Astronomiya kursi


Download 35.28 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi35.28 Kb.
#214275
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5222255266396899391


Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi

ta’lim yo‘nalishi 2-kurslar uchun “Astronomiya kursi”

fanidan yakuniy nazorat savollari.

Fizika kafedrasi mudiri: f.-m.f.d. I.G.Tursunov

1-variant



  1. Mayda planetalar.

  2. Yangi yulduzlar.

  3. Toshkentda (φ=41º20′) to‘lin oyning eng yuqori va eng quyi kulminatsiyalaridagi balandliklarini hisoblang. Oy orbitasining ekliptikaga og‘maligi (γ=5º9′) ni e’tiborga oling.

2. Yangi yulduzlar — toʻsatdan portlaydigan, portlashi chaqnab ketish va qobigʻini tashlash bilan yuz beradigan hamda ushbu qobigʻi juda katta tezlik (koʻpincha bir necha 100 km/sek dan to 1000 km/sek gacha) bilan kengayadigan yulduzlar. Ayrim hollarda qobiqning kengayishi undan ham katta tezlikda sodir boʻladi. Mas, Burgut turkumidagi yangi yulduz 1918 yilda chaqnab, qobigʻi 1700 km/sek tezlik bilan kengayishi aniklangan. Keyinchalik (1922, 1926 va 1931 yillarda) olingan fotosuratlarda gaz qobigʻi ham kengayib borayotgani kuzatilgan. Oʻsha va boshqa fotosuratlar bilan olib borilgan oʻlchashlar shuni koʻrsatadiki, qobiqning radiusi taxminan yiliga 1" kattalashib borgan. Ushbu yangi yulduzgacha boʻlgan masofa 1200 yorugʻlik yiliga teng chiqqan. Portlagunga qadar uning ravshanligi taxminan +5 boʻlsa, portlagandan keyin uning ravshanligi maksimumga (—8tga) yetgan.

YA.yu.da maksimum ravshanlik (yorqinlik) ka erishish toʻsatdan (atigi bir necha oʻn soatda) yuz bersa, maksimumdan keyingi pasayish juda sekin (bir necha oy, yil va hatto oʻn yillarda) roʻy berib, oʻz holiga uzoq muddatda qaytadi. Yangi yulduzlar "sekin" va "tez" oʻz holiga qaytuvchi turlarga boʻlinadi. Mas, yuqoridagi Burgutning yangisi "tez" yangi yulduz, 1934 yilda portlagan Gerkulesning yangisi esa "sekin" rivojlanuvchi yangi yulduz hisoblanadi.

Koʻpchilik Yangi yulduzlar bizdan juda uzoqda joylashgan. Ularning mutlaq kattaliklari Quyoshnikiga teng boʻlsa ham koʻrinish darajalari 10—15 marta kuchsiz hisoblanadi. Portlaganidan soʻng yangi yulduz asta-sekin oʻzining dastlabki holatiga albatta qaytadi. Bizning Galaktikamizda kuzatiladigan Yangi yulduzlar paydo boʻlishi hodisasi va oddiy chaqnashi yiliga 20—30 tani tashkil qiladi. Aslida esa Galaktikamizda yiliga yuzdan ortiqYa.yu. hodisasi sodir boʻladi. Yangi yulduzlar qayta chaqnab yana "yangi" jarayon roʻy berishi mumkin.

Mas, Shim. tojning T si (1866, 1966 yillarda chaqnagan), Kompasning T si (har 20 yilda chaqnab turadi) qayta Yangi yulduzlar hisoblanadi. Barcha yudduzlar portlashlari ichida eng samaralisi oʻta Yangi yulduzlarning portlashi hisoblanadi. Agar normal yangi yulduz portlaganda oʻz ravshanligini taxminan 500 000 marta oshirsa , oʻta yangi yulduzning ravshanligi (chaqnashi) 100 000 000 marta oshadi. Uning maksimumdagi mutlaq qiymati kamida — 16t,5 ga teng . Hisoblashlar va kuzatuvlarga koʻra, Galaktikada oʻta yangi yulduz taxminan 400 yilda bir marta paydo boʻladi. Yangi va oʻta Yangi yulduzlar hodisalari boshqa galaktikalarda yaxshi kuzatiladi.

Salohiddin Nuritdinov.

2-variant



  1. Kometalar va ularning dumlari.

  2. O‘ta yangi yulduzlar.

  3. Quyosh sistemasining eng chekkasida joylashgan planetasi – Neptunning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligini bilgan holda (30 a.b. ) uning siderik davrini aniqlang.

1.«Kometa» — yunoncha so'z bo'lib, «sochli» degan m a’noni anglatadi. Kometalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom ularning Quyosh yaqinida o'tayotgandagi ko'rinishlariga ko'ra berilgan bo'lib, aslida harakatlari davomida ularning ko'rinishlari keskin o'zgarib boradi. Xususan, kometa Quyoshdan juda uzoq masofada bo'lganda (u paytda kometa planetamizdan ham uzoq masofada turadi), uning asosiy massasi mujassamlashgan yadro deb ataluvchi qismi xira yulduzcha shaklida ko'zga tashlanadi. U Quyoshga yaqinlashgan sayin yadro atrofini кота deyiluvchi siyrak gaz buluti o'raydi. Shuningdek, bu davrda komadan Quyoshga qarama-qarshi tomonga qarab ravshan «dum» cho'ziladi. Kometa Quyoshga yaqinlashgan sayin kometaning diametri va «dumi»ning uzunligi orta boradi. Qizig'i shundaki, diametri million kilometrgacha tartibdagi kometa yadrosini o'rove hi koma ham va uzunligi bir necha yuz million kilometrgacha yetadigan «dum» ham kattaligi — atigi bir necha kilometr keladigan yadrodan, u Quyosh temperaturasidan «bahramand» bo'lgach, ajraladi. Kometaning yadrosi koma bilan birgalikda uning boshi deyiladi. «Bosh» va «dum»dan tashkil topgan bu antiqa «yulduz» o'zini fanga hozirgidagidek tanishtirgunga qadar, o ‘z ko'rinishi bilan odamlarni ko'p tashvishga solgan osmon jismlaridan hisoblanadi.

2. Oʻta yangi yulduzlar —yorqinligi keskin oʻzgaruvchi (chaqnovchi) yulduzlar. Ularning chaqnashi portlash hisobiga yuz beradi. Portlash tufayli bunday yulduzlar ravshanligi bir necha kun davomida oʻnlab mln. marta ortadi. Portlash yuz bergandan keyin 2—3 hafta oʻtgach, yulduzlar oʻz ravshanligining maksimumiga erishganda ularning mutlaq yulduz kattaligi 11 dan to 19 gacha yetadi, soʻngra bir necha oy davomida yorqinligi 25—30 marta kamayadi. Chaqnash davomida Oʻta yangi yulduzlaryu. umumiy nurlanish energiyasi =1048— 104’ erg boʻladi. Fan nuqtai nazaridan yulduzlarning portlashi ular evolyutsiyasining oxirgi bosqichida vujudga keladigan muvozanatsizlikning oqibati deb qaraladi.

Galaktikada Oʻta yangi yulduzlaryu.ning chaqnashi bir necha yuz yilda 1—2 marta kuzatilishi mumkin. Astronomlar tomonidan Galaktikamizda ham bir necha Oʻta yangi yulduzlaryu.ning chaqnashi kuzatilgan. Bular ichida Savr yulduz turkumida 1054 yildan Xitoy astronomlari tomonidan kuzatilgan portlash eng quvvatli hisoblanadi. Bu yulduz bir necha kun davomida, hatto kunduzi ham koʻrinib turgan. 1572 yilda boshqa Oʻta yangi yulduzlaryu. daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan Kassiopeya yulduz turkumida, 1604 yilda esa Kepler tomonidan Ilon Eltuvchi yulduz turkumida kuzatilgan.

Oʻta yangi yulduzlaryu. ravshanliklarining vaqt boʻyicha oʻzgarish tabiati va spektriga koʻra ikki turga boʻlinadi. Oʻta yangi yulduzlaryu.ning 1turi 2turiga nisbatan 5—10 marta ravshan boʻlib, ravshanlikning maksimumiga tez erishadi.

3-variant


  1. Meteorlar, bolidlar.

  2. Yulduzlarning ichki energiya manbalari.

  3. Qutbiy (α Kichik Ayiq), Mistar (£, Katta Ayiq) va Kapteyn yulduzlarining parallakslari mos ravishda 0ʺ,005, 0ʺ,037 va 0ʺ,251. Bu yulduzlargacha bo‘lgan masofalarni parseklarda va yorug‘lik yillarda ifodalang.

1. Meteorlar (yun. meteora — atmosfera va osmon hodisasi) — sayyoralararo fazodan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga katta (11–75 km/s) tezlikda qattiq zarralar yoki jismlarining kelib tushishi natijasida roʻy beradigan chaqnash va boshqa hodisalar. Xalq tilida "uchar yulduzlar" deb ham ataladi. M. dastlab vizual (teleskop va boshqalar) yoʻl bilan keyinroq esa fotografiya qamda radiolokatsiya yoʻli bilan kuzatilgan. Meteor jismlar Yer atmosferasi bilan toʻqnashganida oʻz massasining toʻla yoki qisman yoʻqotishi va ionlashgan yorugʻ iz qoldirishi kuzatilgan. Yorugʻ izning uzunligi bir necha km dan oʻnlarcha km gacha boʻlishi mumkin. Yorugʻ va xira meteorlar mavjud, yorugʻlari kam, xiralari koʻproqkuzatiladi. M. yorugʻligi meteor jismlarning kattaligiga va tezligiga bogʻliq. Eng yorugʻ M. bolidlar deyiladi. Atmosferada bir sutkada yorugʻligi taxminan beshinchi yulduz kattaligidek 100 mln. ta meteor chaqnaydi. M. vaqt oʻtishi bilan asta-sekin parchalana borib biror balandlikda (odatda 60–10 km) yoʻq boʻlib ketadi. Yorugʻ yulduzlar, mas, bolidlar ancha pastlik (20–40 km) da tugaydi. M.spek-trida Fe, Na, Mg, Ca, Cr, Si+, N, O elementlarining intensiv chiziqlari aniqlangan. Yer atmosferasiga katta tezlikda yorib kirayotgan M. harakat energiyalarini atmosfera gazlarini qizdirishga sarf qiladi. Buning natijasida uygʻongan holatga oʻtgan atomlarning Ne, O, Na, Si va Sa ionlari asosiy xrlatga qaytayotganda yorugʻlik sochiladi. Yer oʻz harakati vaqtida M. oqimi bilan toʻqnashganda Yerda M. yomgʻiri hodisasi kuzatiladi. Bunda qisqa vaqt ichida (mas, 1 min.da) bir necha yuz M. chaqnashi mumkin.

2.


4-variant

  1. Meteor «yomg’irlari» va parchalangan kometalar orbitalari.

  2. Yulduzlarning evolyutsiyasi va modellari (ichki tuzilish) haqida tushuncha.

  3. Uzbekistaniya asteroidining katta yarim o‘qi 3,20 a.b., ekssentrisiteti 0,063. Uning perigeliy, afeliy masofalari hamda aylanish davri topilsin.

1.

5-variant



  1. Meteoridlar.

  2. Yulduzlarning fazoviy va xususiy harkatlari.

  3. Oy orbitasining ekliptikaga og‘maligini (γ=5º9′) e’tiborga olib, Oy markazining og‘ish (shimoliy va janubiy osmon yarim sharlarida) chegaralari qanchagacha borishini aniqlang.


Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling