Assalomu alaykum va rahmatuloxu borakatuh


Download 8.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.09 Kb.
#1575974
Bog'liq
5.111 guruh Guli Akmalovna


Assalomu alaykum va rahmatuloxu borakatuh Hayotimni o’zgartirgan bir loyiha haqida aytmoqchiman . Mani bir dugonam Anvarovni blogiga a’zo bo’lgandi keyin mangayam qo’shilishimni tavsiya berdi . Kanalni boshidan o’qib chiqdim , ko’zlarim yoshlandi , loyihani kuzatdim. Anvarovni 1, 2ta loyihalariga qatnashdim ishonasizmi , hayotim o’zgardi ijobiy tarafga ya’ni maqsadlarimni aniqladim , ularni yanayam aniq qilib oldim va harakat qildim. Man ilk bor yoshlarini eshitganimda , hayratda edim yosh bo’sayam shuncha yoshni birlashtira oldi va yaxshilikka yetaklovchi loyiha qila olgani hayratga solardi. Darslaridan keyin manda qiziqish kuchaydi ya’ni BY loyihasiga qushilishni judayam hohladim ochilishini intiqlik bilan kutar edim va nihoyat, qabul ochilganligini ko’rib ichimdagi nimadur hayajonda edi ,chunki man o’zimmi isloh qilish uchun bu loyihadan umidvor edim . Botdan ro’yxatdan o’tdim va javobini intiqlik bilan kutar edim .Birdan qo’rquv paydo bo’ldi, chunki man unchalik ko’p o’qiydigan va kitob sevuvchimas edim o’qirdim ammo kam keyin bu loyihaga munosib bo’lishlik uchun , man CHorsuga kitob magazinlarni aylangani bordim bilasizmi, mani larzaga solgan o’qiganimda yig’latgan kitob –‘’ IZLASH’’ kitobi edi men ko’plab kitoblar sotib oldim bir haftalik qilib olib kelib o’qirdim ta’sirlanardim , ba’zida quvonardim , ba’zan qahramon bilan birga yashardim……..ha, sekin asta kitobga mehrim oshdi kitob o’qigan sarim insonlarga munosabatim , atrofdagilarga munosabatim o’zgarar edi ………..
Bir kuni ‘’Fesleen ‘’kitobini o’qishni tugatay deb turganimda, telefon bo’ldi nomer begona edi avval ko’tarmadim chunki kitobni ohiriga yetkazay degandim , ahiri kutardim. CHiroyli ovozli bir muslima qiz edi , u gapirgan sari , man hayajonlanardim . Manga bir necha savollar bera boshladila, hayajon bilan shoshib javob berardim negadur hursand edim, chunki bu BY qabuli uchun edi.
Shundan so’ng bir necha kunlar o’tdi, o’tganmikanman vay , nima bo’ldikan degan hayollar qamrab olgan edi .
Birdan, habar keldi , qarasam natijalar e’lon qilinibdi, men shoshib ochardim, ammo familya ismimi topolmadim. Judayam hafa edim, rosa yig’ladim qabul qilinmaganimdanmas , unga loyiq topilmaganimdan , o’zimdan qattiiq ranjigan edim o’zimi koyir edim , islohga muhtojsan der edim…… keyin, qarasan Anvarov blogiga , meni quvontirgan habar keldi, ya’ni qabul qilinmaganlar ham qatnashsa bo’larkan bu degani ikkinchi imkoniyat edi men uchun …. Va men qabul qilinganligim haqida habar oldim. Guruhim linki berildi , qo’shildim manda o’zgacha ishtiyoq o’zgacha hayajon edi ‘’vayy guruh bo’lib , birga bir oila bo’lamiz ,kitoblarni tahlil qilamiz , har hil discusslar, munozakaralar harhil challengelar bo’ladi ‘’deb o’zimni quyarga joy topolmasdim.Loyiha boshlandi, harkuni challengelar , tanishuvlar bo’ldi. Guruhdagi qizlar oddiy qizlar emasdi, ular meni opalarim, singillarim edi. Ayniqsa, Barno apam haqida gapirmasam bo’lmaydi Ko’rinme qolsak, nima boldi yaxshimisiz , qayerdasiz , tinchlimi deb so’rardilar .Hamma bilan lichkasida gaplashardi muammomiz bo’lsa birgalikda hal qilardik, xato qilsak tushuntirardila . Bilasizmi, meni nima deb erkalatardilar Gulim derdila. Hammasini to’g’ri tushunardilar .
Bizga birinchi kitob berildi o’qish uchun, ‘’Qalb iffati ‘’ bu kitob haqida qancha yozsam ham oz , ammo men o’zimni yanada isloh qilishim kerakligini anglardim . Bu kitobni hamma muslima qizlarga tavsiya qilardim .Loyihaning eng zur tarafi , o’qilishi kerak bo’lgan kitoblar juda ham har taraflama tanlab olingan ya’ni hozirgi kunda , bizning kamchiliklarimiz uchun davodek edi.
Yana bir kitob judayam ta’sirlantirdi , u ‘’Halol luqma’’ asari edi . Bu asarni o’qirkanman, "Halol luqma" - iymoni och qolganlar uchun eng oliy ozuqa.
Dinni musulmondan emas Islomni o'zidan o'rganish kerak diyishadi. Lekin ushbu asarda berilgan insonlarga o'xshab avvalo Allohga, diniga va o'ziga xiyonat qilmaydigan biror halol insonni uchratish qiyin.
Yusuf - Payg'ambar sallalohu alayhi vassallam siymosidek yuzi nurli bir inson. Tug'ilajak farzandiga halol luqma yedirish uchun begona shaharda ishdan ishga darbadar bo’ladi.
Loyihada bizga ko’plab o’qish uchun eng sara asarlar berildi , uzimizg kerakli xulosani oldik, yanada yuksalishga harakat qilyapmiz ,, ha, ha , biz islohga muhtojmiz.
Avvalo, loyihada ishtirok etganimdn, oila a’zosi bo’lganimdan hursandman . Man o’zimdagi ko’plab yomon illlatlarni bartaraf eta oldim bunda kitoblar va loyiha sabab bo’ldi. Loyihani tashkillashtirgan loyiha asoschisiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman va yaqindn yordam bergan kuratorimiz , koordinatirimiz va mnejerimizga ham rahmat . Alloh rozi bo’lsin ..
Juda kerakli va yoshlar uchun judayam zur loyiha……..yanada kengayishini barchamizni yaxshilikka targ’ib qiluvchi loyiha bu..
5.111 –guruh. Guli Akmalova tomonidan yozildi.
Download 8.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling