Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna Saidova Aziza Yakubovna
Download 447.26 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiyа
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI” 275 AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI Sport Bilan Shug’ullanuvchi O’smirlarning Asosiy Ozuqalarga Bo’lgan Extiyoji 1 Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna 2 Saidova Aziza Yakubovna 1,2 Farg`ona politexnika instituti, Farg`ona, O`zbekiston Annotatsiyа: Sport nutritsevtikasini rivojlanishida mashq (trenirovka)jarayonining barcha bosqichlarida sportchilarning ovqatlanish rejimiga yondashuvlarini ilmiy asoslash dolzarbligicha qolmoqda. Bu masalalarni xal qilishda.yuqori energetik qiymatga ega, hazm bo`lishi oson, zarur vitaminlar va minerallar majmuasi bilan boyitilgan, shu jumladan, organizmning individual xususiyatlariga qarab ovqatlanishning uslubiy bazasini rivojlantirish, shuningdek funktsional ovqatlanishni tashkil etish chora-tadbirlar kompleksini baholash uchun dalillarga asoslangan tadqiqotlar o`tkazishni maqsad qildik. Kalit so`zlar: uglevod, protein, nutritsevtika, funktsional ovqatlanish, jir, makronutriyent, prebiotik, vitamin. Sportni rivojlantirishning hozirgi darajasi bolalar va yoshlarda yuqori natijalarni talab qiladi, bu katta jismoniy va asab-ruxiy zurikishlar hisobiga amalga oshiriladi. Tugri ovqatlanish bolaning sog`lig`ida eng muhim omil bo`lib, uning salomatlik xolati va jismoniy rivojlanish kursatkichlariga ta’sir qiladi. Sarflangan energiyani urnini tuldirish,anabolik jarayonlarni faollashtirish uchun organizmni oqsillar, yog`lar, uglevodlar kabi makronutriyentlar va mikronutriyentlar-minerallar, vitaminlar va boshqa muhim biologik faol moddalar bilan ta’minlash zarur..Bu esa sport bilan shugullanuvchi usmirlarning ovkatlanishiga aloxida talablar kuyaadi. Sport nutritsevtikasini rivojlanishida mashq (trenirovka)jarayonining barcha bosqichlarida sportchilarning ovqatlanish rejimiga yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarbligicha kolmokda. Bu masalalarni xal kilishda.yuqori energetik qiymatga ega hazm bo`lishi oson,zarur vitaminlar va minerallar majmuasi bilan boyitilgan maxsus xususiyatlari bilan mahsulotlar yaratish va foydalanish, shu jumladan,organizmning individual xususiyatlariga karab ovkatlanishning uslubiy bazasini rivojlantirish, shuningdek funktsional ovkatlanishni tashkil etish chora-tadbirlar kompleksini baholash uchun dalillarga asoslangan tadqiqotlar o`tkazishni maksad kildik. Sportchi bolalar uchun parhezlar tarkibi bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va ko`rsatmalarda o`z aksini topadi [3], Sportchining ovqatlanishi barcha omillarga - umumiy (sport turi, mashg`ulot jarayonining bosqichi va sharoiti) hamda sportchi organizmining barcha individual xususiyatlariga asoslanishi kerak. Download 447.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling