Astanova jayronaning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi
Download 64.11 Kb.
|
estetik qarashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
5. Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi.
Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri ifodalanadi. Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan bog‘lab mushohada qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishi kulgilidir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi shaxsning tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni ko‘rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir. Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning arxitekturadan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la estetik ifodasini topadi. Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol «Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak» deydi. San’atda kulgilik turlari: Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea. Parodiya – hajviy o‘xshatma. Satira (mashara) – hayotning salbiy hodisalari ustidan achchiq kulish. Yumor (hazil-hajv), sarkazm, lof, askiya, karikatura va h.k. san’atda kulgililik turlariga misol bo‘ladi. Kulgililikning barcha shakllari qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsa, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Beozor hazil-hajv tuyg‘usi inson hayotining kulgili tomonlari, uning barcha qirra va zarralarini ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi va u borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy kamoloti ko‘rsatkichi bo‘lib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b 2. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 5. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016. 6. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 176-b. 7. Abdulla Sher. Estetika. Darslik. – T.: O’zbekiston, 2016. 192 b. 8. Abdulla Sher, Husanov B, Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2008. 178 b 9. Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2004. 172 b Download 64.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling