atmega Mikrokontrollerining tashqi va ichki ko’rinishi 1-расм atmega Mikrokontrollerining tashqi ko’rinishi


Taymer / hisoblagich (Timer/Counters)


Download 132.87 Kb.
bet4/7
Sana23.03.2023
Hajmi132.87 Kb.
#1288877
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2mustaqil ish Imomnazarov.

Taymer / hisoblagich (Timer/Counters)
AVR MK lari razryadligi 8 bitdan 16 bitgacha bo’lgan 1 tadan toki 4 tagacha bo’lgan taymerlar hisoblagichlardan iborat bo’ladi.Ular ichki taktli chastota manbaining taymeri va tashqi hodisalarning hisoblagichi vazifalarini bajaradi.Ularni vaqt intervalini tashkil qilish uchun, MK chiqishlaridagi impulslarini hisoblash uchun, ketma – ket impulslarni tashkil qilish uchun ishlatiladi. ШИМ (PWM) rejimida taymer / hisolagich keng – impulsli modulyator vazifasini bajarishi mumkin, u dasturlanuvchi chastota yordamida signalni yuzaga keltirish uchun ishlatiladi.
Taymer / hisolagich uzilish so’rovini ishlab chiqarish, protsessorni holat bo’yicha xizmat ko’rsatishini uzib ulash va taymer holatini majburiy davriy tekshirishdan ozod qilishga qodir.
MK larning vaqt bilan bog’liq sistemalarda qo’llanilishidan ko’rinib turibdiki taymer / hisoblagich asosiy qismlardan hisoblanadi.
Qo’riqlash taymeri (WDT)
Qo’riqlash taymeri (WatchDog Timer) programmaning behosdan ishdan chiqishidan sodir bo’ladigan salbiy oqibatlarni oldini oladi.U o’zining shaxsiy 1MGs li ichki RC – generatoriga ega.
RC – ichki generatorining 1 MGs li qiymatini ko’rsakichi MK ning kuchlanishi va tashqi muhit temperaturasiga bog’liq.
Qo’riqlash taymerini ishlashi juda sodda, doimiy ishga tushirilishi programma asosida kechadi, yoki protsessorning tashlashi uning vaqt doimiysini ushlab turulishi tashqi ta’sirgacha davom etadi.Agar programma normal ishlab turgan bo’lsa, qo’riqlash taymerining tashlash buyrug’i doimiy bajarilib, u protsessorning tashlashini (СБРОС) oldini oladi.
Tashqi xalaqitlar va ta’minlash manbaidan xalaqitlari natijasida MP programmadan tashqariga chiqib ketsa yoki programaning bir qismida doimiy takrorlanaversa qo’riqlash taymerining tashlash buyrug’i ishlamaydi .Natijada ma’lum muddatdan keyin protsessor ishoralar bildiradi yoki protsessor mutlaq ishdan chiqadi.
Analogli komparator (AC)
Analogli komparator (Analog Comporator) MK ning 2 ta chiqishidagi kuchlanishni solishtiradi.Solishtirish natijasi logik amal bo’lib, u faqat programma yordamida o’qilishi mumkin.
Mega8515 dan tashqari barcha AVR MK larida analogli komparator bor.


Download 132.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling