Ateroskleroz gipertoniya kasalligi gipertonik kirish klinikasida shoshilinch yordam. Ateroskleroz nima?


ATEROSKLEROZ VA QANDLI DIABET KASALLIGI


Download 170.98 Kb.
bet5/10
Sana09.11.2023
Hajmi170.98 Kb.
#1760317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ateroskleroz gipertoniyada shoshilinch yordam

ATEROSKLEROZ VA QANDLI DIABET KASALLIGI
Xolesterin me’da osti bezi hazm qildiruvchi shirasi va gormonlari sintezida faol ishtirok etadi va u qandli diabet rivojlanishining sababchisi bo’lmasa ham, uning kechishiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi.
Qandli diabet qon tomirlarining aterosklerozi xavfini oshiradi (rivojlanish ehtimoli yarim baravar ortadi). Bundan tashqari tomirlarning aterosklerozi diabet kechishini og’irlashtiradi. Qandli diabet ishtirokida ateroskleroz kasalligi rivojlanishi xavfi erkaklarda ham, ayollarda teng darajada belgilanadi (agar diabet kasalligi bo’lmasa, ko’pincha erkaklar aziyat chekadi).
Qandli diabet, o’z navbatida, aterosklerozning kechishini jiddiy ravishda murakkablashtiradi:

  • Ateroskleroz diabet bilan og’rigan bemorlarda kichik yoshda ham paydo bo’lishi mumkin. Odatda esa kasallik 45-50 yoshdan keyin rivojlanadi.

  • Anevrizmalarning paydo bo’lishi ehtimoli katta;

  • Tomirlar nafaqat yopilib qoladi, balki juda nozik holga keladi, bu esa insult ehtimolligini oshiradi;

  • Bu jarayon ham yurak, ham miya va ham oyoq-qo’llarga ta’sir qiladigan tizimli xususiyatga ega bo’ladi.

Ateroskleroz diabetning birinchi turida ham, ikkinchi turida ham boshlanadi. Diabet hazm qilish va lipidlar almashinuvi buzilishi bilan bog’liq bo’lib, bu normal modda almashinuvini to’xtashiga sabab bo’ladi. Tomir devorlari yog’ fraksiyalari uchun haddan tashqari yuqori o’tkazuvchan bo’lib qolib, qon oqimiga juda ko’p «yomon xolesterin» kiradi. Katta arteriyalar devorlarida yog’lar asta-sekin to’planib borib, tomir bo’shlig’ini yopib qo’yadi.
Vaqt o’tishi bilan yog’ qatlamlari biriktiruvchi to’qima bilan qoplanadi va kaltsiy cho’kindilari ta’sirida kristallanadi. Bu tuzilma «tosh» ga aylanadi va arteriya bo’shlig’i yanada yopiladi. Arteriya sinuvchan bo’lib qoladi va o’z o’tkazuvchanligini yo’qotadi. Natijada zararlangan hududda qon aylanishining buzilishi, ishemiya, tomirning yorilishi va nekrozi kuzatiladi.
Qandli diabeti bo’lgan bemorlar gipertoniya, ishemik yurak kasalliklari va stenokardiya kabi yurak-qon tomir kasalliklaridan odatdagiga nisbatan 4 marta ko’proq aziyat chekishadi. Bundan tashqari, diabetiklarda ateroskleroz bilan birga oyoqlar nekrozi (gangrenasi) rivojlanishi ehtimolligi deyarli yetti marta yuqoriroqdir. Ushbu omillar davolashda ko’rib chiqilishi kerak.

Download 170.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling