Atirgul navlarini yetishtirish
Download 227 Kb.
|
atirgul haqida malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genrix Myunx — Rozovaya drushki
- Frau Karl Drushki
- CHOY-DURAGAY ATIRGULLAR
REMONTANT ATIRGULLAR
Bu atirgul xillari eng qadimiydir. Ular gullari yirik, tojbarglari serqat va rang-barang bo`lishi, xushbo`y, qayta-qayta gullaydigan, qishga chidamli, uzishga, o`stirish va gulzor barpo qilishga qulayligi bilan xarakterlanadi. XIX asr oxirlarida bu xil atirgullar katta muvaffaqiyat qozondi, shu sababli qisqa muddat ichida undan 1300 taga yaqin nav yaratildi. Bu navlarning ko`pchiligi hozirgi vaqtda gulzorlarda ko`plab o`stirilmoqda. Genrix Myunx — Rozovaya drushki (Heinrich Munch) mo`l ochiladi, kuchli o`sadi, guli juda yirik, serqat, xushbo`y, rangi nafis pushti, bir oz sarg`ish tovlanadi. Mavsum boshida ko`p, yozda oz ochiladi. Unshudring kasalligiga ancha chidamli. ' Pol Neron (Paul Neyron). Mo`l ochiladi, g`oyat kuchli o`sadi, bo`yi 1,5—2 metrga etadi, tikanagi yo`q. Gullari yirik, serqat, sallasimon, hidi xushbo`y, rangi to`q pushti, uzun, pishiq va tikka o`sgan gulpoyalarda yakka ochiladi. Ko`klamda ko`plab, yozda ozroq gullaydi. Unshudring kasalligiga birmuncha chidamli. Frau Karl Drushki (Frau Karl Druschki). Mo`l ochiladi, kuchli o`sadi, bo`yi 1,5 metrga etadi. Barglari yirik, qoramtir. G`unchasi bokalsimon, oq-qirmizi-pushti rangda tovlanadi. Gullari g`oyat yirik, serqat, to`la ochiladi, hidi yo`q rangi oppoq qorsimon. Bu nav rangiga qarab, Qor malikasi deb ham ataladi. Ko`klamda ko`p ochiladi, yozda va kuzda ozroq. Oranjereyada qishda va erta bahorda o`stirishga qulay. Unshudring kasalligiga anchagina chidamli. CHOY-DURAGAY ATIRGULLAR Bu atirgullar xushbo`ylik, rangdorlik, go`zallik va uzoq muddat gullash xususiyatlarining bir-biriga mos kelishi bilan xarakterlanadi. Gullari odatda bir novdada yakka, goho to`p bo`lib ochiladi, hidi sentifol, remontant yoki choy atirgullarinikiga yaqin. Ranggi juda xilma-xil: oq pushti, o`rikrang — pushti, sargish, qizil. Ko`pincha ikki xil rangda tovlanadi. To`pi g`uj bo`lib o`sadi, bo`yi past va baland bo`ladi. Toshkentda choy-duragay atirgullar may oyidan boshlab to noyabr oyigacha ochiladi. Biologik xususiyatlariga ko`ra noyabrdan so`ng ham ochiladi, ammo g`unchalari sovuqdan nobud bo`ladi va o`simlik o`sishdan qoladi. Choy-duragay atirgullar qishda va erta bahorda oranjereyalarda o`stirish, gulzorga o`tqazish va guldastalar tayyorlash maqsadida ko`plab yetishtiriladi. Choy-duragay atirgullar ustida juda ko`p mamlakatlarda seleksiya ishlari olib borilmoqda. Shu sababli xam bu xil atirgullarning navi 3000 dan ortiqdir. Bu gullar remontant atirgullarni siqib chiqaradi va hozirgi vaqtda etishtirilayotgan atirgullarning ko`pchiligini tashkil qiladi. Quyida O`zbekiston sharoitida yaxshi o`sadigan choy-duragay atirgul navlari bayon qi- linadi. Download 227 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling