Atir sovun tarkibi
Sovundagi qо‘shimcha materiallar
Download 26.33 Kb.
|
ATIR SOVUN TARKIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- : atir sovun 4 ga, xо‘jalik sovuni 8 ga bо‘linadi.
9.3. Sovundagi qо‘shimcha materiallar. Natriy ishqori (NaOH, natriy gidroksid), yoki kaustik soda zavodga qattiq holda temir barabanlarda (92-96%li) yoki suyuq holda sisternalarda (42-43%li) keladi.
Natriy korbanat (91-99%) yoki kalsiylangan soda. Zavodga qattiq holda (91-99%li) keladi. Natriy xlor (NaCl),tovar nomi-osh tuzi. Qattiq holda keladi. (97-98%li) Bо‘yoqlar - atir sovunni bо‘yash uchun ishlatiladi. Suvda, yog‘da eriydigan va pigmentlar ishlatiladi. Suvda eriydigan anilinli bо‘yoq sifatida qizil rodalinli C28H31O3N2Cl sariq rangli metanil (C18H14O8N3Na), qizil-kо‘k. Flyuressein-limonli, jigar rang (C20H10O5N2) lar ishlatiladi. Xushbо‘y xid beruvchi moddalar (aromatizatorlar) yaxshi xid berish uchun qо‘shiladi. Ular har-xil xushbuy atir-upa kompozitsiyalarini tabiiy (efir moylari) va sintetik, moddalarni aralashmasidan buket shaklida tayyorlanadi. Xushbо‘y moddalardan 1 t sovunga 5-15 kg atrofida qо‘shiladi. Oksidlanishga qarshi moddalar - bular sovunlarni oksidlanish va yomon bо‘lib qolishidan asraydigan moddalardir. Tо‘yinmagan yog‘ kislotalarini oksidlanish natijasida sovunning xidi va rangi о‘zgaradi. Oksidlanishga qarshi ishlatiladigan modda sifatida silikat natriy (Na2O · nSiO2), limon kislotasi ishlatiladi. Qayishqoqli moddalar (plastifikatorlar) sovunni mо‘rtligini asraydi. Stabillovchi moddalar (stabilizatorlar) xushbо‘y moddalarni barqarorligini va sovunni kо‘pigini chidamligini oshiradi. Oksidlanishga qarshi va qayin qiladigan (plastifikator) mavjud: bular "Antol P-2", va “Plastibol-9". Tarkibi: Antol P-2 niki Na karboksimetilsellyuloza, limon kislota, oksibenzol kislotani metil efiri, polietilenglikol. Xо‘jalik- Uy rо‘zg‘or sovuni OST 18-368-80 bо‘yicha «qattiq uy-rо‘zg‘or sovuni» quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: 72-%li, 70%li, 60%li (31-jadval). Sovun bо‘laklari tо‘g‘ri burchakli shaklda, ustki qismi silliq, aniq shtampli bо‘lishi shart. Deformatsiyalangan bо‘laklar, yorqinlar, qattiq begona aralashmalar, yog‘li ajratmalar ruxsat etilmaydi (marmar kо‘rinishli struktura ruxsat etilgan). Sovunning konsistensiyasi qattiq bо‘lishi kerak, yopishqoq bо‘lmasligi kerak, rangi- och sariqdan (72%li sovun) och jigarranggacha (60%li sovun). Xidi sovunga xos, о‘tkir xidli bо‘lmasligi kerak. Aynigan yog‘larning, baliqning va boshqa kо‘lansa xidlar bо‘lmasligi kerak. Sovunning nuqtali namunalari tanlangandan sо‘ng darxol usti berkitiladigan idishga qо‘yiladi. Sinovlar paytida sovunning о‘rtacha namunadan olinsa bо‘lagi, namunasi 4-sinfga manub toroziga tortilib ikkinchi о‘nlik songacha natijasi yozilib uning о‘rtacha massasi aniqlanadi. OST 18-326-78 MPP bо‘yicha atir sovun ekstra, D (bolalar sovuni), I,II va III guruhlarga bо‘linadi. Ularning sifat xarakteristikalari 30-jadvalda keltirilgan. Olingan bо‘laklar bо‘lakning markazidan о‘tuvchi perpendikulyar tekisliklar bо‘yicha qirqiladi: atir sovun 4 ga, xо‘jalik sovuni 8 ga bо‘linadi. Download 26.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling