Astronomiya kursi


Download 35.28 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi35.28 Kb.
#214275
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5222255266396899391

1.Meteoritlar — Quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita boʻylab aylanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi oʻzgarishi natijasida Yer bilan toʻqnashadi. Katta tezlikda (11–75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 g) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 – 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer yuziga tushadi. Bir sutkada osmondan Yerga umumiy massasi 10 t atrofida boʻlgan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu jismlarning yiriklari topilgan va tabiat muzeylarida saqlanmoqda. Ular M. deb atalib, umumiy ogʻirligi 500 t dan oshadi. 1920 yil Janubiy-Gʻarbiy Afrikada topilgan temir M.ning (Goba) ogʻirligi 50 t, 1818 yilda Grenlandiyada topilgan M.ning ogʻirligi 34 t. 1947 yilda Sixo-te-Alin (Uzoq Sharq, Rossiya) ga parchalanib tushgan M.ning umumiy ogʻirligi 23 t. M.Z turkumga boʻlinadi: temir, tosh vatoshtemir. Te mir M. topilgan barcha M.ning 4% ini tashkil etib, tarkibida 85% temir, 12% nikel, 3% kobalt va boshqa elementlar bor. Temir M. katta kristall (oktaedrit) lardir. Ular sillik, shakldagi jismlar boʻlib, havo qarshiligi taʼsirida kristallga aylangan. Tosh M. topilgan barcha M.ning 92% ini tashkil etadi va, asosan, kremniy, magniy, natriy, kalsiy, temir, alyuminiy va boshqa elementlar oksididan iborat. Ular togʻ jinslarini eslatadi. Toshtemir M. topilgan barcha M.ning 4% ini tashkil etadi. M.ning zichligi 2,5 dan 8,8g/sm3 gacha M.ning atmosferasidan Yerga maydalanib tushish hodisasi M. yomgʻiri deyiladi. Mas, 1947 yildagi Sixote-Alin meteorit yomgʻiri tarkibida oʻrtacha quyidagi miqdorda nodir metallar bor (1 t M.da g hisobida): ruteniy 10, rodiy 5, palladiy 10, ku-mush 5, osmiy 3, iridiy 5, platina 20, oltin 5 va boshqa M.dagi elementlar tarkibi Yerdagi elementlar tarkibi bilan deyarli bir xil.

2.

6-variant



  1. Sutkalik parallaks.

  2. Quyosh sistemasining harakati.

  3. Toshkentda (φ=41º20′) to‘lin oyning eng yuqori va eng quyi kulminatsiyalaridagi balandliklarini hisoblang. Oy orbitasining ekliptikaga og‘maligi (γ=5º9′) ni e’tiborga oling.


Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling