Atb “agro bank” qumqo`rg`on filyali Reja Kirish


Quyidagi holatlarda lizing xizmatlari ko’rsatilmaydi


Download 0.93 Mb.
bet9/12
Sana26.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1124849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hisobot Sanjar Xisobot

Quyidagi holatlarda lizing xizmatlari ko’rsatilmaydi:


  1. Zarar bilan faoliyat yuritadigan hamda nolikvid balansga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlariga;

  2. Salbiy kredit tarixiga ega bo’lganda;

  3. Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing ob’yektini qo’llash ko’zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko’rsatishga yo’l qo’yilmaydi.

Depozitar seyflar


ATB "Agrobank" barcha xohlovchi jismoniy hamda yuridik shahslarga moddiy boyliklar, noyob buyumlar va hujjatlarni saqlash uchun yangi va qulay xizmat turi - «Bank depozit katakchalari»dan foydalanishni taklif etadi. Bank mijozlarining qimmatliklarini ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida, Shvetsiyaning «ROBUR SAFE AB» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan turli hajmdagi depozitar katakli seyflar o’rnatilgan.
Bank Sizga qimmatli buyumlaringizning ishonchli saqlanishiga hamda sir tutilishiga kafolat beradi. Depozitar kataklardan 1 oy foydalanish uchun uning hajmidan kelib chiqqan holda, quyidagi xizmat haqi o’rnatilgan.

Yuridik shaxslar uchun:


  • 55 x 320 x 490 mm - 35 000 so'm (oylik)

  • 88 x 320 x 490 mm - 50 000 so'm (oylik)

  • 198 x 320 x 490 mm - 70 000 so'm (oylik)

  • 308 x 320 x 490 mm - 85 000 so'm (oylik)

Jismoniy shaxslar uchun:


  • 55 x 320 x 490 mm - 15 000 so'm (oylik)

  • 88 x 320 x 490 mm - 35 000 so'm (oylik)

  • 198 x 320 x 490 mm - 50 000 so'm (oylik)

  • 308 x 320 x 490 mm - 85 000 so'm (oylik)

Yuridik shaxslar tomonidan depozitar kataklarni ijaraga olishda bank boshqaruvchisi nomiga ariza yoziladi, ariza shu kunning o’zida ko’rib chiqiladi. Depozitar katakdan foydalanishga ruxsat berilgandan so’ng, bank va tashkilot o’rtasida shartnoma imzolanadi. Notarial idora yoki yuqori tashkilotda tasdiqlangan imzo va muhrlar namunalari kartochkasi rasmiylashtiriladi va tashkilot vakili tomonidan o’rnatilgan tarif asosida xizmat haqi to’lanadi. Keyinchalik depozitar katakchadan faqatgina imzolar namunalari rasmiylashtirilgan tashkilot vakillarigina foydalanishi mumkin. Jismoniy shaxs bilan faqatgina ariza va shartnoma rasmiylashtirilib, imzo namunasi kartochkasi talab qilinmaydi.
Mijoz o’z xohishiga ko’ra, notarial idorada tasdiqlangan ishonchnoma asosida ikkinchi shaxsga depozitar katakdan foydalanish huquqini berishi mumkin.
Bank o’z navbatida mijozga tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan shartlar bo’yicha depozitar katagidan to’siqsiz foydalanish sharoitlarini yaratib beradi hamda mavjud qonunchilik asosida bank sirini saqlaydi. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling