Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Kalendarlar. Reja


Download 1.9 Mb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1391345
1   2   3   4   5
Bog'liq
Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniq

Kalendarlar. Katta vaqt oraliqlarini hisoblashda odamlar qadim zamonlardan boshlab yo Oy oyining davomiyligidan yoki Quyosh yili, ya`ni Quyoshning ekliptika bo`ylab to`la aylanishi uchun ketgan vaqtdan foydalanib kelganlar. Yil fasllari o`zgarishining davrini aniqlab beradi. Quyosh yili 365 quyosh sutkasi 5 soat 48 minut 46 sekundga teng. Quyosh yili na sutkalar va na Oy oylari davomiyligiga (taxminan 29,5 sutkali davrga ega bo`lgan Oy fazalarining davriga) o`lchovdoshdir. Bu esa oddiy va qulay kalendarlarni to`zishda qiyinchilik tug`diradi. Insoniyatning ko`p asrli tarixida turli sistemadagi juda ko`p kalendarlar to`zilgan va ulardan foydalanilgan. Lekin ularning hammasi uch turga: Quyosh, Oy va Oy-Quyosh kalendarlariga bo`lish mumkin. Qadimgi Misrda ishlatilgan Quyosh kalendari sodda va qulay bo`lgan.
Kalendarni to`zishda kalendar yilining davomiyligi iloji boricha Quyoshning ekliptika bo`ylab to`la aylanishi davomiyligiga yaqin bo`lishini va kalendar yilidagi Quyosh sutkalarining soni albatta butun bo`lishini (chunki yangi yilni sutkaning har xil soatidan boshlash noqulay) hisobga olish zarur.
Shunday shartlarni qoniqtiradigan kalendar aleksandriyalik astronom Sozigen tomonidan ishlab chiqilgan va bizning eramizdan avvalgi 46 yilda Rimda Yuliy Sezar tomonidan joriy etilgan. Keyinchalik bu yo`lian yoki eski stildagi kalendar degan nom olganligi sizga tabiiy geografiya kursidan ma`lum. Bu kalendarda ketma-ket uch yil 365 sutkadan iborat bo`lib, ularni oddiy yillar, ulardan keyingi (Har to`rtinchisi), 366 sutkali yilni esa Kabisa yili deyiladi. Yulian kalendarida raqamlari 4 ga qoldiqsiz bo`linadigan yillar kabisa yillar hisoblanadi.
Bu kalendar bo`yicha yilning o`rtacha davomiyligi 365 sutka 6 soatga teng, ya`ni u haqiqiy o`rtacha yil davomiyligidan 11 minut uzun. Shu sababli eski stil vaqtning haqiqiy o`tishiga nisbatan har 400 yilda taxminan 3 sutka orqada qolgan.
Biroq yuz yilliklar o`tishi bilan bu kalendar yilining uzunligida hali ham xatolik borligi ma`lum bo`ldi. Uni tuzatish uchun 1582-yilning fevralida rim papasi Grigoriy XIII reforma qabul qilib, yilning uzunligini aniqroq olingan qiymatini yangi quyosh kalendari uchun asos qilib oldi. Islox qilingan bu kalendar rim papasi sharafiga grigorian kalendari deb ataladigan bo`ldi. Ayni paytda biz ishlatayotgan kalendarimiz grigorian kalendari bo`lib, uning erasi Iso payg`ambarning afsonaviy tug`ilgan yilidan boshlangan.
Bu kalendarning 12 oyidan beshtasi qadimgi rimliklarning afsonaviy xudolarining nomlari bilan (Yanus, Februus, Mars, Maya, Yunona) iyul va avgust oylari rim imperatorlari Yuliy Sezar va Avgust nomi bilan, qolganlari esa o`zlarining tartib raqamlari (sentyabr-yettinchi, oktyabr-sakkizinchi, noyabr-to`qqizinchi, dekabr-o`ninchi) bilan ataladi. Aprel oyi – «aperire» «ochilish» degan so`zdan olingan bo`lib, bahorda tabiatning uyg`onishidan darak beradi. Bu kalendar bo`yicha yil boshi ilgari martda bo`lib, so`ngra 1-yanvarga ko`chirilgan. Rossiyada yil boshi qadimda ikki marta 1-martda va 1-setyabrda bayram qilinar edi. 1342-yildan Moskva hokimi yangi yil bayrami bundan bo`yon faqat 1-sentyabrda o`tqazilishi haqida buyruq berdi. XVII asrning oxirida podsho Pyotr I buyrug`i bilan 1700-yil kalendar yilining boshi 1-yanvarga ko`chirildi. Shundan bu kalendar bo`yicha yangi yil 1-yanvardan nishonlanadigan bo`ldi.
Hozir dunyodagi ko`p mamlakatlarda grigorian kalendari deb ataladigan quyosh kalendari qabul qilingan.
Ko`pchilik mamlakatlarda bundan ham ilgari joriy etilgan Grigorian kalendarida (yangi stilda) ikkita nol bilan tugaydigan (1600, 2000, 2400 va shunga o`xshash yuzlar xonasi 4 ga qoldiqsiz bo`linadigan yillardan tashkari) yillar kabisa yil hisoblanmaydi. 400 yilda yig`ilib qoladigan 3 sutka xato shu yo`l bilan to`g`rilanadi. Shunday qilib, yangi stil bilan olingan yilning o`rtacha davomiyligi Yerning Quyosh atrofida aylanish davriga juda yaqin ekan.
Eski va yangi stillar orasidagi 13 sutkalik farq XXI asrda ham saqlanib qoladi, XXII asrda esa u 14 sutkaga etadi.
Yangi stil kalendari albatta, juda aniq emas, lekin shunga qaramay, bundagi xatolik 3300 yilda atigi 1 sutkaga etadi.
Umar Hayyom kalendari. XI asrda Nishopurda yashab, matematika va astronomiya sohasida ijod etgan taniqli shoir U.Hayyom 1070-yilda seljud sultoni Malikshoh va uning vaziri Nizomul-Mulk tomonidan saroyga taklif etildi. Uning iltimosiga ko`ra shoh, Hayyom va uning shogirdlari uchun 1076-yili Isfaxonda rasadxona qurib berdi. Malikshoh vafotiga qadar ishlagan bu rasadxonadagi astronomik kuzatishlar natijasida yuzdan ortiq yorug` yulduzlarning koordinatalarini hamda Oy, Quyosh va planetalarning harakatini aks ettirgan. Jadvallarni o`z ichiga olgan zij to`zildi. Bu astronomik risola keyinchalik «Malikshoh ziji» degan nom bilan jahon astronomiya tarixida o`rin oldi. Shu yerda U.Hayyom kalendar yaratib, bu kalendar yilining davomiyligi 365,24242 sutkaga teng bo`lib, tropik yilning haqiqiy uzunligidan 19,5 sekundgagina uzun edi. Bu xatolik shu qadar kichik ediki, u yig`ilib, 4500 yil o`tgandan so`nggina bir kunga etardi. U.Xayyomning bu kalendari ayni paytda Eronda ishlatiladigan Jaloliy kalendarining asosini tashkil etadi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling