Atb “agro bank” qumqo`rg`on filyali Reja Kirish
Hurmatli aksiyadorlar! Muhtaram xonimlar va janoblar!!
Download 0.93 Mb.
|
Hisobot Sanjar Xisobot
Hurmatli aksiyadorlar! Muhtaram xonimlar va janoblar!!
Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi. Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi. O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan yutuqlar zamirida aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz hamda bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan haqiqiy hamkorlik yotadi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling