Ateroskleroz gipertoniya kasalligi gipertonik kirish klinikasida shoshilinch yordam. Ateroskleroz nima?
Download 170.98 Kb.
|
Ateroskleroz gipertoniyada shoshilinch yordam
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATEROSKLEROZNING TURLARI
- XOLESTERIN DARAJASI VA ATEROSKLEROZ
Noto’g’ri ovqatlanish. Yog’li, zararli taomlar asosiy xavf omilidir. Ovqatlanish hayotimizda juda muhim fiziologik jarayondir. Kelajakdagi sog’ligimiz mahsulotlarning qanchalik foydali ekanligiga bog’liq bo’ladi. Juda kam kishilar biladi, ammo shifobaxsh va muvozanatli parhezdan tashqari boshqa barcha parhezlar Jahon oziq-ovqat gigienasi kengashi tomonidan tasdiqlanmagan. Ovqatlanish ehtiyojlaringiz va energiya sarf-xarajatlaringizga qarab to’g’ri va oqilona bo’lishi kerak.
Yaponiyadagi o’rtacha umr davomiyligi 84 yil, O’zbekistonda esa 68,5 yilga yaqin. Bu farq nimadan? Javob oddiy: Yapon va boshqa sharqiy xalqlarning ovqatlanishlarini ko’rib chiqing. Ularning taomnomasi turli donli mahsulotlarni, sabzavotlarni, o’tlarni, dukkaklilar va yangi baliqlarni o’z ichiga oladi. Har kuni Tokio bozori qimmatbaho yog’ kislotalari mavjud bo’lgan dengiz mahsulotlari bilan to’ldiriladi. Kasallikni davolab nima qilishadi, axir oldini olib bo’lsa. Keksalik paytida o’zingizga minnatdorchilik bildirish uchun yoshlikdanoq to’g’ri ovqatlanishni boshlang. ATEROSKLEROZNING TURLARI Yurak tomirlari (koronar arteriyalar) aterosklerozi. Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va infarkt rivojlanishiga turtki beradi; Aortal shakli. Aorta organizmdagi eng katta arteriyadir. Uning ateroskleroz bilan shikastlanishi barcha organlarga va tizimlarga sezilarli ta’sir qiladi; Buyrak tomirlarining aterosklerozi. Qon aylanishining yetishmasligi buyraklar vazifalarining buzilishi va og’ir arterial gipertenziyani keltirib chiqaradi; Miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarning aterosklerozi; Oyoq va qo’llar tomirlarining aterosklerozi. Kasallik shakllari mustaqil namoyon bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha tizimli ravishda yuzaga kerladi. XOLESTERIN DARAJASI VA ATEROSKLEROZ Xolesterin maxsus kimyoviy birikma bo’lib, tabiati bo’yicha — yog’li spirt. Xolestirinning hujayra tuzilmasi va organoidlari sintezida ishtirok etishi isbotlangan (xolesterin hujayra qobig’i shakllanishida ishtirok etishi barchaga ma’lum). Biroq, qonda bu modda darajasining oshishi aterosklerotik kasallik va boshqa yurak qon-tomir kasalliklari yuzaga kelishi xavfini oshiradi, chunki bu organizmda lipid va lipoprotein modda almashinuvini buzilishidan dalolat beradi. Ushbu kasallik rivojlanishini oldini olish uchun faqatgina yomon odatlardan voz kechish va qonda yog’li spirt kontsentratsiyasini doimo bir xil darajada saqlab turish kerak. Biroq, xolesterin faqat me’yoridan ortiqcha bo’lganidagina aterogendir. Uning normal miqdorda kerakligi faqat tuzilma vazifasini bajarilishi uchun emas, balki: Normal hazm qilish uchun. Jigarda yog’li spirtining ishtiroki bilan tarkibidagi yog’ saqlagan birikmalarni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan hazm qilish shirasi sintezlanadi; Jinsiy gormonlar va me’da osti bezi gormonlari barqaror sintezi uchun. Xolesterin qon oqimiga turli yo’llar bilan kiradi: Jigar tomonidan sintez qilinadi. Jigar xolesterinni eng ko’p ishlab chiqaradi. Odatda uning faol ishlab chiqarilishi xolesterinning iste’mol qilinayotgan ovqat tarkibida yetishmovchiligi bilan bog’liq. Jigar funktsiyasi buzilgan taqdirda, qonda bu modda darajasini tartibga solish bilan bog’liq muammolar ham yuzaga kelishi mumkin; Ovqat bilan tushadi. Bunday xolesterin miqdori 25 foizdan oshmaydi. Xolesterin hayvon yog’larini o’z ichiga olgan ovqatlarda mavjud. Eng katta kontsentratsiyasi tuxum sarig’i, yon go’sht mahsulotlari (miya, jigar, buyrak), margarinda mavjud. Ular tarkibidagi xolesterin organimzga erkin holatda tushadi va shundan keyin xilomikronlar yordamida jigarga olib boriladi, u yerda organizmning funktsional xususiyatlari va odatiy ratsioniga qarab ikki turdagi lipoprotein komplekslarga aylanadi: «yaxshi» (zichligi yuqori lipoprotein, ZYLP) va «yomon» (zichligi past lipoprotein, ZPLP). Birinchisi, tomirlar devorlarini yog’ qatlamidan tozalaydi, ikkinchisi esa ularni hosil qiladi. Xolesterin organizmda faol ravishda sintezlanishidan tashqari, organizmdan chiqarib ham yuboriladi. Birikmalarning aksariyati oshqozon-ichak trakti orqali tabiiy ravishda chiqarilib yuboriladi. Kamroq qismi esa teri va ichak shilliq yuqori qatlamlarining nobud bo’lishi orqali. Qonda xolesterin miqdori mutanosib ravishda ateroskleroz xavfini oshiradi — bu iborani ko’pincha eshitish mumkin, ammo haqiqatan ham shundaymi? Yo’q. Qondagi xolesterin miqdori me’yorda bo’lishi ushbu patologiya rivojlanmasligiga kafolat bermaydi. Ateroskleroz birga kechadigan kasalliklar (gipertoniya, semizlik, gipotalamik sindromning neyroendokrin shakli, qandli diabet, psixoaktiv moddalarga qaramlik va boshqalar) mavjudligi bilan bevosita bog’liq. Ular kasallikning rivojlanishi uchun munosib xavf omillari sifatida harakat qilishadi. Qanday bo’lmasin, xolesterin baribir ateroskleroz rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Xatarni kamaytirish uchun gipoxolesterin parhezga rioya qilish va moddaning konsentratsiyasini bir xil, me’yoriy darajada ushlab turish kerak. Download 170.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling