Astrofizik instrumentlar


O‘zbekistonda astronomiya


Download 152.5 Kb.
bet9/10
Sana12.03.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1262115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Astrofizik instrumentlar

9. O‘zbekistonda astronomiya




Ulug‘bek rasadxonasi. Osmon jismlarini o‘rganishda, bizning ajdod - bobokalonlarimizning ham xizmatlari katta bo‘lgan. Ulardan biri - Amir Temurning nabirasi - Ulug‘bek, XV asrning o‘rtalarida Movaraunnahrning taniqli astronomlarini Samarqandga to‘plab, u yerda osmonni tekshiradigan astronomik rasadxona, jumladan eng yirik kuzatish asbobi-sekstantni qurish bo‘yicha maslahat qildi.
Olimlar bir ovozdan bu fikrni quvvatlashgach, Obi rahmat daryosining bo‘yida, Kuxaq degan tepalik ustida radiusini 40,2 metrga teng bo‘lgan astronomik kuzatish asbobini qurish boshlandi.
Bu asbob yordamida Quyosh, Oy va planetalarning yulduzlar oralab harakatlari, minglab yulduzlarning o‘rinlari (koordinatalari) aniqlandi. Yuzlab shaharlarining koordinatalari topildi.
Mazkur asbob yoyi, aylana uzunligining 1/6 qismini, aniqrog‘i 60 ni tashkil qilib, salkam 50 metrga teng edi.
Bu astronomik asbobning qurilishi, yer sirtida 11 metrcha chuqurlikdan boshlanib, mazkur sirtdan balandligi esa qariyb 30 metr kelardi. Asbobni 1 gradusga teng yoyining uzunligi 70,2 santimetrni tishkil etib, o‘lchash aniqligi 10 sekundli yoyga teng edi.
Ulkan bu kuzatish asbobi yuz yillar davomida Samarqand “boshidan kechirgan” urushlar oqibatida vayron qilindi va keyinchalik izsiz yo‘qoldi. 1908 yili arxeolog V’yatkin tomonidan uning o‘rni aniqlanib, tuproqdan tozalangach, uning qoldiq yoyi –sekstantning yer osti qismi topildi.
Samarqandda o‘rnatilgan bu yirik “teleskop”ning tashqi ko‘rinishi, aslida qanday bo‘lganligi hozirgacha aniq bo‘lmay, olimlar orasida tortishuv hanuzgacha davom etadi.
Ulug‘bek rasadxonasi, o‘rta asrda Sharqda mavjud bo‘lgan rasadxonalar ichida eng yirigi bo‘lib, o‘lchash aniqligi va hashamatliligi bilan ajralib turardi. Samarqand rasadxonasida Ulug‘bekdan tashqari o‘rta asrning eng taniqli astronomlaridan Ђiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Mo‘yiniddin Koshiy, Ali Qushchilar ishladilar.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling