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-
kunduz tenglashgan kunda (martning 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. 
Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan 
bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi 
yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab 
o’zbekiston, ozarbayjon, eron, afg’oniston, tojikiston va yana koʻplab 
sharqiy oʻlkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan 
qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy 
taqvimning dastlabki birinchi kuni hisoblanadi. 2009-yil 30-
sentyabda Navro’z UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros 
roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT bosh 
assambliyasining 64-sessiyasida 21-mart „Xalqaro Navroʻz Kuni“ deb 
eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram xalqlar oʻrtasida keng koʻlamda 
davom etib kelmoqda. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling