Atajanova Arofatxon


Sharq va G`arb notiqlining o`xshash va farqli jihatlari


Download 305 Kb.
bet8/15
Sana20.06.2023
Hajmi305 Kb.
#1631590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Atajanova Arofatxonning Pedagogikadan kurs ishi 2

2.2 Sharq va G`arb notiqlining o`xshash va farqli jihatlari
Orta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati oziga xos mavqyega egadir. Sharqda, jumladan, Movaroun-nahrda notiqlik, voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda sozning ahamiyati, ma’nosi va undan orinli foydalanish borasida kop yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, “Nutq odobi”, “Muomala madaniyati” nomlari bilan yuritilib kelingan “nutq madaniyati” tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Koshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sofi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunos-likka oid asarlar yozganlar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) ozining “Geodeziya” asarida har bir fanning paydo bulishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.
Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy tog’ri sozlash, tog’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, qanday sorash va qanday javob berish (masalasiga) kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...” .
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bolib, uning 6-7-boblari soz odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali oquvchini yoqimli, muloyim, orinli sozlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. Sozlaganda oylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani koz oldiga keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bolishi, ozini xalq orasida oddiy tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, kop gapirish donolik belgisi emasligini shunday ifodalaydi: “Ey farzand, agar har nechakim suxandon bolsang, ozingni bilg’ondan kamroq tutg’il, to sozlash vaqtida nodon va beburd bolib qolmag’aysan. Kob bilib, oz sozlag’il va kam bilib kop soz demag’il. Nima uchunki, aqlsiz shundoq kishi boladur-u kop sozlar. Debdularki, xomushlik salomatlik sababidir, chunki kop sozlaguvchi oqil kishi bolsa ham, avom uni aqlsiz derlar”.
Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bolgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida sozlarni tog’ri tanlash va tog’ri qollash haqida: “Bilib sozlasa soz bilig sanalur” degan edi. Qisqa sozlash, sozlarga iloji boricha koproq ma’no yuklash haqida:
Ugush sozlama soz biror sozla oz
Tuman soz tugunini bu bir sozla yoz,
deydi. Mazmuni: sozni kop sozlama, kamroq sozla. Tuman (ming) soz tugunini shu bir soz ila yech. Gapirishdan maqsad sozlovchi kozda tutgan narsa, hodisa, voqyealarni tinglovchiga tog’ri, ta’sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning tog’riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir sozlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, sozning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham sozlaganda nutqni oylab, shoshmsdan tuzishga, keraksiz, yaramas sozlarni ishlatmaslikka, mazmundor sozlashga chaqiradi. Notog’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb sozlovchini ogohlantiradi:
Oqub sozla sozni eva sozlama,
Sozung kizla kedin, boshing kizlama.
Mazmuni: (Sozni uqib sozla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas sozlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma).
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va korsatmalarda sodda va orinli gapirish, qisqa va mazmundor sozlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, tog’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik, tilyog’lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda soz boradi.
O’rta Osiyo notiqligining oziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u, eng avvalo, osha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissagoylar, masalgoylar, badihagoylar, qiroatxonalar, muammogoylar, voizlar, goyandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini tog’ri anglovchi sog’lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo tog’ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Mahbub ul-qulub”, ”Nazm ul-javohir” asarlari ozbek tilida nutq tuzishning gozal namunalari bolishi bilan birga uning mukamallashishiga ham katta hissa qoshdi. U ozining “Mahbub ul-qulub” asarida shunday deydi: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bolsa, tilning ofatidur...” ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o`rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir.
Insondagi ijobiy fazilatlar uni komillik sari yuksaltirsa, salbiy illatlar tubanlik qa’riga tortadi. Bu esa muomala jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Muomala inson xulqining oynasi ekani oydin bo‘ladi.
Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida odamzot tabiatidagi maqbul va nomaqbul xislatlarni qayd eta turib, insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytarguvchi ilm bu axloq ekanini ta’kidlaydi. “Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko‘z ila bor narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon bo‘ladur. Jasadning surati hammaga ma’lum bir narsadurki, har vaqt ko‘zga ko‘rinib turadur. Ammo nafsning surati ko‘zga ko‘rinmaydurgan, aql ila o‘lchanadurgan bir narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur.” (A.Avloniy.,”Turkiy guliston yoxud axloq” T, O‘qituvchi, 1992 y.11-b.)
Anglashilayaptiki, bunday badfe’l kishilarga tarbiya ham ojizlik qiladi. Bu borada boshqa bir shoirning bitigini keltirish o‘rinlidir.

Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling