Ассалому алайкум азиз узтозлар ва талабалар!


Download 0.66 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1000154
  1   2   3
Bog'liq
Asosiy xo’jalik muomalalarini hisobga olish tamoyillari

Assalomu alaykum aziz ustoz va talabalar

  • Mavzu: Asosiy xo’jalik muomalalarini hisobga olish tamoyillari

Reja:

  • Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida korhonalar xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari.
  • Ta’minot jarayonini hisobga olish.
  • Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish.
  • Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi.

Xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari

  • Korxona faoliyatining miqdoriy ko’rsatkichlari u yoki bu jarayonlar xajmining ko’rsatkichlaridir. Masalan, korxona ishini kuzatish uchun, eng avvalo sotilgan tovarlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning umuman va ularning ayrim turlari bo’yicha miqdori haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda eng muhim miqdoriy ko’rsatkichlardan biri mahsulot realizatsiyasining hajmi hisoblanadi, chunki u korxonaning o’z xaridorlari oldidagi majburiyatlarini real bajarganliklarini tavsiflab beradi va shu bilan birga mahsulot sifatini yaxshilashni rag’batlantiradi.
  • Sifat ko’rsatkichlari u yoki bu jarayonni amalga oshirishning iqtisodiy samarasini tavsiflaydi. Ulardan eng muhimi korxona faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bularga mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan, umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), sof foyda va rentabellik ko’rsatkichlari (foydaning sotilgan mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga korxona aktivlariga nisbati va hokazo), shuningdek, mehnat unumdorligi, (vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori) kiradi.

Ta’minot jarayonini hisobga olish

  • Ta’minot jarayoni korxonalarni mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan mehnat buyumlari bilan ta’minlaydigan muomalalar majmuasidir. Korxona mol yetkazib beruvchilardan materiallar, yoqilg’i va boshqa buyumlarni shartnomaviy kelishilgan narxlarda xarid qiladi. Bu narxlar uning uchun sotib olish narxi yoki tayyorlash qiymati hisoblanadi. Undan tashqari ta’minot (tayyorlov) muomalalari bilan bog’liq bo’lgan sarflar ham, jumladan, xarid qilingan boyliklarni tashib keltirish, ularni ortish va tushirish xarajatlari, temir yo’l bekati (bandargoxlar), omborga yetkazib keltirish xarajatlari va boshqalar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi transport - tayyorlash xarajatlari deb nomlanadi.
  • Tovar - material zaxiralarini baholash 4-BHMS bilan tartibga solinadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling