Atb “agro bank” qumqo`rg`on filyali Reja Kirish
Download 0.93 Mb.
|
Hisobot Sanjar Xisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank va mijozlar tarkibi 01.01.2019 01.01.2020 01.01.2021
- AT “Agrobank” Qumqo`rg`on tuman filialining kapital tarkibi
- Bank kapitalining tarkibi 01.01.2019 01.01.2020 01.01.2021
- 01.01.2018 01.01.2019 01.01.2020
- Jalb qilingan depozitlar
- Muddatli jamg’arma omonatlari
- Agrobank” ATB rivojlanishidagi zamonaviy tendesiyalar
- Agrobank” — O‘zbekistondagi birinchi mobil bank ofisi
- Agrobank” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib qishloq xo‘jaligi uchun 100 kitob to‘plamini taqdim etdi
AT“Agrobank” Qumqo`rg`on tuman filialida xizmat ko’rsatiladigan mijozlar to’g’risidagi ma’lumot
Bank kapitali bank balansining passivida joylashganbо’lib, bank bankrot holatiga tushganda da’volarni qoplashining muhim sug’urta fondi hamda bankoperatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bо’lib hisoblanadi. Aynan, shuning uchunham, banklarni nazorat qiluvchi organlar bank kapitalining yuqoriroq bо’lishini talab qiladi va bumasalaga alohida e’tibor beradilar.Tijorat banklari kapitali ular faoliyatini moliyalashtirishning ishonchli va barqaror manbaidir.Tijorat banklari jami kapitali tarkibida asosiy kapital muhim rol о’ynaydi. AT “Agrobank” Qumqo`rg`on tuman filialining kapital tarkibi Bank kapitalining tarkibi, milliard so’m
U tijorat banklarigaiqtisodiy konyukturaning keskin о’zgarishlari natijasida yuzaga keladigan shart–sharoitlargamoslashish imkonini beradi. Kо’pchilik tijorat banklari aksiyador bank hisoblanib, bank kapitaliaksiyadorlar investitsiya qilgan va keyinchalik foyda vazarar hisobiga qо’shilgan yoki ayrilganqiymatiga teng bо’ladi. Shakllanishi bо’yicha kapital e’lon qilingan va tо’langan bо’lishi mumkin.E’lon qilingan kapital bank tashkil qilish paytida aniqlanishi va qisman tо’lanishi mumkin. E’lonqilingan kapital tо’liq tо’langandan sо’ng tо’langan kapitalga aylanadi. О‘z navbatida, asosiykapitalning tarkibida barqarorligi jihatidan birlamchi о‘rinni ustav kapitali egallaydi. Bank resurslari bazasi
Tijorat bankiningmoliyaviy barqarorligi baholanayotganda ustav kapitalining tо’langan qismi e’tiborga olinadi. Banklarustav kapitalining yetarliligini ta’minlash ular likvidligi va tо’lovga qobilligini baholashning muhimshartidir.Bank kapitali yetarliligini ta’minlash tijorat banklari barqarorligini ta’minlashdagi markaziymasalalardan biri qisoblanadi. Uning yetarliligini tavsiflovchi dastlabki kо’rsatkich AQShda paydobо‘ldi. Bu kо’rsatkich bank kapitalini depozitlarga nisbati tarzida aniqlanar edi. Bank kapitalinianiqlashda asosan kapital nisbati, ya’ni kapitalning aktivlariga nisbati aniqlanadi. Masalan, AQShda1980 yilgacha bu nisbat juda tez tushib ketdi, ayniqsa, 1970 yilda kо’pchilik banklarda bu nisbat 5foizdan ham kо‘proq bо‘lib qoldi. Bu hodisani tо‘xtatish uchun banklarni nazorat qiluvchi organlartomonidan bu nisbatning minimal normasini - 5,5foiz qilib о‘rnatildi.Bank kapitalini baholash metodologiyasini takomillashtirish doimo Markaziy banklarning diqqatmarkazida bо’ldi. 1986 yil iyulda banklarni tartibga solish va nazorat qilish bо’yicha Bazel qо‘mitasitomonidan kapitalning yetarlilik normative ishlab chiqildi va u 1988 yildan amaliyotda qо‘llanilaboshladi. Ushbu normativning о’ziga xos xususiyati shundaki, u faqat xalqaro banklarga nisbatanqо‘llaniladi. Bunda xalqaro bank deganda xorij filiallari, shо’ba banklari bо‘lgan banklar va qо‘shmabanklar tushuniladi. Bu normativ Kо’k koeffitsiyent deb ataladi.Kо’k koeffitsiyentning boshqa kо‘rsatkichlardan farq qiluvchi asosiy jihati shundaki, u bankkapitali bilan uning balansdan tashqari aktivlarning xatarga tortilgan summasi о‘rtasidagi minimalnisbatni belgilaydi. Tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori xalqaro andozalar bо’yicha 5mln. AQSH dollariga teng bо’lishi lozim. Respublikamizda esa, xususiy tijorat banklari kо’payishirag‘batlantirish maqsadida, ularning ustav kapitali minimal miqdori xalqaroandozalar talablariganisbatan sezilarli darajada, ya’ni 0,3 mln. AQSH dollari miqdorida birmuncha past о’rnatilgan. “Agrobank” ATB rivojlanishidagi zamonaviy tendesiyalar Kundalik hayotimizda transformatsiya, raqamlashtirish, masofaviy boshqarish strategiyasi rivojlanishning asosiy bosqichiga aylanib ulgurdi. Bugungi bozor talabi, iste’molchilar istagi zamonaviy axborot texnologiya yutuqlaridan samarali foydalanishni taqoza etmoqda.“Agrobank” ham bank xizmatlarini raqamlashtirishga, masofaviy xizmatlar ko’lamini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Ushbu muhim tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda, bir qator zamonaviy xizmatlarni O’zbekistonda birinchilardan bo’lib hayotga tadbiq etib kelayotganligini e’tirof etishimiz o’rinli.Bank tomonidan yaqinda joriy qilingan shunday qulayliklardan biri kartomat qurilmasidir. Mazkur qurilma mijozlarga qisqa vaqt rejimida, tun-u kun bank xodimlarining yordamisiz, mustaqil ravishda Visa kartalarni olish imkoniyatini beradi. “Agrobank” so’nggi yillarda mamlakatimizdagi bank xizmatlari sohasida birinchilardan bo’lib taqdim qilgan xizmatlarni bir eslab o‘tsak: “Sberbank” bilan hamkorlikda, Rossiyadan O‘zbekistonga Uzсard va Humo kartalariga pul o‘tkazish; Humo va Uzcard kartalaridan Rossiya kartalariga pul o‘tkazish; onlayn mikroqarz xizmati; Humo kredit kartalari; multivalyutada Visa kartalari; Humo va Uzcart to‘lov tizimlarida, Click bilan hamkorlikda kobrend kartalari; yuridik shaxslar uchun onlayn kreditlar; mobil ilova orqali istalgan bankning hisob raqamlariga pul o‘tkazish xizmatlari shular sirasidandir. Bankning eng asosiy maqsadi, albatta, mijozlarga qulay, tezkor va sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishdir. “Agrobank” tomonidan karantin sharoitida mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligini hamda qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq riskini yumshatish maqsadida yuridik hamda jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlarini qaytarilishida ularga imtiyozli davr berish maqsadida jismoniy shaxslarga 2020-yilning 1-avgustgacha, yuridik shaxslar uchun esa 1-oktabrga qadar kredit ta’tillari joriy qilindi.Shuningdek, aprel, may, iyun hamda iyul oylarida muddati tugaydigan milliy va xorijiy valyutadagi omonatlarni avtomatik tarzda prolongatsiya qilish, ya’ni muddati joriy yilning 1-avgustiga qadar uzaytirildi. Bunda omonat foizlari o‘zgarishsiz qoladi va karantin muddati tugagandan so‘ng barcha oylarga hisoblangan foizlarni bir vaqtning o‘zida yechib olish mumkin.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun banklararo pul o‘tkazmalarini onlayn amalga oshirish imkonini beruvchi ANOR tezkor to‘lovlar tizimi ishga tushirildi. To‘lovlarni kecha-yu kunduz va dam olish kunlarisiz amalga oshirish mumkin, bu ham o‘z navbatida mijozlarni ortiqcha bank binosiga tashrif buyurishini oldini oladi.Karantin davrida mobil ilova orqali Uzcard plastik kartadan Humo plastik kartalariga va aksincha Humo plastik kartadan va Uzcard plastik kartalariga mablag‘lar o‘tkazish imkoniyati yaratildi, komissiya miqdori o‘tkazma qiymatidan 1% dan 0,5% ga tushirildi.Hozirgi kunda respublikada yagona bo‘lib kelayotgan yuridik shaxslar uchun onlayn kredit ham joriy etilgan. Bunda mijoz bankka murojaat qilmasdan, Agrobankmobile mobil ilovasi va Internet banking tizimi orqali atigi bir necha daqiqalarda kredit rasmiylashtirib o‘z hisob raqamiga o‘tkazishi mumkin. “Agrobank” — O‘zbekistondagi birinchi mobil bank ofisi Keyingi yillarda O‘zbekistonning bank-moliya sohasida ham keng ko‘lamli islohotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ham transformatsiya jarayonlari jadallik bilan olib borilyapti. Bank aholi va mijozlarga tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda.Bu borada bank xizmatlari va mahsulotlari qulayligini oshirish, zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan, xorijiy banklar tajribasi muntazam o‘rganilib kelinmoqda. Ayni shu jarayonda xorijiy “Sberbank” va “Ziraat Bank” tajribasi asosida, xizmat ko‘rsatish hududini o‘zgartira oladigan mobil ofislar faoliyati o‘rganib chiqildi. Bankning uzoq yillik rivojlanish strategiyasi va transformatsiya jarayonlarida ham bank tomonidan mobil ofislar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.Ushbu mobil ofis jismoniy shaxslarga ko‘plab bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususan, u bankomatdan naqd pul olish, plastik kartalarni to‘ldirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, bir martalik to‘lovlar, Uzcard va Humo plastik kartalarini ochish, kredit olish bo‘yicha ariza qoldirish hamda boshqa bank xizmatlarini taqdim etadi.Mazkur mobil ofisni tashkil etish maqsadida “Agrobank” respublikadagi tijorat banklari ichida birinchilardan bo‘lib, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan Isuzu HD 50 avtobusini belgilangan qonunchilik asosida, qo‘shimcha texnik jihozlash natijasida masofa tanlamas ko‘chma bank ofisini yaratdi.Hozir ana shu “Agrobank” mobil ofisi Toshkent shahrida, Isuzu HD 50 avtobusi sinov tariqasida xizmat ko‘rsatish uchun barcha kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlanib, xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirilgan. “Agrobank” kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bank xizmatlari sohasini rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi. “Agrobank” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib qishloq xo‘jaligi uchun 100 kitob to‘plamini taqdim etdi Ta’kidlash o‘rinliki, prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida keltirilganidek, kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish.Darhaqiqat, jahon miqyosda aholining oziq-ovqat xafsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati hamda global bozorlardagi maydonlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun xomashyo hisoblangan bug‘doy, soya, makkajo‘xori narxi oshib bormoqda.Dunyo bozorlarida yuzaga kelayotgan bu kabi holatlar mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarblik kasb etmoqda. “Agrobank” ATB respublika qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishi e’tiborga molikdir. Xususan, bank tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni tatbiq etish, sohada fermerlar, tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari va aholi uchun sodda, tushunarli bo‘lgan metodologik qo‘llanmalarni tayyorlash loyihasi amalga oshirildi.Ushbu loyihani boshlashda Turkiya Respublikasida qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan o‘quv to‘plamlari o‘rganib chiqildi.Bu kabi qo‘llanmalar shu kungacha O‘zbekistonda alohida to‘plam shaklida tayyorlanmagan. Mahalliy olimlar tomonidan tayyorlangan kitoblar cheklangan nashrda chop etilgan, keng foydalanuvchilar qo‘liga yetib bormasdan, asosan ilmiy mutaxassislar va talabalar tomonidan o‘rganilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling