Atajanova Arofatxon


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti


Download 305 Kb.
bet14/15
Sana20.06.2023
Hajmi305 Kb.
#1631590
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Atajanova Arofatxonning Pedagogikadan kurs ishi 2

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Gumanitar fanlar fakulteti “O’zbek tili va dabiyoti yo’nalishi”
O’TA 19/2 guruh talabasi Atajanova Arofatxonning
Sharq mutafakkirlari notiqlik san'ati haqida”
mavzusidagi kurs ishiga
XULOSA

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruny, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshqariy, Kaykovus, Alishr Navoiy, Bobur, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan.


Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar.
Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
Kurs ishining I bobi Notiqlik madaniyati va uning paydo bo’lishi, 1.1 bandi Nutq madaniyati haqida berilgan.
Bugungi kunda mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi bugungi kun yoshlariga bog`liqdir. Demak, bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o‘z to‘g`ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lmog`i lozim. O‘quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so‘zsiz o‘qituvchiga, uning o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g`ri boshqara olishiga va o‘quvchilar bilan o‘rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog`liq.
Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan yig’inlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini tekshirish jarayoni ham notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi. Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan nuqson va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi.
Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.
Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.
Kurs ishining
Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling