Navoiy shahridagi Quyosh soati. Quyosh vaqtini aniqlash va soatlarni tekshirish uchun Quyoshning kulminatsiyadalik momentini belgilash muhimdir. Bizning Navoiy shahri yosh va navqiron shahardir. Shaharning qurilishi 1958-yildan boshlangan. 1960-yillarda Respublikamizda bo`lgan yirik Quyosh soati Navoiy shahrining eski savdo markazida (shahardagi 16-maktab ro`parasida) qurilgan bo`lib, hozirga qadar o`zining muhim ahamiyatiga egadir. Biz o`qituvchilar astronomiya fanidan «Vaqt. Vaqtni o`lchash» mavzusini o`tishda ushbu mahalliy imkoniyatlardan foydalanganligimiz juda ma`quldir. Bu esa o`quvchi va talabalarning vaqt va vaqtni o`lchash sohasidagi bilimlari hamda ko`nikmalarini mustahkamlashda muhim o`rin tutadi, ayni chog`da o`quvchi va talabalar uchun amaliy mashg`ulotlarni o`tish uchun amaliy maydoncha hisoblaniladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |