Assalomu aleykum
Download 115.05 Kb.
|
Assalomu aleykum 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- A = U · I · t.
Assalomu aleykumUshbu slaydni tuzdi: Mo’minjanova Durdona Rahimboyeva TabassumO’zgaruvchan tokning ishi va quvvati.Quvvat koeffitsiyenti
A = U · I · t.O‘zgaruvchan tokning bajargan ishini aniqlash uchun juda kichik vaqt oralig‘ida uning qiymatini o‘zgarmas deb qaraymiz. U holda o‘zgaruvchan tok bajargan ishining oniy qiymati ham shu kabi formula yordamida aniqlanadi: A = u · i · t Agar zanjir uchlariga qo‘yilgan kuchlanish u = Um cos ωt qonuniyat bo‘yicha o‘zgarayotgan bo‘lsa, undagi tok kuchi ham garmonik qonuniyat bo‘yicha faza jihatidan farq qilgan holda o‘zgaradi: i = Im cos(ωt +φ). U holda o‘zgaruvchan tok bajargan ishning oniy qiymati uchun quyidagini yozamiz: A = u i t = Um Im t cos ωt cos(ωt + φ). Vaqt birligi ichida bajarilgan ishga quvvat deyiladi. Shunga ko‘ra o‘zgaruvchan tok quvvatining oniy qiymatini p = u i = Um Im cos ωt. cos(ωt +φ) ifoda ko‘rinishda yozish mumkin. Bunda quvvat vaqt o‘tishi bilan ham modul, ham ishora jihatidan o‘zgaradi. Davrning birinchi yarmida quvvat zanjirga berilsa (p > 0), ikkinchi yarmida quvvatning bir qismi qaytib tarmoqqa beriladi (p < 0). Odatda, barcha hollarda uzoq muddat davomida iste’mol qilinadigan o‘rtacha quvvatni bilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bitta davrga to‘g‘ri keladigan quvvatni aniqlash yetarlidir. Bitta davrga to‘g‘ri kelgan quvvatni topish uchun dastlab p = u i = Um Im cos ωt. cos(ωt +φ) formulani vaqtga bog‘liq bo‘lmaydigan ko‘rinishga keltiramiz. Buning uchun matematika kursidan ikkita kosinus ko‘paytmasi formulasidan foydalanamiz: cosα cosβ = (cos(α – β) + cos(α + β)). Biz ko‘rayotgan holda α = ωt va β = ωt + φ. Shunga ko‘ra, Bunda ifodaning ikkinchi qo‘shiluvchisining bir davr davomida o‘rtacha qiymati nolga teng. Demak, bir davrga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha quvvatning vaqtga bog‘liq bo‘lmagan hadi bo’ladi. Tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari ifodasi hisobga olinsa, ya’ni: bo‘lgani uchun quyidagiga ega bo’lamiz: Bu kattalik zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati deyiladi: P = Uicosφ Shunga muvofiq o‘zgaruvchan tokning bajargan ishi quyidagi formuladan aniqlanadi: A = U I t cosφ. Download 115.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling