Atajanova Arofatxon


II bobi “II.bob. Sharq va G’arb notiqligi”


Download 305 Kb.
bet15/15
Sana20.06.2023
Hajmi305 Kb.
#1631590
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Atajanova Arofatxonning Pedagogikadan kurs ishi 2

II bobi “II.bob. Sharq va G’arb notiqligi”. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
Jami 800 ga yaqin maktub.
Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan. Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.
Tafakkur taraqqiyoti bosqichlari
Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro bog‘liqligi.
Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro farqli jihatlari.
Sharq va G‘arb falsafiy ta’limotlarining tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati.
Qadimgi davr
Kurs ishi ilmiy rahbari, p.f.n., dotsent Sh. Abdujalilova


Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling