Assalom ona yurt tonglar o’lkasi
Download 54 Kb.
|
8-mart tadbir
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi Ommaviy tadbir ishlanmasi Mavzu: _______________________________________________________ Toshkent viloyati Piskent tumani –UO’TM -sinf Bajardi: TVCHDPU 4-kurs MUT 18/2 guruh talabasi G.Ergashboyeva Qabul qildi: M.S.Muhitdinova, TVCHDPU Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Assalom ona yurt tonglar o’lkasi Ta’rif – tavsifingning yo’q nihoyasi Senga bag’ishlanar muqaddas qo’shiq Bu o’zbek elining o’z madhiyasi (Madhiya yangraydi) Istiqlol bunchalar go’zal bu noming Non kabi e’zozli jondek shirin bol. Yer shari yo’lladi otash saloming Assalom o’zbegim , qutlug’ istiqlol. -Assalom maktabim , muqaddas dargoh Assalom ustozlar kasb-kori saboq Assalom , mezbonlar , mehmonlar shu choq Sinfdoshim hayotga ishonch bilan boq. -Inson ko’rki o’chmas bu kalom Katta-kichik so’zidir mudom Turli tilda turfa jaranglar Bizning tilda salom assalom! Onalarning oyog’i ostidadir Ravzai, jannatu, jinon bog’I Ravza bog’I visolin istar ersang Bo’l onaning oyog’in tufrog’i A.Navoiy - Ona muqaddas! Ona aziz va mo’tabar. Ona go’zallik, donolik timsoli ona hayot chashmasi… - Ana shu chashmadan farzandlar butun ezgulikni , oliyjanoblikni , insoniylikni simirib , yetuk inson bo’lib shakllanadilar. Asrlar oshsa-da, ona mehri, sadoqati o’zgarmaydi, sayqallanib boraveradi. -Assalomu alaykum mehribon onajonlar, aziz ustozlar va qadrli bolajonlar. Barchamizni o’lkamizni yoshartiribqalblariga quvonchhadya etib kelayotgan yosharish fasli bo’lmish – bahor hamda 8- mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman Sizlarga sog’liq, salomatlik tilaymiz. Gulgun chehrangizdan tabassum arimasin. Qalbingiz doimo shodlikka, quvonchga to’la bpo’lsin. Man hozir bizning o’quvchilar tayyorlab kelgan “Kelajakni kaftida tutar ayollar” deb nomlangan kechamizning sevimli mehmoni va tomoshabini bo’ling . Marhamat. -Nur sochadi falakda quyosh Qalbimda bir tuganmas otash Topolmagan o’zga bir sizdosh Mehribonim bu mening onam Izlariga boshimni uray Poylariga ko’zimni suray Kipriklarimda ko’tarib yuray Bor davlatim bu mening onam Kecha –kunduz baxtimni bilar Kelajakdan taxtimni tilar Sochlarimni erkalab silar Munisginam bu mening onam. Betob bo’lib qolganda jonim Parvonadir tepamda doim Bu dunyoda topganim borim Mehribonim bu mening onam Qo’shiq “Jonim onajom” -Yurakdagi so’zim ilhomim Menga aziz jonim onajon Sharaflaydi go’zal ayyoming Davring sening jonim onajon Bag’ishlading jonimga huzur Bera olding ko’zlarimga nur Derding bolam doim to’g’ri yur So’zing dilda doim onajon Gullar olib kelay qo’shingga Bulbul bo’lib qo’nay boshingga Bosib o’tgan aziz yo’lingga Gulbahorim jonim onajon. Raqs.”Xorazmcha” “Onajonim” Dunyo yuzini ilk bora ko’rgan bolaga vatan muqaddasligini , insoniylik, mehr- muhabbat, halollik fazilatlarini kim singdiradi? Albatta , ona . U yurak tubining mehr deb atalmish burchagidan o’z farzandiga bu buyuk fazilatlarni o’z allasi orqali yetkazadi.Alla eshitib tarbiya topgan farzanddan yomonlik chiqmaydi deyishadi ulug’lar. “Alla” Monolog “Ona” -Mehr berding unga Qalbi to’lguncha Kechalar tinmaydi Uyqu bo’lmaydi Farzandi kulmasa U ham kulmaydi Mehr bersang vaqtida Hech ham so’nmaydi Ular kimdir so’zla. Albatta , ona. Farzand qobil bo’lsa Balanddir boshi Duosidan erur Tog’larning toshi Javobsiz qolmaydi Aslo ko’z yoshi . Ular kimdir so’yla Albatta , ona. Qbriga marmardan Haykal qo’yguncha Tirigida mehr ber Qalbi to’lguncha Afssda ketmasin Toki o’lguncha G’animat kim o’yla Albatta , ona. Duolarga tilaklar Raqs “Andijon polkasi” Qo’shiq aytsam onajon qo’shig’i Ko’rinish Ayol muqaddas, ayol bebaho, uni kamsitishga , haqoratlashga uni ezishga yo’l qo’yilgan davrlar o’tib ketdi. Mingboshi 4- martta uylandi. Sultonxonning o’rnini Zebixon egalladi. Bunga chidash bermagan Poshshaxon Zebini qanday qilib bo’lsa ham yo’qotish payiga tushdi. O’zi yolg’iz qolgach Zebini uyiga kirdi. Tokchada kichkina choynakcha turardi. Unda o’qitilgan suv bor edi. U irim suvni to’kib, o’rniga zaharli suvni soldi. Tamom Zebi kechqurun chiqib bu suvdan ichadi va til tortmay o’ladi. Lekin voqea boshqacha tus oldi. Ertasi kuni Zebi o’rniga mingboshining janozasi bo’ldi. Zebi esa o’z erining janozasida ham qatnasha olmadi. Chor hukumati ma’murlari Sud jarayonidan lavha Turing sud kelyapdi . Ayting aybdor yuzini ochsin. Voy,o’la qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan ko’ra o’lganim yaxshi emasmi? Siz bu ayolga tushuntirib aytingiz, yuzini ochmasa bo’lmaydi. Sudning qoidasi shu. Paranji ostida aybdordan boshqa kishining hozir bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun biz uning yuzini ochdirishga majburmiz.Aytingiz qarshilikdan foyda yo’q Yaxshilab tushuntiringiz, yuzini ochmasa sud majlisini olib borolmayman. Olib bormasa mayliga … Bilganini qilsin Harbiy sud masxarami bu kishiga. Aytingiz yaxshilik bilan ochsinlar. Bo’lmasa kuch bilan ochdiramiz. Voy sho’rim. Shuncha erkak o’tirsa-ya!Olganim ming marta yaxshiroq. Otamning piriday kap-katta salllalik domla o’tiribdilar. Qaysi yuzim bilan qarayman? Aytingiz sud tomonga domlaga orqasini o’girib o’tirsin. Hechqisi yo’q qizim. Men qaramayman! Mana bular-chi! Mirzo menga ijozat bersangiz shu ayolga ikki og’iz nasihat qilsam. Marhamat taqsir Kofir bjlan itning farqi yo’q. Itdan yuzingizni berkitmaysizmi? Unday bo’lsa kofirdan ham qochmasangiz bo’ladi. Bu joiz. Bo’lmasa o’zingiz sal nariroqqa borib o’tiring Ho’p, qizim, ho’p. Mana, qilaqol so’rog’ingni. Aybnomani eshitdingizmi? Ha Mingboshi suvni o’zi so’radimi? Ha o’zi so’radi. Mastmidi? Ko’p aroq ichib edi. Suvni kim berdi? Men berdim Choynakdamidi? Ha Mana bu choynakdamidi? Ha Kimning choynagi bu? Meniki Siznikimi? Ha meniki Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz? Bilardim Qanaqa suvidi? Irim suvidi Kimga qilingan irim? Menga Nima uchun irim qildirardingiz? Farzand bo’lsin deb Nega bu suvni Mingboshiga berdingiz? Juda tashna bo’lib so’ragan edi, shundoqqina tokchda olib uzatdim Choynakda zaxar borligini bilarmidingiz? Qiziq ekansan, men qayerdan bilay Demak eringizni o’zingiz o’ldirdingiz? Yo’-o’q o’libmanmi o’z erimni o’ldirib Ana so’roq tamom bo’ldi. Endi uyimni qandoq qilib topib boraman?! O’tiring Voqea shu qadar ochiq masala, shu qadar ravshanki menimcha, majlisni davom ettirishga ham hojat yo’q. Aybdor o’zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. Shunday bo’lgach, biz hukm chiqarish uchun masalahatlashib olsak. Siz nima deysiz? Zoti muxtaram Men bu taklifga qarshi emasman. Men ham so’z aytishdan voz kechaman Aybdor Zebinisa Razzoq so’fi qizi harbiy sudning hukmi bilan yetti yil Sibirga surgun qilindingiz. Norozi bo’lib ariza berishingiz mumkin Nima deysiz Ariza yozib beraymi? Kimga? Yuqoriga Unda …nima bo’ladi? Nima bo’lardi: Ehtimol yana so’roq bo’ladi, ishni qaytadan ko’riladi Kim … ko’radi? Shular … ko’radimi? Boshqa sud koradi Baribir oppa-ochiq turgan narsani … bular tushunmadi-yu, ular tushunadimi? Ariza yozib beraymi? Qo’yaqol! Men uchun ovora bo’lib yurma! Millatning buyukligi uning ma’naviyatidadir. Har qanday xalqning ulug’vorligini uning tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ti namoish etib turadi. Ma’naviy yetuk inson hech qachon yengilmaydi. Mana hozirgi ko’rinishmizdan Zebining ma’naviy bilimga ega emasligi, o’z haq-huquqini bilmasligi uni hayotini hazon bolishiga olib keldi Ota-ona farzandini erkalamoqchi bo’lsa qo’liga olib ko’kka ko’taradi. Sen mendanda yuksakda bo’l deya. Farzandini ko’kka ko’targan ona mening qo’lim yetmagan joyga sening qo’ling yetsin daeyayotganga o’xshaydi. Poydevori mustahkam davlat o’z farzandalariga yelka tutadi. Ularni pastda oyoq ostida qoldirib qoymaydi. Kelajagi uchun ertasi uchun taqdiri uchun qayg’urgan davlat nimaiki ezgu ishga qo’l ursa kelajagini o’ylaydi. Mamlakatimiz konstitutsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlangan marosimda har yilga o’zgacha nom berib kelinmoqda (Yil nomlari sanaladi) “Ona” -Mehr berding unga Qalbi to’lguncha Kechalar tinmaydi Uyqu bo’lmaydi Farzandi kulmasa U ham kulmaydi Mehr bersang vaqtida Hech ham so’nmaydi Ular kimdir so’zla. Albatta , ona. Farzand qobil bo’lsa Balanddir boshi Duosidan erur Tog’larning toshi Javobsiz qolmaydi Aslo ko’z yoshi . Ular kimdir so’yla Albatta , ona. Qbriga marmardan Haykal qo’yguncha Tirigida mehr ber Qalbi to’lguncha Afssda ketmasin Toki o’lguncha G’animat kim o’yla Albatta , ona. Onalarning oyog’i ostidadir Ravzai, jannatu, jinon bog’i Ravza bog’i visolin istar ersang Bo’l onaning oyog’in tufrog’i A.Navoiy Ona muqaddas! Ona aziz va mo’tabar. Ona go’zallik, donolik timsoli ona hayot chashmasi… Ana shu chashmadan farzandlar butun ezgulikni , oliyjanoblikni , insoniylikni simirib , yetuk inson bo’lib shakllanadilar. Asrlar oshsa-da, ona mehri, sadoqati o’zgarmaydi, sayqallanib boraveradi. Dunyo yuzini ilk bora ko’rgan bolaga vatan muqaddasligini , insoniylik, mehr- muhabbat, halollik fazilatlarini kim singdiradi? Albatta , ona . U yurak tubining mehr deb atalmish burchagidan o’z farzandiga bu buyuk fazilatlarni o’z allasi orqali yetkazadi.Alla eshitib tarbiya topgan farzanddan yomonlik chiqmaydi deyishadi ulug’lar. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling