Assalom ustozlar, nomlari buyuk
Download 67.5 Kb.
|
senariy alifbe
Maqsad: 1-sinf o'quvchilarining savod o'rgatish jarayonida o'rganganlari va iqtidorini namoish etish, inter faol usullar orqali bilimlarini sinash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ota-onani, ustozni qadirlash, maktabni sevishga, maktab mulkini ko’z qorachig’idek asrash ruhida tarbiyalash, o’quvchilarning darslarga qiziqishini oshirish, kitobga mehr uyg’otish, og’zaki nutq malakalarini rivojlantirishdan iborat. ”O’ZBEKISTON’’- Ozodbek Nazarbekov qo’shig’I bilan bolalar chiqishadi. Vals o’yini O’qituvchi so’zi Assalom mehmonlar, mu’tabar suyuk Assalom ustozlar, nomlari buyuk. Assalom otalar, baxtin posponi Assalom onalar, fidoi joni . Assalom bolajon, iqboli porloq. Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu, quvonchi bo’lgan “Savodxonlik “ bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayram bayramga ulanaversin mana shunday ekan Bahor faslinig kelenchagi bo’lmish “Navro’zi olam” eshik qoqib o’z ko’klamlarini sochib kirib kelmoqda mana shunday quvonchli bayramlaringiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarga uzoq umr, bolajonlarga baxtli davron, porloq tole, nurli kelajak tilayman Muborak ayyomingiz Dillar quvonchga to’lsin “Alifbe” bayramingiz Barchaga qutlug’ bo’lsin . Sizga butun olam ila Mehr bo’lgay suyanchi O’quvchilar aytadi: “BIZ BUYUK YURT FARZANDLARIMIZ” O’qituvchi so’zi: Deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berishi uchun, yoshlarni qutlash uchun so’zni maktabimiz direktori Fayzullayeva Feruza Botirovnaga beramiz marhamat. DIREKTOR so’zi 1-o’quvchi: Bir kuni tushimda “Oltin bu vodiylar- jon O’zbekiston” deb uyg’onib ketibman. Buvijonim peshonamdan o’pib “Barakalla qizim, xudo xoxlasa Vatanimiz kelajagi porloq” deydilar. Sevinib ketdim. Ona Vatanimga yanada mehrim ortdi 2-o’quvchi: Vatan mening onamsan Issiq quchog’ing Olamda yagonasan Aziz tuprog’ing Humo qushing boshingda Aylaydi parvoz Yangrar har tong madhiyang Bizlar jo’r ovoz. MADHIYA KUYLANADI: 3-O’quvchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, mehribon ota-onalar kirib kelayotgan ''Navro'zi ayyom'' bilan tabriklayman. Sizlarga to’kinlik, totuvlik,ahillik,sog’lik salomatlik tilab qolaman. 4-O’quvchi: Здравствуйте дорогие учителе милые родители! Поздравляем Вас с наступающим праздником Навруз! Добро пожальвать на наш праздник “ Прошание Букварём.” 5-Oquvchi: ingliz tilida 6-O’quvchi: Quyosdek shula sochgan, Bilimga keng yo’l ochgan Sizgadir ushbu kalom, Muallimlar assalom! 7-O’quvchi: Kunday yorug’ darsxona, Biz farzandmiz siz ona Bo’lib bizga parvona, Dilda ardoqli kalom , Ona maktab assalom. 8-O’quvchi: Tanitib yurt jahonga , Erk bergan har insonga Qaytdik dinu iymonga, Dilda ardoqli kalom Mustaqillik yurt assalom. O’g’il-qizlar o’yin: 9-O’quvchi: Biz bugun kuchli hayajon bilan “Alifbe” kitobimizni oxirgi varag’ini varaqlayapmiz . Ko’nglimiz quvonchga to’la, chunki biz endi mustaqil davlatning jajji bilag’onlarimiz. O’qituvci: Unda ayting qani azizlar, Baxtiyor o’g’il-qizlar, Nechun keldik bu yerga Nechun bor yosh ko’ngilda . 10-Oquvchi: Bugun bizga zo’r quvonch, Yurakka shodlik to’lgan Savodxonlik bayrami Bizni bu yerga keltirgan. O’qituvchi: Qanday qilib savodxon Bo’lib oldingiz chunon. 11-O’quvchi: Alifbe bo’ldi sirdosh Ilm yo’lida yo’ldosh, Sochdi ziyo nurini Biz undan minnatdormiz! 12-O’quvchi: Demak, bugun bizga savodxonmiz. Bugun qo’shiqlar aytib, Raqsga tushib, Bilimdon bo’lganimizni, Bayram qilamiz! Qizlar raqsi:”Kapalakcha” 13-O’quvchi: Alifbeni endi biz Hech qiynalmay o’qiymiz Unli undosh harfdan Turli so’zlar to’qiymiz. Alifbo tilga kiradi; degani Ahillik: degani Baxtdir bu D-harfida Diyonat E- harfida Erkinlik F- harfi Farosatli G- harfi Gulzor chaman H-harfida Halolik I – harfi Imon bilan J – harfi Javlon urib K –harfida Kamalak L –harfida Latofat M-harfida Mardlik N –harfi Nafosatlik O –harfi Olimlar P- harfida Poygachi Q- harfida Quruvchi R -tovishi Rahimdil S -tovushi Soddadil T -tovushi Totuvlik U - harfida Umidlar V – harfida Vadalar X – harfida Xayollar Y – harfida Yo’lovchi Z – tovushi Zamona O’ – tovushi O’ylanamiz G’- harfi G’oyat go’zal Sh –harfi Sharofatli Ch –harfi Chidamli Ng –harfi Bong taratar soat millari Buyuk yurt farzandlari bilan Har kun go’zal tong otar. Tutuq belgisi- A’lo o’qish burchimiz. Xorazimcha o’yini: O’qituvchi: Bu mening Vatanim! 14-O’quvchi: Uyim, ko’cham, oilam bu mening Vatanim! 15-O’quvchi: Sinfim, maktabim, jamoam bu mening Vatanim! 16- O’quvchi: Ona shahrim, Ona diyorim, ona yurtim, bu mening Vatanim! 17- O’quvchi: Men Vatanimni ota-onamga qiyos qilaman, chunki u ota- onamdek mehribon! 18-O’quvchi: Men Vatanimni ologa o’xshataman, chunki uning bag’ri olovdek qaynoq! 19-O’quvchi: Men Vatanimni Quyoshboboga qiyos qilaman! 20- O’quvchi: Rasmlarda etib orzular ayon, Chizgandim gullagan bog`lar bepayon Katta quyosh chizdim onamni chizdim Va unga nom qo`ydim-jon O’zbekiston! 21-O’quvchi: Men esa Vatanimni chinor daraxtiga o`xshataman.Chinor daraxtidek 1000 yillar davomida gullab yashnayversin deyman. 22-O’quvchi: Men kundan-kunga chiroy ochayotgan o’lkada tug’ilganimdan faxrlanaman. 23-o’quvchi: Men ota-onam, oilam bilan faxrlanaman. Hamma: Biz Vatanimiz, oilamiz bilan faxrlanamiz! “Oq terakmi ko’k terak’’o’yini 24-O’quvchi: Biz 1-“B” sinf o’quvchilarigabirinchi sobiq Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov bobomiz tomonidan 12 nomdagi o’quv qurollari va darsliklar sovg’a qilindi Sobiq prezidentimizning nutq so’zlari slayd orqali eshitiriladi . 25- O’quvchi: Mana shunday ulug’ ishlarni qilgan , Vatanimizni gullab yashnatgan Ulug’ bobomizni bugungi kunda ruhlarini shod etib bir soniya skut saqlab yodga olib duo qilaylik. 26- O’quvchi: Unutmaymiz sira ham , Yodingiz mudom yodda Jannati bo’ling bobojon, Qalbimizdasiz bobojon Jannatmakon yurtimiz. Siz deb bugun ozoda, Unutmaydi xaiqingiz, Qalbimizdasiz bobojon! 27- O’quvchi: Yo’q tashlab ketmagansiz, Bizni tark etmagansiz . Siz hecham o’lmagansiz Qalbimizdasiz bobojon! Siz aytganidek hech qachon Kam bo’lmaymiz hech joyda Unutmas O’zbekiston! Qalbimizdasiz bobojon. 28-O’quvchi: Biz mustaqil bolalarimiz. Buni yurakdan his qilib, Vatan menga nima berdi deb emas , 29-Oquvchi: Balki men Vatanga nima berdim degan ulug’ niyat bilan yashashimiz kerak. 30- O’quvchi: Bizning ikkinchi Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev 2017-yilni Yurt boshim atadilar, Yurtga nafim tegsin deb Xalqim bilan muloqat Avlodlarin g’amin yeb . Ko’rgay inson manffati. Barcha o’quvchi o’il –qizlarii O’zbekistonning ilmga chanqoq yoshlari Nomidan bizlarga qaratilyotgan alohida mehr- muhabbat g’amxo’rligi Hamda e’tibori uchun tashakkurimizni izhor etamiz . 31-O’quvchi: Barchmiz Vatanimiz, Xalqimiz va Yurtboshimiz oldidagi farzandlik burch va vazifalarimizni a’lo o’qishimiz. 32-Oquvchi: Turli sohalardagi yutuqlarimiz bilan albatta ado etajakmiz. Hamma: Ona O’zbekiston kelajagimiz, a’lo o’qishdir burchimiz. O’qituvchi: Maktabimizning sho’x va odobli bolalarni bir qo’shiqqa klip Tayyorlagan marhamat tomosha qiling. Shahzodaning “chekito” qo’shig’i . O’g’il bolalar o’yini: O’qiyuvchi: Davramizga mehmonla tashrif buyurmoqdalar ularni kutib olamiz. O’qish kitobi: Salom aziz do’stlarim Siz bilan o’rtoq bo’lay, Mehrim qo’yib sizlarga. Shodlikka, zavqqa to’lay, Hikoya, ertak, she’rlar, Hatto topishmoqlar bor. Tez aytish-u hikmatlar Menda barchasi bisyor. Ona tili kitobi: E kichkintoy do’stimginam, Bilib ol ona tiling Angla qoidasini Boyib ketar biliming, To’g’ri chiroyli yozish. Bilsang asl shiorim, Unga amal qilganda Bagishlaydurman borim. Matematika: Zukko, dono so’zlarim, Aqlingizni charxlayman. Misollarni tez yeching, Topqirlikka chorlayman. Zehningiz ham oshadi, Sanashga hech shoshmaysiz Hisob- kitob ishida, Hech qachon adashmaysiz. Chet tili kitobi: Balki orzu qilarsiz, Ko’ray deb uzoq elni. Buning uchun avvalo O’rganing chet tilini. Ikki o’quvchi ingiliz tilida savol javob o’tkazib , so’ngra ingliz tilida qo’shiq kuylashadi. O’g’il bolalar o’yini: Afrikanka 33-O’quvchi: Amir Temur izlari bor. Navoiyning so’zlari, Nodiraday qizlari bor. Buyuklarining Vatani bu, Suyuklarning Vatani bu. O’zbekiston nurli bo’ston Elga doston elga doston. 34-O’quvchi: Bobur kabi shoh- shoiri Sino kabi malham dori, Manguberdi bahodiri. Ulug’larning vatani bu, Qutlug’larning vatani bu. O’zbekiston nurli bo’ston. 35-O’quvchi: Og’abek yangratsa soz Abdullasi aytsa she’r so’z Gavhar qilsa gar noz. Buyuklarning vatani bu, O’zbekiston nurli bo’ston Elga doston, elga doston. 36-O’quvchi: Gulla yashna aziz diyor, Bag’ring bo’lsin doim bahor. Baxtingga ko’z tegmasin zinhor, Buyuklarning vatani bu Suyuklarning vatani bu Elga doston, elga doston. Xumo qushi: o’yini. 37-O’quvchi: Savodxonlik bayrami Tugab borar shu onda. Dil so’zlari aytdik biz Rahmat deymiz hammaga. 38-O’quvchi: Ona yurtim omon bo’l Shudir yolg’iz tilagim. Sen uchun, xalqim uchun, Yonib yashar yuragim. 39-O’quvchi: Xayr aziz mehmonlar, Ota-ona ustozlar. Tilda zavq, dilda suruv, Tashrif uchun tashakkur. Barchangizga ming rahmat, Bo’ling doim salomat. 40-O’quvchi: Bayramimiz davom etadi. Sahnaga bayroq gerb kirib keladi: She’r sahna ortida o’qituvchi tomonidan o’qiladigan vaqtida askarlar davraga kirib kelishadi va qasamyod qiladi. O’qituvchi: Ona Vatanimiz- muqaddas oshyon, Shu aziz diyorning posponlarisiz. Oqlaysiz chin dildan farzandlik burchin. Mard, botir, fidoiy, o’g’lonlarisiz, Shu yurt deb, shu el deb tashlaysiz qadam. Jo’sho’rar xalq mehridan qalbga alanga, Yurtimiz hech kimga bo’lmaydi qaram Jonimiz fidodir qutlug’ Vatanga. 1-Askar: Bobolarday oqil bo’lishga, 2-Askar: Yurtboshimdek yurtni sevishga, 3-Askar: Vatanimni ko’zdek asrashga, 4-Askar: Xalq ishonchin dildek oqlashga, 5-Askar: Ustozlar ugitin dildan oqlashga, 6-askar: Yaxshi yomon ishni bilishga, 7-Askar: Ona yurtga kerak bo’lishga, 8-Askar: Doim ulug’ ishlar qilishga, 9-Askar: Onam sutin dildan oqlashga, 10-Askar: Kerak bo’lsa jonim fido qilishga va Hamma: O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilishga Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz!! Askarlar o’yini: O’qituvchi : Bayram so’ngida tabriklash uchun so’zni maktab direktoriga beramiz. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling