Assalomu aleykum


Download 0.8 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1155965
Bog'liq
Rahmon akam

Assalomu aleykum

Bajardi:Pedagogika va Psixologiya

yo’nalishi 21-PPP-03-guruh talabasi

Ganiyev Rahmonqul

Mavzu:Pedagogikika ijtimoiy fan bo’lib kirib kelishi

Reja:

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan.

Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.

Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi.

Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatishva qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi; 2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi; 3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish; 4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.

Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz.

Etiboringgiz uchun raxmat


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling